Tebranishli viskozimetrlar Keyingi yillarda katta o‘lchash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega
bo‘lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy
afzalliklarga ega bo‘lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda.
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan
muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit
qovushoqligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar
elektromagnitli
va
ultratovushli
bo‘ladi.
Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlari 1
kGs gacha va ultratovushli asboblar 10—1000
kGs chastotalarda ishlaydi.
6.47-rasmda
ko‘rsatilgan
elektromagnit
tebranishli
viskozimetrning
ishlash
prinsipi
quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan
suyuqlikka sezgir element — po‘lat plastinka 3
ning bur uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi
maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan.
Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po‘lat
plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning
qovushoqligini o‘lchashda po‘lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o‘zgaradi.
6.47 – расм .