78.O’rta Osiyo daryolarining to’yinish manbalariga ko’ra V. l. Shults tasnifi.
Daryolarning to‘yinish manbalarini o‘rganish va aniqlash ular
suvidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli 0 ‘rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan olim V.L.Shulst 1944 yilda hudud daryolarining to‘yinish
manbalariga ko‘ra tasnifini ishlab chiqqan.
Unda qayd etilishicha, 0 ‘rta Osiyo daryolarining umumiy
to‘yinishida qor suvlari boshqa manbalar-muzlik, yomg‘ir suvlari va
yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. Biroq qor suvlari va shuningdek boshqa xil manbalaming yillik oqimdagi salmog‘i turli daryolarda turlicha boiadi. Boshqacha qilib aytganda, turli daryolarning
to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shulst, asosan
yer osti suvlaridan to‘yinuvchi kichik daryolami hisobga olmagan
holda, 0 ‘rta Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga boiadi:
1. Muzlik-qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
2. Qor-muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar;
4. Qor-yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
Ushbu tasnifda daryolarning qaysi turga mansubligini belgilovchi mezonlar 1.9.1-jadvalda keltirilgan.
Odatda daryoning to‘yinish manbalari miqdorini aniqlashda
oqimning yillik gidrografidan foydalaniladi. Oqim gidrografi deb,
o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil ichida o‘zgarishini ifodalaydigan
davriy chizmaga aytiladi
79.Qor qoplami va qor chizig’i.
Qor qoplami qoming yer sirtida to‘planishidan hosil boiadi.
Shamol ta’sirida u yer sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko‘rsatkichlari - qalinligi, strukturasi (tuzilishi),
zichligi, suv miqdori turli hududlarda turlicha boiadi. Daryolaming
suvliligi ko‘p jihatdan ulaming havzalarida yilning sovuq davrlarida
to‘plangan qor qoplami miqdoriga bogiiq boiadi.
Tabiatda quruq va xo‘1 qor qoplamlari bir-biridan farq qiladi. Quruq qor qoplamining zichligi o‘rtacha 0,06 g/sm3 ga teng boisa, xoi
qor qoplaminiki esa 0,20 g/sm3 atrofida boiadi.
Yer sirtida shunday yuza(sath)lar mavjudki, u joylarda qor
ko‘rinishida yoqqan atmosfera yoginlarining o‘rtacha yillik miqdori
uning erishiga va bugianishiga sarf boigan qiymatiga teng boiadi.
Aniqrog‘i ma’lum balandlikda qor to ‘planishi va uning sarflanishi
muvozanatda boiadi. Relef va iqlim sharoitlarining o‘zaro munosabati
tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig‘i
deb ataladi.
Qor chizigidan pastda qor shaklida yoqqan yoginlarning
miqdori ulaming erishga va bugianishga sarflanishidan kam, qor
chizigidan yuqorida esa buning aksi boiadi. Qor chizigidan
yuqorida, xionosfera deb ataladigan qatlam doirasida, muntazam
ravishda qoming to‘planishi kuzatiladi. Xuddi shu xionosfera
chegarasida doimiy qorliklar va muzliklar hosil boiadi. Xionosferaqatlamidan yuqoriga ko‘tarilgan sari esa yog‘adigan qor miqdori sarf
bo‘ladiganidan kamaya boradi.
Qor chizig‘ining geografik kengliklar bo‘yicha taqsimlanishi
1.13.1-rasmda keltirilgan. Qor chizigi qutb doirasida, havo
haroratining pastligi tufayli, okean sathigacha tushadi. Jumladan,
janubiy yarim sharda qor chizigi 62° janubiy kenglikdan boshlab
okean sathiga to‘g‘ri keladi.Sababi, janubiy yarim shar iqlimiga asosiy ta’sirini okean
ko‘rsatadi. Qor chizigining eng baland nuqtasi subtropiklarda
joylashgan (6400 m gacha). Ekvator havosi nam boiib, u yerda yog‘in
miqdori bir muncha ortadi va qor chizig‘i balandligi 4400-4900 m
gacha tushib qoladi. Togii hudududlarda qor chegarasi balandligi yil
fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi (1.13.2-rasm, a).
Yer sirtining qor to‘planadigan qismida qor qoplami va muzliklar
zahirasi doimiy ravishda kamayib turadi. Bu kamayish ikki xil yoi
bilan-^or ko‘chkilari va muzliklaming qor chizig‘idan pastga siljishi
ko‘rinishida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |