Instrumental
xatolik
deyilganda
qo‘llanayotgan
o‘lchov
asboblari
xatoliklariga bog‘liq bo‘lgan o‘lchash xatoliklari tushuniladi. YUqori aniqlikda
o‘lchaydigan asboblar qo‘llanganda o‘lchov asboblarining takomillashmagani
orqasida kelib chiqadigan instrumental xatoliklar tuzatma kiritish usuli bilan
yo‘qotiladi. Texnik o‘lchov asboblarining instrumental xatoliklarini yo‘qotib
bo‘lmaydi, chunki bu asboblarni tekshirilganda tuzatmalar bilan ta’minlanmaydi.
O‘lchash usuli xatoligi
deyilganda usulning takomillashmaganligi orqasida
kelib chiqadigan xatolik tushuniladi. Ular, ko‘pincha, yangi usullar qo‘llaganda,
qiymatlar orasidagi haqiqiy bog‘lanishni taxminiy apporoksimasiya qiluvchi
tenglamalardan foydalanilganda paydo bo‘ladi. O‘lchash usuli xatoligi o‘lchov
vositasi, xususan, o‘lchash qurilmasi, ba’zida esa, o‘lchash natijasi xatoliklarini
baholashda e’tiborga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |