Jismoniy shaxslarga mol-mulk solig’i bo’yicha beriladigan imtiyozlarning tarkibi



Download 16,13 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi16,13 Kb.
#197046
  1   2
Bog'liq
shixi 17 s


REJA:

  1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini undirishning amaldagi holati tahlili

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari

Jismoniy shaxslarga mol-mulk solig’i bo’yicha beriladigan imtiyozlarning tarkibi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini undirishning amaldagi holati tahlili

Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini nazariy jihatdan tadqiq etish ushbu soliqni soliq-byudjet tizimidagi rolini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, aholining mazkur soliq xususidagi fikrlarining ijobiy bo’lishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda respublikamizda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mahalliy byudjetga undiriladigan asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i mahalliy byudjet daromadlarini doimiy shakllantirib turuvchi barqaror manba bo’lganligi uchun undiriladi. U fiskal funktsiyani bajarib, davlat byudjeti daromadlarini to’ldiradi. Shunday qilib mazkur soliqning ahamiyati davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi salmog’i bilan asoslanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48 bobi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli “Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo’lgan bino va inshoatlarni baholash va qayta baholash to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori kiradi.



Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mol-mulk solig’ining davlat byudjeti jami daromadlaridagi ulushi ancha kam. 2012 yil umumiy daromadda 2,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yil 3,0 foizga kupaygan. 2014 yilga kelib esa, mol-mulk solig’ining hajmi sezilarli darajada o’sishi ya’ni 3,1 foiz rejalashtirilgan. Ammo, jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i tushumlari 2012 yilda 0,6 foizni, 2013 yilda 0,8 foizni, 2014 yilda esa 0,82 foizni tushishi rejalashtirilgan. Bunga sabab, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i stavkasining o’sishi va soliq to’lovchilarning ko’payishi hisobiga kuzatilish mumkin. Boshqa soliq turlari singari jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ini mavjud mexanizmini nazariy jihatdan tahlili bu soliq turini undirishni yanada takomillashtirilishi lozim degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortishning umumiy rivojlanish tamoyillari soliqlar sonini qisqartirish, mol-mulkdan olinadigan soliqlar rolini oshirish, soliq majburiyatlarini asta-sekinlik bilan korxonalar zimmasidan jismoniy shaxslar zimmasiga o’tkazish zarurligiga asoslanadi. Bu tamoyillar ko’p yillik taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan. O’zbekiston byudjet daromadlari shakllantirilishida mol-mulk solig’ining miqdori va o’rni hozircha unchalik yuqori emas. Birinchidan, bu soliqlar mukammal xarakterga ega bo’lmagani uchun ularga etarli e’tibor berilmagan. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq mahalliy byudjetlarning daromadini tashkil etadi. Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs, O’zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo’lishidan qat’iy nazar soliq solinadigan molmulkka ega bo’lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lib hisoblanadi. Soliq kodeksining 273-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladigan ob’ektga: O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar kiradi hamda yuqoridagilar bo’yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i to’lovchilaridir. Bundan tashqari, 2002 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning mulki bo’lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq solish ob’ekti bo’lib hisoblangan. Lekin, 2002 yil 1 yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlari to’g’risida»gi 490-son qaroriga muvofiq benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz iste’moliga soliq joriy etildi. Umuman olganda, “soliq solish ob’ekti” va “soliq solish predmeti” tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo’ladi, u soliqning sub’ektini aniqlaydi va u bilan ma’lum huquqiy aloqada jumladan mulk huquqiy munosabatlarda bo’ladi. Soliq solish ob’ekti - bu sub’ektning soliq to’lash majburiyatini shart qilib qo’yuvchi yuridik dalillardir (mazkur holatda mulkchilik huquqida mol-mulkka egalik qilish bunday yuridik dalil hisoblanadi). Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili 1 yanvar holatiga ko’ra ro’yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan foiz hisobida hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlarning ro’yxatga olish qiymati haqidagi ma’lumotlar bo’lmasa, u holda soliq ushbu mulkning davlat majburiy sug’urtasi bo’yicha summalarni hisoblash uchun belgilangan qiymatidan, shuningdek, har yilning 1 yanvar holatiga ko’ra baholanishidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning mol - mulk solig’i stavkasini har yili kelgusi moliya yili uchun O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlari va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tasdiqlangandan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi. 2014 yil uchun Prezidentning 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori bilan jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ining quyidagi stavkasi belgilangan:


Download 16,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish