IV BO‘LIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKSHIRUVI VA NAZORATI
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazoratini o‘tkazish tartibi
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazorati obyektlari
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazorati tatbiq etiladigan doiralar
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
16-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash
17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
18-modda. O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya
qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik
va jismoniy shaxslarning faoliyatiga listenziya berish
18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga
oshirish huquqi bilan ta'minlash uchun yuridik
va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish
19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini
buzganlik uchun javobgarlik
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:
etalonlar;
O‘lchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-O‘lchov tizimlari;
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
zaharli, engil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta'minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta'minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
O‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta'mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |