Reja:
Sug’oriladigan maydonlar tasnifi
Sug’oriladigan yerlarning grunt suvlari haqida to’liq ma’lumot
Grunt suvlarining paydo bo’lishi va ularning rejimlari
Yer osti suvlari haqida qisqacha ma’lumotlar
KIRISH
Inson tabiatida atrof muhitni bo’ysundirish maqsadi ustun. Inson o’z hayoti davomida tabiat in’omlaridan so’zsiz foydalanadi. Bu faqatgina ilmiy texnik taraqqiyot uchun ham emas. Shuni ta’kidlab o’tish joyizki, tabiat qonunlarining buzilishi va buzilish sabablari uning geografik terminologiyasi, texno-tabiat tizimi va tabiat texnikasi komplekslari mavjudligidir. Tabiat jarayonlari va inson faoliyatining sintezini ilmiy asoslash lozim.O’z-o’zini tiklash, texno-tabiat tizimlari rivojlanishi va vazifasi tabiiy amalga oshiriladi. Bu jarayonlar o’z navbatida irsiy va ko’payish jarayonlarini ham o’z ichiga oladi, inson tabiatiga va xarakteriga mos holda, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar quyidagilar: Tabiatshunoslik-yaratilishning,rivojlanishning, tabiatning a’lohida komponentlari mavjudligi va tabiiy territorial komplekslar yoki har xil tabaqadagi geotizimlar birligining ob’ektiv qonun qoidalarini bilish. Tabiatdan unumli foydalanish - ommaviy ishlab chiqarishga tabiatning ma’lum tashkil etuvchilaridagi moddalar, energiya, va axborotlarni insoniyatning moddiy va ma’naviy manfaatlariga xizmat qilishi uchun jalb etish: Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish qoidalari va unga zarar yetkazmagan holda, o’rnini to’ldirgan holda tabiatdan foydalanish. Atrof muhitni muhofaza qilish, yerlarning melioratsiyasini ham o’z ichiga oladi: qishloq xo’jaligi melioratsiyasi, suv va o’rmon zahiralari, odam yashash joylari, sanoat, transport, aloqa vositalari, sog’lomlashtirish, madaniy-tarixiy, ilmiy, mudofaa salohiyatiga ega. Atrof muhitni muhofaza qilish, o’zining ilmiy manbasiga ega bo’lib, bu yerda tabiat haqidagi ilmiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, injener- texnik tadbirlar yig’indisi, boshqa sohalar bilan o’zaro bog’liqliklari aks ettirilgan. Yuqorida keltirilgan usullar va qo’llanish uslublari tabiat masalalarining joylashishi va tabiatiga ko’ra qo’llaniladi. Insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’sirini, geotizim ta’siri o’zgarishi, landshaft o’zgarishi, yangi fundamental o’zgarishni hisobga olish zarur. Inson hatti-harakati bilan qancha landshaft o’zgarmasin, u tabiatning bir qismi bo’lib qoladi, unda tabiat qonunlari amal qilishi davom etadi. Inson geotizimlarning mavjudligi va rivojlanishining ob’ektiv qonunlarini inkor etaolmaydi, tayga va cho’l, cho’l va sahro landshaftlari orasidagi sifatiy farqlarni nivelirlay olmaydi. Insonning atrof muhit ko’rinishiga, landshaftga ta’sirini, insonning tashqi faktor sifatida, tabiiy jarayon deb qarasa bo’ladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, atrof-muhit ko’rinishiga kiritilayotgan yangi elementlar atrof-muhit ko’rinishidan kelib chiqmaydi, shuning uchun shu atrof-muhit ko’rinishiga mos bo’lmagan begona elementlar bo’lib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |