Ma’ruza №19 Vibratsion qovushqoqlik o‘lchash vositalari



Download 263,4 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi263,4 Kb.
#664013

Ma’ruza № 19
Vibratsion qovushqoqlik o‘lchash vositalari.
Keyingi yillarda katta o‘lchash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega bo‘lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy afzalliklarga ega bo‘lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda.
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit qovushoqligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar elektromagnitli va ultratovushli bo‘ladi. Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlari 1 kGs gacha va ultratovushli asboblar 10—1000 kGs chastotalarda ishlaydi.
29.7-rasmda ko‘rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ishlash prinsipi quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element — po‘lat plastinka 3 ning bur uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po‘lat plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligini o‘lchashda po‘lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda induksiyalangan kuchlanish to‘g‘rilanib, o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qovushoqlik birligida darajalangan. Ular qovusholikni ±3 ... 5% xatolik bilan o‘lchaydi.
Ultratovushli viskozimetrlar universal hisoblanadi. Bu asboblar katta o‘lchash chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bo‘lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan.
Ultratovushli viskozimetrlar ultratovushlarning muhit qovushoqligiga qarab yutilishiga asoslangan. 36.8-rasmda ultratovush tebranishlarining so‘nish tezligini o‘lchaydigan ultratovushli viskozimetrning sxemasi ko‘rsatilgan.
Magnitostriksion materialdan yasalgan plastina 1 gilza Z ga mahkamlangan. Plastinaning pastki qismi qovushoqligi o‘lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan. Gilzada impulslar generatori 4 dan ta'minlanadigan uyg‘otish g‘altagi 2 bor. G‘altakka uzunligi 20 mks ga yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo‘ylama tebranishlar yuz beradi. Tebranishli chastotasi, plastina geometriyasi orqali, so‘nish amplitudasi esa suyuqlik qovushoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni yuborish bilan bir vaqtda ko‘chaytirish va detektorlash operatsiyasi kuchaytirgich 5 va detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorini berkitadi. Plastinaning tebranishida teskari magnitostriksion samara tufayli g‘altakda plastinaning tebranish chastotasiga teng bo‘lgan kuchlanish (EYuK) hosil bo‘ladi.


U=Umexp(-aτ)∙sin(wτ), (29.13)

bu yerda, U — g‘altak uchlaridagi kuchlanish; Um — kuchlanishning boshlangich amplitudasi; a — tebranishning suyuqlik qovushoqligiga bog‘liq bo‘lgan so‘nish koeffitsienti; τ—vaqt; w—plastinaning tebranish chastotasi.


Bu kuchlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so‘nishi tugaguncha berkitib turadi, shundan so‘ng generator qayta uygonadi.
Shunday qilib, so‘nish jadalligining o‘lchovi impulslar generatorining ketma-ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi.
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi 0,0001...100 Pa∙s
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish sohasi Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi mexanik ta'sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina foydalanish mumkin


Nazorat uchun savollar
1 Zoldirli viskozimetrlar xakida ma'lumot bering?
2. Rotatsion viskozimetrlar ma'lumot bering?
3. Tebranishli viskozimetrlar ma'lumot bering?
Download 263,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish