Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

Nurning sinishi 
771.
Yorugʻlik nuri shishadan suvga oʻtadi va shisha-suv chegarasida sinadi. 
Tushish burchagining qanday qiymatida qaytgan va singan nurlar oʻzaro 
perpendikulyar boʻladi? 
772.
Ferma prinsipi
. Yorugʻlik A nuqtadan chiqib, ikki muhit chegarasida singan 
holda B nuqtaga keladi (rasmga qarang). Isbotlang: yorugʻlik sinish qonuniga 
boʻysungan holda A nuqtadan B nuqtaga borishda minimal vaqt sarflaydi. 
773.
Daryo tubiga qoqilgan qoziq suv sirtidan 
h
1
=1,0 m
chiqib turibdi. Daryoning 
chuqurligi 
h
2
=2,0 m
. Quyoshning gorizontdan balandligi 
α=30°
boʻlgan 
paytda qoziqning suv sirtidagi va daryo tubidagi soyasining uzunligini 
aniqlang. 
774.
Nurning yassi parallel shisha plastinkaga tushish burchagi 
α=60°
. Nur 
plastinkadan chiqqandan keyin 
a=15 mm
ga siljiydi. Plastinkaning 
h
qalinligi 
qanday? 
775.
Nur suv-havo chegarasidan toʻla ichki qaytmoqda. Agar suv sirtiga 
kungaboqar yogʻi quyilsa, nur havoga chiqa oladimi? Yogʻ suv bilan 
aralashmaydi. 
776.
Suyuqlikning nur sindirish koʻrsatkichi suyuqlik sirtida 
n
a
dan idish tubida 
n
b
gacha tekis ortadi. Nur suyuqlik sirtiga 
α
burchak ostida tushadi. Nurning 
idish tubiga 
β
tushish burchagini aniqlang. 
777.
Jazirama sahrolarda suv havzasi sirtidan olisda ba’zan sarob kuzatiladi. Sarob 
qanday fizik hodisaga asosan hosil boʻladi? 
778.
Ochiq quyoshli kunda koʻl tubida turgan odam suv sirti “koʻzgusida” koʻl 
tubini faqatgina oʻzidan 
s=10 m
va undan uzoqroq nuqtalarining tasvirini 
boshi ustida koʻradi. Koʻlning chuqurligi qanday? Odamni boʻyi 
h=1,7 m

779.
Boʻyi 
a=5 m
, eni 
b=2,5 m
boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi sol 
chuqurligi 
h=1 m 
boʻlgan ochiq basseynda suzmoqda. Quyoshli kunda 
basseyn tubidagi soyaning oʻlchami qanday boʻladi? Agar butun osmon qora 
bulut bilan qoplansachi? 
780.
Quyosh nurlari yomgʻir tomchisi ichida toʻla ichki qaytishi mumkinmi? 
Tomchini sharsimon deb hisoblang. 
781.
Nimaga asfalt yomgʻir ostida qorayadi, sayqallangan granit esa – yoʻq? 
782.
Prizmaning sindirish burchagi 
φ=45°
. Nur prizmaga qanday burchak ostida 
kirsa, undan huddi shunday burchak ostida chiqadi; bunda u boshlangʻich 
yoʻnalishga nisbatan 
δ=25°
burchakka ogʻadi. Prizma materialining sindirish 
koʻrsatkichini aniqlang. 
783.
Prizmaning sindirish burchagi 
φ=60°
. Prizmaning yon yogʻiga nur 
α=30°
burchak ostida tushadi (rasmga qarang). Nurning prizmadan oʻtganidan keyin 


126 
boshlangʻich yoʻnalishga nisbatan ogʻish burchagini aniqlang. Prizma 
materialining sindirish koʻrsatkichi 
n=1,5

784.
Nur shisha prizmaning yon yogʻiga toʻgʻri burchak 
ostida tushadi. Agar prizmaning sindirish burchagi: 
a) 30°; b) 60° boʻlsa, nurning boshlangʻich 
yoʻnalishga nisbatan ogʻish burchagini aniqlang. 
785.
Tengyonli prizmaning yon yogʻiga asosiga parallel 
boʻlgan nur tushadi. Qanday shart bajarilganda nur 
prizmadan oʻtib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartirmaydi? 
786.
Nurning prizma yon yogʻiga tushish burchagi 
α

Prizmaning sindirish burchagi 
φ
, prizma materialining sindirish koʻrsatkichi 
n
. Agar 
α
va 
φ
burchaklar juda kichik boʻlsa, nurning boshlangʻich 
yoʻnalishga nisbatan 
δ
ogʻish burchagini aniqlang. 
787.
Yassi parallel shisha plastinkaning pastki sirti kumushlandi. Plastinkaga 
yuqoridan yorugʻlik nuri tushadi; natijada plastinkadan bir-biridan 
a=20 mm
masofada yotgan ikkita parallel nurlar qaytadi. Agar nurning tushish burchagi 
α=60°
boʻlsa, plastinkaning 
h
qalinligini aniqlang. 
788.
Agar uncha chuqur boʻlmagan tiniq suv havzasiga yuqoridan qaralsa, uning 
chuqurligi haqiqiysiga nisbatan kichikroq boʻlib koʻrinadi. Necha marta 
kichikroq? 
789.
h
1
=1,0 m
chuqurlikda turgan baliq vertikal yuqoriga, baliqchining koʻziga 
qaramoqda. Baliqchining boshi suv sirtidan 
h
2
=1,5 m
balandlikda turibdi. 
Baliqqa baliqchining boshigacha boʻlgan 
l
masofa qanday tuyuladi? 
790.
Suv sirtidan 
h
1
=1,0 m
balandlikda gorizontal yassi koʻzgu joylashtirildi. 
h
2
=0,5 m
chuqurlikda turgan baliq koʻzgudagi tasvirini suv sirtidan qanday 
h
balandlikda koʻradi? 
791.
Sferik suv tomchisiga nur tushmoqda. Nurning tomchi sirtida ikki marta sinib, 
bir marta qaytishidan keyin boshlangʻich yoʻnalishga nisbatan ogʻish 
burchagini aniqlang. Nurning tomchi sirtiga tushish burchagi 
α


Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish