mida bemorning aqliy rivojlanishi, javob va harakat reaksiyalari
aniqlanadi. Test 30 tadan 50 tagacha savol va 120 tadan
200 tagacha javobni o ‘z ichiga oladi.
Bu tizimga muammoli
masalalarni ham kiritishimiz mumkin. Tekshiriluvchining
berilgan savollarga yoki jumboq masalalarni yechish soniga
qarab javob ballari va foizi qo‘yiladi. Agar tekshiriluvchi be
rilgan topshiriqning 70 foiziga javob bersa, unda uning aqliy
rivojlanishi, intellekti, dunyoqarashi pasport yoshiga mos deb,
tekshiriluvchi topshiriqning 70
foizdan kam qismiga javob
bersa, u holda bu shaxsda aqliy yetishmovchilik yoki oligo-
freniya kasalligi mavjud, deb qaraladi. Bu test tizimining
yutug‘i qisqa vaqt ichida shaxsning xarakteri, intellekti haqida
m a’lumotga ega bo‘linadi, kamchiligi
esa bunda shaxsning
rivojlanish muhiti va shart-sharoiti hisobga olinmaydi.
Katta yoshdagilar va bolalar uchun Veksler testlari ti
zimi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu uslub shaxsning intel
lekti va shaxsiy sifatlarini aniqlashga imkon beradi.
Tizim ikki xil testlardan: birinchisi so‘z bilan ifodalanadi-
gan 6 ta testdan, ikkinchisi amaliy harakatlar bilan ifoda-
lanadigan 5 ta testdan tarkib topgan. So‘z bilan ifodalana-
digan 6 ta test quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Xabardorlik.
2. Umumiy ziyraklik.
3. Sonlarni teskari sondan sanash qobiliyati (10, 9, 8,7,6...).
4. Arifmetika masalalarini yechish.
5. O‘xshashlikni aniqlash.
6. 42 ta so‘zning m a’nosini aniqlashni tekshirish.
Harakat bilan ifodalanadigan 5 ta test tizimiga quyidagilar
kiradi:
1. Obyektlarni va ularning yetishmovchi qismlarini aniqlash.
2. Suratlarning ketma-ket qo‘yilish tartibini aniqlash.
3. Suratning yetishmovchi qismlarini topib tuzib chiqish.
4. Namunaga qarab 9 tadan 16 tagacha bo‘lgan geometrik
qismlardan shakllar yasash.
5. Berilgan sonlar kodiga qarab 90 sekund ichida raqamlar
yechimini topish.
19
Test o ‘tkazib bo‘lingandan so‘ng jadval tuziladi va intel-
lekt koeffitsienti deb ataladigan koeffitsient tuziladi. Ammo
bu koeffitsientni tekshirilayotgan
kishining umumiy ziyrak-
ligini, madaniyatini hamda uning tadqiqotga nisbatan muno-
sabatini hisobga olmasdan turib yetarli darajada to ‘g‘ri, deb
bo‘lmaydi. Bu metodning yutug‘i shundaki, tadqiqot davo-
mida
tekshiriluvchining nutqi, tafakkur tezligi, reaksiyasi,
diqqati to ‘liq nazoratga olinadi va hisobga olib boriladi.
Ba’zan
bulutlarga qarab xayol suramiz, ularni paxmoq
ayiqqa, tuyaga va boshqa jonzotlarga o‘xshatamiz. Agar odam
shu noaniq chiziqlarni o ‘zini to ‘lqinlantiruvchi shakllar
ko‘rinishida
tasavvur qilsa, bunda nima chiqar ekan!? Shu
taklif va mulohazalar asosida Rorshax o ‘zining test tizimini
ishlab chiqdi. Bu metodning mohiyati kartochkada o ‘ziga
xos joylashgan rangli siyoh va qora dog‘larning m a’nosini
topishdan iborat. Keyin javoblar maxsus qoidalar asosida
ishlovdan o‘tkaziladi.
Vatanimiz va xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan ko‘p
omilli shaxs so‘roqlagichi hozirgi kunda keng qo‘llanilmoqda.
Eksperimental psixologiya — hali yosh fan. Shuning uchun
ham u izlanishda, unga yordamga yangi-yangi texnik vositalar
kirib kelmoqdaki, bu uning kelajakda rivojlanishidan dalolat
beradi. Bir odam ikkinchi bir odam uchun muammo bo‘lib
kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Tibbiy psixologiya fani tabobatning barcha sohalariga:
terapiya, jarrohlik, pediatriya, doyalik, ginekologiya va hoka-
zolar ichiga kirib borayapti. Buning
asosiy sababi somatik
kasalliklarning ko‘pgina turlari ruhiyatning buzilishi, o‘zga-
rishi bilan o ‘tayapti. Mustaqil Vatanimizning tabobat soha
sidagi yangiliklaridan biri keyingi 5—10 yil ichida ichki
kasalliklarni davolash markazlarida bemorga ruhiy jihatdan
yordam beradigan psixoterapevt,
amaliy psixologlar lavo-
zimlarining kiritilishidir. Shuning uchun ham tibbiyot ham-
shiralari umumiy va tibbiy psixologiya asoslaridan yetarlicha
bilim va malakaga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: