TIBBIYOT XODIMLARINING SEZGI JARAYONI
O‘ZGARGAN BEMORLARNI PARVARISHLASHI
Sezgi jarayoni kuchaygan yoki pasaygan, ayniqsa, kuchli
teri qichishishi va og‘riq bilan o ‘tadigan holatlarda tibbiyot
xodimlari bemorga diqqat va mehribonlik bilan munosabatda
bo‘lishlari, iltimoslarini o‘z vaqtida bajarishlari talab qilinadi.
23
Agar bemor kuchli og‘riq sezayotgan bo‘lsa, og‘riq qoldiruvchi
vositalar berish va uni tinchlantirishga harakat qilish, o ‘rta
tibbiyot xodimlari barcha muolajalarni shifokor ko‘rsatmasiga
qat’iy rioya qilgan holda ado etishlari kerak.
ONG NORMADA VA PATOLOGIYADA
Ongning psixologik tavsifi.
Ong psixikani yaxlit tarzda
ifodalovchi yuksak shakli, ya’ni faqat odamgagina tegishli
bo‘lib, u nutq bilan bog‘liq bo‘lgan markaziy nerv sistemasi
faoliyatidir. Shuningdek, ong shaxsning tevarak-atrofdagi
narsalarni, hozirgi va o ‘tmish davrni yaxshi bilish, o ‘zlikni
anglash, qaror qabul qilish, vaziyatga qarab o ‘z xatti-hara-
katini boshqarish xususiyati bilan namoyon bo‘ladi.
Psixologik manbalarda ong tarkibiy qismlarining mohiyati
quyidagicha tavsiflanadi: ong narsa va hodisalar haqidagi
bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi va tarkibiga
barcha bilish jarayonlari (diqqat, sezgi, idrok, xotira,
tasavvur, tafakkur, nutq, xayol) kirib, ular yordami bilan
shaxs o ‘z axborotlari ko‘lamini uzluksiz ravishda boyitib
boradi. Bunda bilish
hissiy
va
aqliy
bosqichda namoyon bo‘ladi.
1.
Hissiy bilish bosqichi sezgi, idrok, appersepsiya, tanish,
bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko‘magi asosida
miyaga bevosita ta’sir o‘tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida
inson ongida borliqning mazkur daqiqasidagi hissiy manzarasida
yuzaga keladi. Xotira jarayoni ongda o ‘tmishdagi narsa va
hodisalarning obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya
katta yarimsharlarining bo‘limlarida aks etgan muayyan izlarni
jonlantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, aqliy bilish bosqichining
yuksak darajasi bo‘lmish tafakkur jarayoni umumlashgan,
ijtimoiy xususiyatli, bilvosita ifodalanuvchi bilimlarga asos-
langan holda muammolar yechimini hal etishni ta’minlaydi,
shuningdek, xayol jarayoni esa ehtiyoj obyekti hisoblangan,
ongda mavjud bo‘lmagan obrazlar modelini namoyon etadi.
Bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniya-
tidan m ahrum bo‘lishi, buzilishi yoki ularning qaysidir
xususiyati batamom yoinki qisman izdan chiqishi ongning
tubdan barbod bo‘lishiga olib keladi.
24
2. Ongning ikkinchi psixologik tavsifi subyekt bilan obyekt
o ‘rtasidagi aniq farqlanishda o‘z ifodasini topishi, ya’ni shaxs
«Men» tushunchasi bilan «Men emas» atamasi tarkibiga nima-
lar tegishli ekanligini aniq bilishi bilan izohlanadi. Shaxs tirik
mavjudotlar olamida birinchi bo‘lib borliqda real uni qurshab
turgan tevarak-atrofga nisbatan o‘zini qarama-qarshi qo‘ygan.
Insonda «Men»likning «Men emas»likdan ajratishga intilishi
o ‘zini namoyon qilish, o ‘zini o ‘zi ifodalash, kimligini kashf
etish, o ‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘ziga o‘zi buyruq berish,
o ‘ziga o‘zi ta’sir o ‘tkazish singari jarayonlarda bolalikning ilk
daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini
egallash davrigacha davom etib, o‘zini o‘zi anglashning yuzaga
kelishi bilan yakunlanadi. Lekin «Men»ning boshqa qirralari,
xususiyatlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi
sifat darajalari o ‘zini o ‘zi anglashning takomil bosqichlarida
namoyon bo‘laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va
m a’naviy barkamollik) darajasiga erishgunga qadar davom
etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish
shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va
ijodiy faoliyati mahsuldorligiga bog‘liq bo‘lib, barcha insonlar
taraqqiyot cho‘qqisiga erishadi m a’nosini bildirmaydi.
3. Ongning uchinchi psixologik tavsifi shaxsning maqsadni
ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bunda shaxs
faoliyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga kelishi, ular inson
tomonidan chamalab chiqilishi, buning natijasida motivlar
kurashi namoyon bo‘lishi, bu o‘rinda ustuvorlikka erishish
yetakchilikni ta’minlashi, irodaviy zo‘r berish oqibatida muayyan
qaror qabul qilinishi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay
yo‘sinda amalga oshirilayotgani hisobga olinishi, maqsadni qaror
toptirish yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etilishi va unga muayyan
o‘zgarishlar kiritilishi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir
tuzatishlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayo-
nida obyektiv va subyektiv sabablariga ko‘ra ayrim nuqsonlarga
yo‘l qo‘yilishi, buzilishi vujudga kelishi ong funksiyasining
zaiflashuvini bildirib, bu holat ongning nazorat funksiyasi
izdan chiqqanligini anglatadi.
25
4.
Ongning so‘nggi tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi
emotsional (hissiy) munosabatlar tizimi qamrab olinganligini
aks ettiradi. Shaxs ongiga turli-tuman his-tuyg‘ular, kechinma-
lar, stress, affekt holatlar to ‘g‘risidagi axborotlar oqimi kirib
kela boshlaydi.
Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, narsalarga
nisbatan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan
qoidalarga bevosita amal qilinsa, ongning nazorat funksiyasi
me’yorda ekanligidan dalolat beradi. Shaxsdagi ruhiy sog‘lomlik
ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib, ayrim
hollarda hissiyotga berilishi esa uning o‘z funksiyasini bajarishdan
chetlashganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatli munosabatlar
ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida
va muomala jarayonida hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar
sodir bo‘lmaydi. Ongning zaiflashuvi esa shaxsning his-tuyg‘ulari
va munosabatlarini o‘zgartiradi, masalan, simpatiya antipatiya
bilan, quvonch qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-
vaqti bilan o‘rin almashib turishi kuzatiladi.
Ongning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha funksiyalari
namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanib,
shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlar o ‘zlashtiradi.
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yuzaga keltirilgan tajribalar
majmuasi tilda mustahkamlanadi, tafakkur orqali hayot va
faoliyat boyitiladi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa
quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib, shaxsni boshqa
mavjudotlardan farqlaydi va unda til bilan tafakkur birligi ong
uchun moddiy negiz vazifasida ishtirok etadi.
Onglilik va ongsizlik tushunchalari.
Ong muammosi psixolo
giyada eng murakkab masalalardan biri sanaladi. Ong — obyektiv
borliqni aks ettirishning oliy shaklidir, unga o‘zini va atrof-
muhitni anglash kiritiladi. Ong — odam miyasining funksiyasi
bo‘lib, uning yordamida obyektiv borliq subyektiv aks etadi.
Ong o ‘z tabiatiga ko‘ra, nihoyatda ko‘p qirrali, rang-barang,
uning turli-tuman xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning
oliy darajasida yuzaga kelib, faqat insondagina bo‘ladi.
Ong integrativ jarayondir. Ana shu murakkab majmuaning
har xil zanjirlari zararlanishi ongning izdan chiqishiga olib
26
keladi. Buni ongning fiziologik mexanizmlarini o ‘rganishda
e’tiborga olishadi.
Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan
bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy
etgan sari rivojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori
darajali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi
bilan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining
turli davrlarida — o ‘smirlik, o ‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong
turli ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |