Davolash-profilaktika muassasalarida bemorning dori vositalarini qabul qilish: 1. Retseptning yirtma koreshogida ko‘r- satilgan dori vositalarining o‘zaro muvofiqligi, yaroqlilik mud- dati, o‘ramning butunligi va tashqi ko‘rinishi tekshiriladi va bemorning tibbiy hujjatiga qayd etilib, retseptning yirtma kore- shogi bemorning tibbiy hujjatiga tikiladi. 2. Bemor tomonidan davolovchi shifokorga dori vositalari bilan retseptning yirtma koreshogi taqdim etilmasa, dori vositalarni qabul qilish man qilinadi. 3. Retseptning yirtma koreshogi bemor tomonidan yo‘qotib qo‘yilsa yoki yaroqsiz bo‘lsa, bemor dori vositalarini olgan dorixona muassasasiga murojaat qilib, ularda saqla- nayotgan retseptdan o‘z hisobidan ko‘chirma nusxasini olishga haqli.
Davolash-profilaktika muassasalarida bemorning dori vositalarini saqlash: 1. Davolash-profilaktika muassasalarida ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari ularning o‘zlarida saqlanadi. 2. Davo- lash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolana- yotgan bemorlar tomonidan olib kelingan va alohida saqlash sharoitini talab etmaydigan dori vositalari ular joylashtirilgan xonada, alohida saqlash sharoitini talab etadigan dori vositalari esa ushbu muassasaning muolaja xonasida saqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarida bemorning dori vositalarini qo‘llash: 1. Davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorga dori vositalari davolovchi shifokor tomonidan tayinlangan usulda har bir dori vositasi uchun bel- gilangan tibbiyot amaliyotida qo‘llanish yo‘riqnomasiga asosan ushbu muassasaning hamshirasi tomonidan qo‘llaniladi.
Retsept strukturasi va yozish qoidalari
Dorinoma (retsept) — shifokor va o‘rta tabobat ilmiga ega bo‘l- gan xodimning dorixonaga yozma murojaati. Unda bemorga be- riladigan dorini qaysi shaklda tayyorlash, qancha miqdorda ichishi hamda qabul qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Dorinomalar siyohli yoki sharikli ruchkada aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi kerak. Ularda tuzatilgan joy bo‘lishi mumkin emas. Bemorga yozib berilgan retsept shifokor yoki o‘rta ma’lu- motli xodim tomonidan tasdiqlanib, muhr bosilgan bo‘lishi shart.
Dorinomaning blankalari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, 1—3-shakl nusxalari uchun 10x14,5 sm va 3-shakl uchun 7,5x12 sm kattalikda bosmaxonada chop etilgan bo‘lishi kerak.
Dorinoma shifokor tomonidan yozib berilgan hujjatgina emas, balki u yuridik hujjat hamdir. Shuning uchun ham har bir davo- lash-profilaktika tashkilotlarida dorinomani saqlaydigan, hisob- kitob qiladigan, beradigan-tarqatadigan, javobgarlikni bo‘yniga olgan shaxs bo‘lishi lozim.
Dorinoma quyidagi ko‘rinishda, ma’lum qoidaga amal qilingan holda yozilishi kerak, ya’ni:
I. Adres qismi («Inskripsio») blankning yuqorisidan boshlab:
Davolash-profilaktika muassasasi muhri, uning manzili va telefon raqami ko‘rsatiladi.
«Bolaga» yoki «katta odamga», 60 yoshdan oshgan bemorga belgilari bo‘lib, ularning nokeragi ustidan chiziladi.
Retsept yozilgan vaqt ko‘rsatiladi (2011-yil ).
Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi (bu qismdagi ayrim so‘zlar o‘zbek yoki rus tilida yozilishi kerak bo‘ladi).
Farmatsevtga — provizorga murojaat qismi. Bu qismda dori yoki dorilarning tarkibi ko‘rsatiladi. Retseptning bu qismi «Recipe» (qisqartirilgan holda — Rp.) so‘zi bilan boshlanadi, bu «ol» ma’nosini anglatadi.
Dorilar nomi bosh harf bilan boshlanadi va qaratqich kelishigida tugatiladi. Shifobaxsh o‘sim1ik1ar nomi ham katta harflar bilan boshlanadi. Agar yozuv bir qatorga sig‘masa, u holda davomi ikkinchi qatorning yarmidan davom ettiriladi va oxirida dori miqdori (dozasi) ko‘rsatiladi. Bunda suyuq dorilar millilitrlarda (1 ml, 5 ml, 10 ml, 2000 ml va h.k.) bayon etiladi. Agarda, ikki yoki bir necha dori moddalari bir xil miqdorda yozib beriladigan bo‘lsa, u holda bir marta, oxirgi dori moddasi nomidan keyin bir xil miqdorda, ya’ni «ana» so‘zi yozilib, (qisqacha «aa», u barobar (teng) ma’nosini bildiradi) so‘ngra dori miqdori ko‘rsatiladi.
Dori moddalari ro‘yxati ma’lum tartibda yoziladi, eng avvalo, kuchli ta’sirga ega bo‘lgan, keyin davolash quvvatiga qarab, oddiy dorilar yoziladi. Bunda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
Basis — asosiy dori moddalari;
Adjuans — yordamchi dori moddalari;
Corrigens — mazasi yoki hidini yaxshilaydigan, o‘zgartira- digan qo‘shimcha moddalar;
Constituens — doriga quyuqlik, zichlik, yumshoqlik (konsis- tensiya) beradigan moddalar.
Subscripcio — farmatsevtga qaysi shaklda tayyorlash ko‘r- satilgan qismi:
M. f Unguentum (Misce — qorishtir, ut fiat — tayyorlash, unguentum — shunday qorishtirginki, haqiqiy surtma dori bo‘lsin) (yoki kukun — pulvis), hab dorilar (in tabulettis), shamchalar tayyorlansin (ut fiat suppositoria) va boshqalar;
D.t.d.N. (Da tales dosis Numero — Qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunday miqdorlarda yoki dozalarda ber);
d) Da in vitro nigro — to‘q rangli shishada ber.
Signa (qisqachasi — S.) — belgila. Bunda dorini ishlatish usuli, ichish vaqti, dozasi, qancha muddat ichida ichish kerakligi o‘zbek va rus tilida belgilab beriladi. Masalan, bir osh qoshiqdan bir kecha-kunduzda 3 marta, ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin, 4 kun davomida ichilsin.
Retsept (dorinoma)ning pastki qismiga shifokor imzosi qo‘- yilib, shaxsiy (yoki muassasa) muhri bosiladi.
Davolash-profilaktika
muassasasi-
ning manzili
R
Do'stlaringiz bilan baham: |