Umumiy doc


B I R I N CH I B O‘ L I M



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   603
Bog'liq
resources-1

B I R I N CH I B O‘ L I M 
TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT QILISH 
USULLARI VA VOSITALARI 
 
I bob. METROLOGIYA ASOSLARI VA O‘LCHASH 
VOSITALARI 
 
1.1- § METROLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR 
Metrologiya
— o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab 
etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan
.
Metrologiyaning asosini o‘lchashning 
umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi 
ma’lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini 
aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik, 
elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik 
jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari shu jarayon bilan 
funksional bog‘langan bo‘ladi. 
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik 
kattaliklarni o‘lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog‘lik. Ma’lumot qancha to‘la va 
xolisona bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchalik chuqur 
bo‘ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi 
hakidagi ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblar orqali ifodalangan 
texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni 
ma’lumot
, ya’ni 
informasiya
deb 
bilamiz. Informasiyalar, asosan, o‘lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi. 
Fizik ob’ektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir ob’ekt 
uchun alohida xususiyati 
fizik kattalik
 
deb ataladi. SHunday qilib, har bir fizik 
kattalik aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga kupaytmasidan iborat bo‘lgan 
individual qiymati bilan ifodalanadi. 
Bir-biriga muayyan erksizlik bilan bog‘langan kattaliklar yig‘indisi 
fizik 
kattaliklar tizimi
deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy, qo‘shimcha va hosila 
kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga nisbatan shartli ravishda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


10
erkin hisoblangan fizik kattalik 
asosiy fizik kattalik
deb ataladi. 
Xalqaro birliklar tizimi — SI (Sisteme International - SI) fan va texnikaning 
barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo‘lib, 1960 yilning 
oktyabr oyida O‘lchov va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan. 
SI ning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga 
kirmaydigan (ammo hozir o‘lchov birliklari sifatida qo‘llanilayotgan) birliklarning 
ilmiy-tadqiqot natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish vositalari va asbob 
uskunalarini loyihalashda, qurilish hamda qurilgan ob’ektlardan foydalanishda
shuningdek o‘quv-ta’lim ishlarida ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirayotgan o‘lchov 
birliklaridagi turli hillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‘llanilayotgan ayrim 
o‘lchov tizimlariga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u —universal; o‘lchov 
birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‘shimcha va o‘z hosilaviy birliklarini amaliyot 
uchun qulay o‘lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya’ni hosilaviy birliklar 
o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi mutanosiblik koeffisientlarini 
tugatgan tizimidir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining yozilishi ancha 
soddalashdi. 
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da ettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul 
qilingan. SHuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning 
birliklari ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan 
asosiy va qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez uchrab turadigan muhim 
hosilaviy kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan. 
 
 
1.1 jadval

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish