23
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarning
standart namunasi.
Namuna modda
— tasdiqlangan spesifikasiyada ko‘rsatilgan, tayyorlash
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan
iborat o‘lchov. Masalan, «toza» gazlar, «toza» metallar, «toza» suv.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov
axboroti signalini
ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi
o‘lchov asbobi
deyiladi. O‘lchov asbobida
kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O‘lchov
asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin
. Analog o‘lchov asboblari
da asbobning
ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat
bo‘ladi,
raqamli o‘lchov asboblarida
esa ko‘rsatishlar o‘lchov axboroti signalini
diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi.
Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llana boshlandi,
chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay.
Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog
asboblarga qaraganda katta
aniqlikka erishishga imkon beradi. SHu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda
o‘qish xatoligi bo‘lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda
anchagina sodda va arzondir.
O‘lchov
asboblari
ko‘rsatuvchi,
qayd
qiluvchi,
kombinasiyalangan,
integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi.
Ko‘rsatuvchi asboblarda
raqamli
qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi
.
Qayd qiluvchi asboblarda
ko‘rsatuvlarni diagramma qog‘ozida yozib olish yoki
raqamli tarzda chop etish
ko‘zda tutiladi.
Kombinasiyalangan asboblar
o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning
o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi.
Integralovchi asboblarda
o‘lchanayotgan
kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi.
Jamlovchi asboblarda
ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha
unga keltirilgan ikki yoki
bir necha kattalikning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.
Ulchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun
qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan
shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi
o‘lchash o‘zgartkichi
deb
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
24
ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichi
signallarini qabul
qila olmaydi. O‘zgartiriladigan fizik kattalik —
kirish kattaligi
, uning o‘zgartirilgani
esa
chiqish kattaligi
deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog‘lanishni
o‘zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchov asboblarining,
turli o‘lchov tizimlarining, biror
jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi
hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalik berilgan o‘lchash o‘zgartkichi
Do'stlaringiz bilan baham: