Tog’ mintaqasidagi efir moyli o’simliklar Reja: Kirish



Download 383,45 Kb.
bet1/16
Sana14.07.2022
Hajmi383,45 Kb.
#798460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi efir moyi



Tog’ mintaqasidagi efir moyli o’simliklar
Reja:
Kirish
1.Efir moyli o’simliklarning asosiy turkum va turlari
2.Tog’ mintaqasiga tavsif
3. Efir moyli o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari va ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Efir moyi deb o‘simliklardan suv bug‘i yordamida haydab olinadigan, o‘ziga xos hid va mazaga ega bo‘lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo‘y hidli o‘simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simliklardan olingan xushbo‘y suvlar, smolalar va efir moylari) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar.
O‘rta asrlarda arablar o‘simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilardilar.
XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi o‘rganila boshlangan bo‘lsa-da, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayniqsa avj oladi. A.M.Butlerov va A.N.Reformatskiy (Rossiya), Gildemeyster va Gofman (Germaniya), YE.YE.Vagner (Polsha) va boshqa mashhur olimlar efir moylarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar.
Tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simliklar asosan Ukraina, Moldaviya, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida ko‘plab o‘stiriladi. Shuningdek O‘zbekiston florasi ham qimmatbaho efir moyli o‘simliklarga juda boydir.
O‘simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo‘ladi. U gul va meva, barg va yer ostki organlarida hamda o‘simlikning butkul yer ustki qismida to‘planadi.
Efir moyining miqdori o‘simliklarda 0,001—20 % bo‘lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o‘simlikning o‘sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab o‘zgarib turadi.
Efir moylari meva va sabzavot po‘stlog‘ida yig‘iladi. Ziravorlar va ko‘katlar, jumladan, petrushka, selderey, ukrop, estragon, bazilik, koriandr, mayoran (0,05 dan 0,5% gacha, alohida hollarda 1% efir moylariga ega) aromatik moddalarga juda boy. Mandarin po‘stlog‘ida 1,8 –2,5% efir moylari mavjud, piyozda 0,05% -gacha, sarimsoqda qariyb 0,01%. Ko‘plab meva va sabzavotda efir moylarining miqdori 0,001% dan oshmaydi.
Efir moylari turli moddalar: terpenlar, aldegidlar, spirtlar aralashmasidan iborat. Urug‘li mahsulotlarning efir moylarida sirka aldegidi, amil spirti va kislotalarining murakkab efirlari: chumoli, sirka, kapron, kapril efirlari mavjud. Behining murakkab efirlarini enant va pelargon kislotalari hamda etil spirti hosil qilgan. Shaftolining murakkab efirlari tarkibiga chumoli, valerian, kapril kislotalari va linalool bir atomli spirti kiradi. Shuningdek, linalool apelsin, bazilik hamda koriandr kabi xushbo‘y ziravorlar tarkibida ham mavjud.
Sitrus mevalar, ukrop va selderey efir moylari tarkibi d- limonenga boy. Meva va sabzavotlarning efir moylari tarkibida terpenlarning hosilasi: sitral (sitrus mevalarda), karvon (petrushkada), pinen (petrushka va koriandrda), metilxavikol yoki estragol (petrushka va bazilikda) mavjud. Piyoz va sarimsoqning efir moyida oltingugurtli birikmalar – S6N12S2, sarimsoq moyida esa bundan tashqari S6N10S2, S6N10S3 va boshqalar mavjud. Petrushkaning efir moyida apiol nomli fenol efiri mavjud.
Efir moylari mevalarga hid beradi, inson organizmida esa oshqozon shirasi ajralishi va ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam qiladi. Efir moylari uchuvchan moddalar bo‘lib, qaynatish vaqtida ma’lum qismi yo‘qoladi. Efir moylarining aksariyati suvda erimaydi. Ular turli organik moddalarda eriydi. Ayrim sabzavotlar (piyoz, sarimsoq) ning efir moylari antibiotik xususiyatlarga ega.

Download 383,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish