Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami


GEOMETRIK OPTIKA QONUNLARI



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

GEOMETRIK OPTIKA QONUNLARI 
Yorugʻlik nuri. Yorugʻlikning qaytishi
754.
Koʻcha fonaridan uncha uzoqda joylashmagan balandligi 
h=1,0 m
boʻlgan 
vertikal hodaning soyasi 
l
1
=80 cm
boʻldi. Agar fonar ustuni va hoda orasidagi 
masofa 
s=1,5 m
ga oshirilsa, hoda soyasining uzunligi 
l
2
=1,3 m
gacha ortadi. 
Fonar qanday 
H
balandlikda joylashgan? 
755.
Yer sirtining bir vaqtda Quyosh tutilishini (toʻla yoki qisman) kuzatish 
mumkin boʻlgan hududining oʻlchamini baholang. Quyosh radiusi 
r
Q
=7·10
5
 
km
, Oy radiusi 
r
Oy
=1700 km
; Yerdan Quyoshgacha masofa 
R
Q
=1,5·10
8
km

Yerdan Oygacha masofa 
R
Oy
=3,8·10
5
 km

756.
Bulutsiz kuni kechqurun quyosh nurlari qorongʻi xonaga oynadagi ingichka 
gorizontal tirqish orqali tushib turibdi. Tirqishning uzunligi 
a=6 cm
, oynadan 
qarama-qarshi devorgacha boʻlgan masofa 
l=3 m
. Agar quyosh nurlari 
devorga perpendikulyar tushayotgan boʻlsa, devordagi yorugʻ dogʻ qanday 
shaklda boʻladi? Yorugʻ dogʻning oʻlchamini baholang. Agar tirqishning 
kengligi kichraytirilsa, dogʻda qanday oʻzgarish boʻladi? Uzunligi 
kichraytirilsachi? 
757.
Quyosh nurlari daraxt bargining kichik teshikchalaridan oʻtib, yerda bir xil 
ellips shakldagi, lekin har xil oʻlchamli yorugʻ dogʻlarni hosil qilmoqda. Eng 
yirik ellipsning katta oʻqi 
a=16 cm
, kichik oʻqi esa 
b=12 cm
. Daraxtning 
H
balandligi qanday? Quyosh nurlari gorizontga nisbatan qanday 
α
burchak 
ostida tushmoqda? Quyosh diskining koʻrinish burchagi 
β=9,3·10
-3
 rad.
758.
Teploxod langar tashlab tinch turgan yelkanli kemaning yonidan sekin 
oʻtmoqda. Eng yaqin kelgan momentda kema kapitani qoʻlini oldinga choʻzdi 
va faqat oʻng koʻzi orqali choʻzilgan qoʻlining bosh barmogʻi teploxodning 
burnini toʻsayotganini koʻrdi. Oʻng koʻzini yumgan holda chap koʻzi orqali u 
barmogʻi teploxodning quyrugʻini toʻsayotganini koʻrdi. Kapitan shu zahoti 
teploxodgacha boʻlgan masofani aniq aytdi. Agar teploxodning uzunligi 
a=100 m
, kapitanning choʻzilgan qoʻlining uzunligi 
l=60 cm
, koʻz 
qorachiqlari orasidagi masofa 
b=65 mm
ekanligi ma’lum boʻlsa, Siz ham 
topishga harakat qilib koʻring. 
759.
Quyoshning gorizontdan balandligi (quyosh nurlari va gorizontal tekislik 
orasidagi burchak) 
α=48°
ga teng. Chuqur vertikal quduqning tubini quyosh 
nurlari bilan yoritish uchun koʻzguni gorizontga nisbatan qanday 
β
burchak 
ostida joylashtirish kerak? 
760.
A nuqtadan oʻtuvchi nur CD tekis plastinadan qaytib B nuqtadan oʻtadi 
(rasmga qarang). Qaytish qonuniga boʻysungan holda nur eng qisqa yoʻldan 
yurishini isbotlang. 


124 
761.
Ikkita koʻzgu ikki yoqli toʻgʻri burchak tashkil etadi. Bu koʻzgular 
Sistemasiga burchak qirrasiga perpendikulyar holda nur tushmoqda. Nur 
ikkita koʻzgudan qaytgandan keyin uning tarqalish yoʻnalishi qanday 
oʻzgaradi? 
762.
Ikkita koʻzgu ikki yoqli 
φ
burchak tashkil etadi. Bu burchak qirrasiga 
perpendikulyar holda va koʻzgulardan biriga 
α
burchak ostida nur tushmoqda. 
Nur ikkita koʻzgudan qaytganidan keyin qanday burchakka ogʻadi? 
763.
Uchta koʻzgu oʻzaro ikki yoqli toʻgʻri burchaklar tashkil etadi (rasmga 
qarang). Bu koʻzgular sistemasiga tushgan ixtiyoriy nur uchta koʻzgudan ham 
qaytgandan keyin yoʻnalishi qarama-qarshiga oʻzgarishini isbotlang. 
760-masalaga. 
763-masalaga. 
764-masalaga. 
764.
Odam koʻzgu orqali AB televizor ekranini butunlay koʻrishi uchun u 
xonaning qaysi nuqtalarida turishi kerak (rasmga qarang)? 
765.
Odam oʻz 
H
boʻyini butunlay koʻrishi uchun vertikal koʻzguning balandligi 
minimal qanday boʻlishi kerak? Koʻzguni qanday balandlikka osish kerak? 
766.
Erta tongda Quyoshning tinch suvdagi tasviri koʻzni qamashtiradi, tushda esa 
huddi shu tasvirni qora koʻzoynaksiz ham koʻrish mumkin. Nimaga? 
767.
Maydalangan shisha oʻz shaffofligini yoʻqotadi, lekin suvda uning shaffofligi 
yana tiklanadi. Bu hodisani tushuntiring. 
768.
Nima uchun tunda yoritilmagan yoʻldagi koʻlmaklar haydovchiga yorugʻ 
fondagi qora dogʻlar kabi koʻrinadi? 
769.
Togʻri burchakli ikki yoqli burchak tashkil etuvchi ikki koʻzgu orasida sham 
turibdi (rasmga qarang). Shamning koʻzgularda nechta tasviri hosil boʻladi va 
bu tasvirlar qayerda joylashadi? 
770.
Koʻzgular AB buyumning nechta tasvirini hosil qiladi (rasmga qarang)? Bu 
tasvirlar qayerda joylashadi? Koʻzgular orasidagi burchak 60°. 
769-masalaga. 
770-masalaga. 
772-masalaga. 


125 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish