7-modda. O‘lchov vositalari Foydalanishda bo‘lgan O‘lchov vositalari O‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta'minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini O‘lchov vositalariga mansub deb topish mezonini "O‘zstandart" belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
8-modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari O‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va O‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta'minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism)
OO‘lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini "O‘zstandart" belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
III BO‘LIM. O‘zbekiston RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI 9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
10-modda. Davlat metrologiya xizmati 11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari 9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati "O‘zstandart" boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda O‘lchovlarning yagona birligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.