Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet14/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Mahalliy ta’sir — dorilarning qonga so‘rilguncha ko‘rsat- gan ta’siri. Preparat qayerga qo‘yilgan va ishlatilgan bo‘lsa uning ta’siri o‘sha joyda yuzaga chiqadi. Mahalliy ta’sir terida, ko‘z, burun, og‘iz va oshqozon-ichak sistemasining shilliq qavatlarida, ba’zi bir organlarni o‘rab olgan qobig‘ida (plevra, qorin pardasi, siydik qopi va boshq.) patologik jarayonlar yuz berganda yuzaga chiqadi. Bunday hollarda dorilar to‘qimalarning yuzasiga ta’sir ettiriladi va mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.

Yaralar va jarohatlar avval antiseptik va dezinfeksiya xusu- siyatiga ega preparatlar bilan yuvilib tozalanadi, so‘ngra malham va boshqa dori shakllari ishlatiladi. Ko‘zga va burun shilliq pardalariga dorilarning mahalliy ta’siri o‘rganilgan, ko‘zga tomiziladigan tomchilarning miqdori 2 tomchidan oshmasligi kerak. Burunga tomiziladigan tomchi yoki aerozollar mahalliy qitiqlash (ammiak eritmasidan boshqa) ta’siriga ega bo‘lmasligi (aksirish va qayt qilish mumkin) kerak.
Lozim bo‘lganda, ma’lum organlarga o‘ziga xos dorilarni yuborish bilan undagi kasalliklar davolanadi. Buning uchun dorilar shu organlarning arteriyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yubo- riladi, ba’zan xavfli shishlarda organning ichiga inyeksiya qilishga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, yallig‘langan bo‘shliqlarga (gaymor, ichki quloq), kapsula bilan o‘ralib qolgan organlarga dori va antimikrob moddalarning eritmalari yuboriladi. Shu hollarda ishlatilgan dorilar nisbatan ko‘proq mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Rezorbtiv ta’sir — dorilarning qonga so‘rilib, keyin ko‘rsatadigan ta’siri. Dorilar qaysi yo‘l bilan ishlatilmasin, ular organizmga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Dorilarning xasta a’zolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri bevosita ta’sir deyiladi. Uning asosiy ta’siridan boshqa ta’sirlarini bilvosita ta’sir deyiladi. Masalan, yurak glikozidining yurak mushak- lariga ta’siri bevosita ta’sir bo‘lsa, uning peshob haydash ta’siri bilvosita ta’sir bo‘ladi yoki qon aylanishi hisobiga nafas yaxshilanadi.
Kuchli ta’sirga ega dorilarni avval NaCl yoki glukoza eritma- larida suyultirib, so‘ngra sekin yuboriladi (1—2 ml — 1 daq.), kuchli ta’sirga ega emaslari esa, 2—4 ml.dan 1 minut yuboriladi.
Inyeksiya bilan yuboriladigan dorilarning asosiy kamchi- ligi — ularning biologik filtratsiyadan o‘tmasligi. Bunda inyeksiya uchun yuborilayotgan eritmaga ma’lum sabablar bilan tushib qolgan (tayyorlashda, sterilizatsiyada, shprisga olishda va h.k.) indefferent moddalar va mikroblar qonga, u orqali organizmga o‘tib ketishi mumkin.
Dorilarning ta’siri, avvalo, ularning organizmdagi retsep- torlarga va to‘qimalarga ta’siridan boshlanadi. Keyinchalik bu ta’sir to‘qimalardagi kimyoviy va biofizik jarayonlarda davom etadi. Natijada, organ va to‘qimalarning funksiyasida o‘ziga xos o‘zgarishlar yuz beradi. Bular jamlanib, butun organizm funksiyasini buzishi yoki uni yaxshilashi mumkin.

  1. Reflektor ta’sir dorilarni shilliq qavat va boshqa yo‘llar bilan ishlatilganda asab retseptorlarini qo‘zg‘atish bilan yuzaga chiqadi. Masalan, achchiq moddalar og‘izga tushgach refleks yo‘li bilan oshqozon shirasining ajralishi ortib ketadi.

Ko‘rish yoki eshitish bilan so‘lak ajralishi kabi ammiak bug‘i burunga ta’sirlansa, nafas va qon tomiri markazlari qo‘zg‘aladi.


  1. Download 317,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish