Javob: Mansabdor shaxsning oʻziga ishonib topshirilgan vakolatlari va huquqlaridan, belgilangan qonun va qoidalarga zid ravishda shaxsiy manfaatlari uchun foydalanishidir
12-MAVZU
1. Korrupsiyaning taʼrifi va mazmun mohiyati nimadan iborat?
javob: Mansabdor shaxsning oʻziga ishonib topshirilgan vakolatlari va huquqlaridan, belgilangan qonun va qoidalarga zid ravishda shaxsiy manfaatlari uchun foydalanishidir.
2. Korrupsiya soʻzining lugʻaviy maʼnosi nimani anglatadi?
Javob: korrupsiya (lotincha “corrumpere” soʻzidan olingan boʻlib “buzmoq” maʼnosini anglatadi)
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
Javob: 2017-yil 03-yanvar
4. Nepotizm tushunchasining taʼrifi va mazmun mohiyati..
Javob nepotizm (daromadli yoki foydali lavozimlarni qarindoshlar yoki “oʻz odamlari” egallashiga homiylik qilish)
5. Amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer korrupsiyani qanday turlarga ajratgan?
javob: Oq qora kulrang korrupsiya
6. Amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer tomonidan oq korrupsiyaga berilgan taʼrifni aniqlang.
Javob: Oq korrupsiya - bunganisbatan jamoatchilik fikrida rozilik mavjudligini: bu harakatlar qoralanmasligini, ular mohiyatiga koʻra mentalitetga singib ketganligini hamda muammo sifatida idrok etilmasliginini anglatadi.
7. Amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer tomonidan qora korrupsiyaga berilgan taʼrifni keltiring
Javob: Qora korrupsiya - bunda korrupsion aloqalar jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan qoralanadi.
8. Amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer tomonidan kulrang korrupsiyaga berilgan taʼrifni keltiring
Javob: Kulrang korrupsiya - korrupsiya borasida biron bir rozilik mavjud boʻlmagan amaliyotlardir. Aynan kulrang korrupsiya atrofida janjallar yuzaga keladi
9. AQSH, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Singapur, Norvegiya, Koreya Respublikasi kabi mamlakatlar davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishda yuqori natijalarga erishishish uchun qaysi islohot muhim rol oʻynagan?
javob; Elektron hukumatni yaratish
10. Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasi nechanchi yilda qabul qilindi?
2003-yil 31 oktabr
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining mazmun va mohiyati.
7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
(7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish haqidagi PQ – 4761 sonli Qarori nechanchi yilda chiqqan?
29.06.2020
13. Qaysi sana 2004-yildan boshlab xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi?
9-dekabr
14. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi qachon qabul qilindi?
Javob: 1981-yil 25-noyabrda
15. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qaysi moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan?
Javob:5 moddasida
16. Korrupsiyani shartli tarzda qanday turlarga tasniflash mumkin?
Javob: 1) subyektlar maqomiga koʻra:
2.darajalariga koʻra:
3. ijtimoiy xatari darajasiga koʻra:
17. Korrupsiyaning subyektlar maqomiga koʻra maqomlari.
Javob:a) hukumat idoralaridagi korrupsiya;
b) xususiy sektordagi korrupsiya
v) siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya.
18. Korrupsiyaning darajalariga koʻra turlarini aniqlang.
javob: a) quyidagi korrupsiya;
b) yuqoridagi korrupsiya;
v) vertikal korrupsiya.
19. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qaysi moddasida manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasining mohiyati toʻliq ochib berilgan.
Javob: 3 moddasida
20. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qaysi moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari belgilangan.
Javob: 7 moddasida