Umum va tib psix p65


ONG FAOLIYATINING PATOLOGIYASI


bet14/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

ONG FAOLIYATINING PATOLOGIYASI
Tibbiyot amaliyotida psixiatriyada ongning ikki xil o ‘z- 
garishi kuzatiladi: ongning xiralashuvi va to ‘xtashi (uzilishi). 
Ongning xiralashuvi quyidagi ruhiy holatlar bilan namoyon 
bo‘ladi: dovdirash sindromi, bunda idrok etishning ravshanligi 
va ularni fahm lash buziladi, tashqi ta ’sirotlarga javob 
reaksiyalari juda qiyinlashadi. Bemorlar qulog‘i og‘ir odam- 
larni eslatadilar, go‘yo gangigandek bo‘ladilar va atrofdagi 
narsalarni qiyinchilik bilan idrok etadilar, savollarga darrov 
javob berishmaydi, javob olish uchun savolni bir necha marta 
takrorlashga to ‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bemorlar faqat kuchli 
qo‘zg‘atuvchilarni idrok etadilar va kuchsizlaridan mutlaqo 
ta’sirlanmaydilar. Bu holat asab sistemasining infeksiyalarida, 
zaharlanishda, qattiq shikastlanishlardan keyin sodir bo‘ladi.
Delirioz sindromi.
Ongning buzilishlari fonida idrok etish­
ning yorqin buzilishlari (gallutsinatsiyalar va illyuziyalar) paydo 
bo‘lganda, shuningdek, vahima va qo‘rqish sifatida emotsional 
buzilishlar yuzaga kelganda ongning delirioz holati mavjudligi 
haqida so‘z yuritiladi. Oq alahlash ong buzilishiga misol bo‘la 
oladi.
Delirioz holati — o‘z shaxsini, m o‘ljalini saqlagan holda 
joy, vaqt va atrof sharoitdagi m o‘ljalning buzilishi. Bunda 
ko‘rish, eshitishga doir juda ko‘p gallutsinatsiyalarning paydo 
bo‘lishi tipik hodisa bo‘lib, ular odatda ko‘ruv xarakterida 
bo‘ladi. Bu holat ko‘pgina yuqumli kasalliklarda, odatda, 
harorat yuqori bo‘lganda kuzatiladi.
27


ONEYROID HOLAT
Birinchi marta Mayer — Gross ta’riflagan bu sindrom 
(yunon. 
oneyroid
— tushsimon, uyqusimon) ko‘pincha juda 
kuchli vasvasa asosida paydo bo‘lib, uning eng oliy kulminatsion 
nuqtasini tashkil etadi. U yorqin tasavvurlarning ko‘pligi bilan 
xarakterlanadi, bemorlarning ko‘ziga fazoga uchish kabi 
sahnaviy fantastik kechinmalar ko‘rinadi, ular do‘zax yoki 
jannatda yurgandek bo‘ladilar, bunda bemorlar faqat tomo- 
shabingina bo‘lib qolmay, balki ularda qatnashadilar ham. 
Bu kechinmalarning hammasi aniq tush ko‘rishni eslatadi. 
Oneyroid sindromli bemor uxlab yotgan yoki chuqur ichki 
kechinmalar dunyosiga berilgan kishilarga o ‘xshab ko‘rinadi.
Bemor joy, vaqt va o ‘z shaxsini to ‘liq bo‘lmagan, ikki xil 
tushunishi bilan xarakterlanadi.
AMENTIV HOLAT
Es-hushning amentiv tarzda buzilishida bemorlar atrofidagi 
vaziyatni tamomila anglamaydi va o‘zining kimligini bilmay 
qoladi. Ular atrofidagi hodisalar bilan narsalar o ‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni tushunishmaydi. Ba’zan bemorlar besaranjom 
bo‘ladilar, lekin bunda, odatda, o‘rinda yotavermaydilar. 
Uzuq-yuluq gallutsinatsiyalar bo‘lib turishi mumkin. Savollarga 
bemorlar javob berishmaydi. Ularning nutqlari bem a’ni 
bo‘ladi. Amentiv holat bir necha haftagacha cho‘zilishi 
mumkin. Bunday holat, odam darmoni qurib cho‘pday ozib 
ketganida, infeksiyalar, intoksikatsiyalarda uchraydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish