bob. QATTIQ, SUYUQ, YUMSHOQ DORI SHAKLLARI. INYEKSIYALAR UCHUN ISHLATILADIGAN ERITMALAR
Dori moddalarini izlab topish yo‘Hari
Dori moddalari — xastalik bilan kurashda shifokorlar qo‘lidagi eng asosiy qurol. Muayyan miqdorda organizmga yuborilganda, kasalliklarning oldini oladigan, shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadigan moddalar yoki aralashmalar dori moddalari, deb ataladi.
Dori moddalarini olish yo‘llari juda ko‘p va xilma-xil. Eng qadimdan va hozir ham ishlatilib kelinayotgan manba — o‘sim- liklar. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘tlardan tayyorlash bilan bir qa- torda dorivor o‘simliklarni olib ko‘paytirish keng rusum bo‘lgan. Hayvonlarning turli a’zolari va to‘qimalaridan olinadigan dori mod- dalari katta ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlar hayot faoliyatida hosil bo‘ladigan mahsulot- lar — antibiotiklar, ba’zi vitaminlar va fermentlar juda qimmatli dori hisoblanadi. Minerallardan olinadigan dori moddalari (turli suvlar, ma’danli suvlar va boshq.) turlarini ham tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Hozirgi paytda kimyo fani taraqqiy etgani munosabati bilan ko‘pchilik dori moddalari sintetik yo‘l bilan olinadi. Kimyo- garlar farmakologlar bilan hamkorlikda ish olib borib, mo‘ljallan- gan sintezni amalga oshirmoqdalar, ya’ni oldindan ko‘zlangan shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni yaratishmoqda. Dori moddalari bemorning ahvoli va organizmga qanday yo‘llar bilan yuborilishiga qarab, har xil shakllarda buyuriladi. Ular ta’sirining tez boshlanishi va kuchi dori shakliga ko‘p jihatdan bog‘liq. Dori shakli maxsus ishlanib, bemorga berish uchun qulay bo‘lgan ma’lum bir holga keltirilgan bo‘ladi. Bunday dori moddasining sifat jihati bir xilda ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishiga erishiladi.
Dori shakllari:
Qattiq dori shakllari (kukun, tabletka, kapsula, draje).
Suyuq dori shakllari (eritmalar, damlama, qaynatma, ara- lashmalar, tomchilar va novogalen preparatlari).
Yumshoq dori shakllari (malham, lenimentlar, pastalar va shamchalar).
Dori moddalarini saqlash va berish qoidalari
Moddalarni saqlash va berish hollari. Dori-darmonlar va far- matsevtikada ishlatiladigan kimyoviy moddalar o‘z ta’sir etish quvvatiga ko‘ra, zaharli, kuchli ta’sir etuvchi va oddiy ta’sirga ega bo‘lgan moddalarga ajratiladi. Birinchi guruhga kiruvchilar far- makopeyada «A» ro‘yxatiga kiritilgan, ya’ni kuchli zaharlovchi ta’sirga ega bo‘lgan («Venena») dori-darmonlardir. Bunday do- rilarni ishlatishda va saqlashda juda ehtiyot bo‘lishlik talab etiladi. Giyohvandlikka duchor qiluvchi dori-darmonlar, kimyoviy mod- dalar ham shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi dori-darmonlar farmakopeyada «В» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ular kuchli ta’sir etuvchi («Ge- roika») dorilardir. Ularni ishlatish va saqlashda ham ehtiyotkorlik qoidalariga qattiq amal qilish talab etiladi. Chunki ularni nazo- ratsiz ishlatilgudek bo‘lsa, bemorga zaharli ta’sir ko‘rsatishi va noxush oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori-darmonlarni, moddalarni ishlatishda hamda ularni saqlashda dorixonalarda, kasalxonalar, poliklinikalar, ilmiy tekshirish labo- ratoriyalari va boshqa joylarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni- dan belgilangan qonun-qoidalarga, ya’ni maxsus yo‘riqnomalarga qattiq rioya qilish talab etiladi.
Tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan dori-darmonlar «A» shkafda saqlanishi kerak va shkafning ichki devoriga «A» («Venena») yozuvi hamda dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilgan bo‘lishi shart. Shkaf ishonchli holda qulflangan bo‘lishi lozim.
Tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan dori-dar- monlar «В» maxsus shkafda saqlanishi va uning ichki devoriga «В» («Geroika») yozuvi hamda dori moddalarining ro‘yxati yopishtirilishi shart. Shkaf ishonchli holda qulflangan bo‘lishi lozim. «A» va «В» ro‘yxatiga kiradigan dori moddalarining va boshqa dorilarning shkafda ishonchli saqlanishiga bo‘lim mudirlari, hamshiralar boshlig‘i javob beradi.
Umuman, hamma dori moddalari «A» va «В» yoki boshqa ro‘y- xatlarda qulflanadigan shkaflarda saqlanishi va har biri alohida- alohida qutilarda bo‘lishi va har qaysi guruh dori-darmonlarda yirik harflar bilan «Ichishga», «Sirtga», «Inyeksiya uchun», «Ko‘z tomchilari» va boshqa ogohlantiruvchi yorliqlar yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ular o‘ralgan holda, zavod va dori- xonalarda chiqarilgan shaklda, tez buziladigan suyuq dorilar, antibiotiklar esa, sovitgichlarda, quyosh nuri tushmaydigan joy- larda saqlanishi kerak.
Bemorlarga beriladigan dori-darmonlar shifokor ko‘rsatmasi yoki kasallik tarixidagi yozuvlarga amal qilingan holda tarqatilishi kerak. Tibbiy ma’lumoti bo‘lmagan xodimlarga bunday vazifalarni buyurish qat’iyan man etiladi. Davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek, ambulatoriyalar, poliklinikalarda tarkibida kuchli zaharli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalari, muassasa rahbari yoki uning davolash bo‘yicha muovini imzosi, muassasa muhri bo‘lgan retseptlar katta hamshira xonasida qoldiriladi.
Tez yordam ko‘rsatish zarur bo‘lib qolgan taqdirda, tibbiyot muassasasi rahbari bemorga retsept yozib berish huquqiga egadir. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan tibbiyot xodimlari bunday hu- quqqa ega emaslar.
Dori moddalarni saqlash va berish qoidalari. O‘zR SSVning «Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorlarning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek, dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 2010-yil 18-iyun 191-sonli buyrug‘ini bajarishda quyidagi Nizom qoidalariga rioya qilish shart!
Do'stlaringiz bilan baham: |