66
Havza relyefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda katta.
Bu ta’sir daryo havzasi suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan
yog‘insochin, bug‘lanish, yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan
suv miqdori orqali seziladi.
Ko‘pchilik hollarda relyef havzada qor qoplamining taqsimlanishiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shamol ta’sirida do‘ngliklarda, suvayirg‘ichlarda
qor kam to‘plansa, aksincha, botiqliklarda ko‘p to‘planib,
keyinchalik
harorat ko‘tarilgach, jadal sur’atda oqim hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Suv muvozanati elementlariga va ular orqali daryo oqimiga balandlik
mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajada
namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta
bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga
va daryo oqimiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200300
m) yillik yog‘in miqdori 700 mm ga yetsa, u bilan yonmayon joylashgan
hududlar (LovatIlmen past tekisligi) da 550 mm yog‘in yog‘adi. Shularga
mos ravishda u yerlardagi oqim modullari 1011 va 56 l/s·km
2
ni tashkil
etadi.
Tog‘li hududlarda daryo havzasining suv muvozanati elementlari
balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori tog‘
tizmasining o‘rni va yo‘nalishiga bog‘liq holda, ma’lum balandlikkacha
ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortishi bilan yog‘in miqdori kamaya
boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yonbag‘irlarida yog‘in
miqdori 2250
m balandlikkacha ortsa, Jung‘oriya Olatovida bu balandlik
32003400 m ni tashkil etadi.
Yog‘in miqdoriga tog‘ yonbag‘irlarining nam havo oqimi
yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
Xisor
tog‘ tizmasining janubig‘arbiy yonbag‘irlariga yiliga 15002000 mm
yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘larining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori
atigi 400600 mm ni tashkil etadi.
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki,
balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning
hissasi ortib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, oqim koeffitsiyentining
o‘sishiga olib keladi.
Balandlik ortishi bilan havo harorati pasaya boradi (har 100 m da 0,6
0
C), havo namligi esa ortadi.
Natijada, havzadan bo‘ladigan bug‘lanish
miqdori balandlik ortishi bilan kamayadi.
Xulosa qilib aytganda, yog‘in va bug‘lanishning balandlik bo‘yicha
o‘zgarishiga bog‘liq holda oqim miqdori ham o‘zgaradi. Barcha olimlar shu
fikrni tasdiqlagani holda, oqimning qaysi balandlikkacha ortib borishi haqida
yagona fikrga ega emas. Masalan, V.L.Shulsning ma’lumotiga ko‘ra, O‘rta
67
Osiyo tog‘larida oqim miqdori 10001500 m dan boshlab, 26003500 m
gacha ortib boradi, so‘ng esa uning kamayishi kuzatiladi. Kavkaz tog‘larida
esa hatto 4000 m balandlikkacha ham oqimning kamayishga moyilligi kuza-
tilmagan.
Tog‘li rayonlarda daryo oqimi (M) ning balandlik (H) bo‘yicha
o‘zgarishi qonuniyatlarini M=
f
(H) bog‘lanish chizmasi yaqqol tasvirlaydi
(4.1rasm). Oqim hosil bo‘lishi sharoiti
nihoyatda farq qilishi tufayli,
ba’zan yagona tog‘ tizimining turli hududlari uchun chizilgan chizmalar
shakli birbiridan ajralib turadi.
Umuman, tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relyefning
ahamiyati nihoyatda katta.
Relyef gidrologik hodisalarga, shu jumladan,
oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas,
balki
tabiiygeografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ham ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: