I Bo‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Asosiy tushunchalar
2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini
ta'minlashga oid normativ hujjatlar
1-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
"metrologiya" - O‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
"yagona O‘lchov birligi" - O‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan O‘lchov holati;
"O‘lchov vositasi" - O‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
"birlik etaloni" - fizik o‘lcham birligini boshqa O‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan O‘lchov vositasi;
davlat etaloni" - vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘lchov birligining o‘lchami sifatida e'tirofetilgan etalon;
"metrologik xizmati" - davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning O‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan faoliyati;
"Davlat metrologiya nazorati" - metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
"O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish" - O‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
"O‘lchov vositalarini kalibrlash" - metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va O‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlangan
"O‘lchov vositalarini yasash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun listenziya" - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini guvohlantiruvchi hujjat.