1. Teploxodning daryo oqimiga qarshi tezligi 11 km/h, daryo oqimi bo‘ylab tezligi 17 km/h. Daryo oqimining tezligini aniqlang (km/h). A) 3. B) 4. C) 2. D) 5.
2. Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+4t va y= 5+3t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)? A) 14. B) 19. C) 10. D) 13.
3.Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism 15 s ichida 450 m masofani bosib o‘tdi. Agar jism 4 m/s2 tezlanish bilan harakatlangan bo‘lsa, uning boshlang‘ich tezligi (m/s) qanday bo‘lgan? A) 6. B) 0. C) 3. D) 5.
4. 4 kg massali jism og‘ish burchagi 600 bo‘lgan tekislikda qo‘zg‘almas turibdi. Uning vazni (N) aniqlang. g=10 m/ s2 . A) 40. B) 20. C) 20√3. D) 40/√3.
5. Massalari 1 g dan bo‘lgan ikki plastlin bo‘lakchalari 2 m/s va 4 m/s o‘zaro tik tezliklar bilan uchib to‘qnashdilar va yopishib qoldilar. Bunda qancha issiqlik (mJ) ajralib chiqadi? A) 9. B) 10. C) 5. D) 1.
6. Chastotasi 2 Hz bo‘lgan to‘lqin 3 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir-biridan 75 cm masofada bo‘lgan nuqtalar tebranishlarining maksimal fazalari farqini qanday?
A) 2π/3. B) 2π. C) 3π/4. D) π.
7. Massasi 75 kg bo‘lgan odamni suvda ko‘tarib turish uchun qalinligi 25 sm bo‘lgan muz bo‘lagining yuzasi (m2) qanday bo‘lishi kerak? Muzning zichligi 900 kg/m3.
A) 7,5. B) 30. C) 9. D) 3.
8. Prujinali mayatnikning tebranish amplitudasi 4sm. Tebranish davrining qanday qismida tebranuvchi moddiy nuqta muvozanat nuqtasidan 2 sm uzoqda bo‘ladi?
A) 2T/3. B) T/12. C) T/4. D) T/2.
9. Po‘latda tarqalayotgan tovush to‘lqinlarining fazasi π/2 ga farq qiladigan eng yaqin nuqtalar orasidagi masofa 1,54 m ni tashkil etsa, tovush to‘lqnlarining chastotasini (Hz) aniqlang. Po‘latda tovushning tarqalish tezligi 5000 m/s.
A) 812. B) 844. C) 920. D) 784.
10. Yuqoridan erkin tushayotgan jism oxirgi 10 s da butun yo‘lning 3/4 qismini o‘tdi. Jism qanday balandlikdan (m) tashlangan? Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) 1500. B) 200. C) 2000. D) 2500.
11. Fe atomi yadrosida nechta zarra mavjud? A) 52. B) 30. C) 26. D) 56.
12. 2 mol ideal gaz 2 K ga izobarik isitilganda bajargan ishini (J) toping. R=8,31 J/(mol·K). A) 12,84. B) 332,4. C) 33,24. D) 55,2.
13. Massasi 100 kg bo‘lgan bir jinsli balka A va B tayanchlarda yotibdi. A tayanchdan l/4 masofada massasi 80 kg bo‘lgan yuk bor. Balkaning tayanchlarga bosim kuchlarini (N) toping. g=10 N/kg.
A) 1300; 500. B) 1050; 750.
C) 1100; 700. D) 1200; 600.
14. Erkin tushayotgan jism qandaydir nuqtada 20m/s, boshqa bir nuqtada esa 40 m/s tezliklarga ega bo‘lsa, shu nuqtalar orasidagi masofani (m) toping? g=10 m/s2. A) 50. B) 80. C) 60. D) 40.
15 Avgust psixrometri (havoning nisbiy namligini o`lchash uchun ishlatiladigan asbob) berilgan. Undagi quruq termometr t=20°C ni, nam termometr esa t=18°C ni ko`rsatmoqda. Havoning nisbiy namligini (%) quyida keltirilgan Psixrometrik jadval y ordamida aniqlang.
83
B) 76
C) 26
D) 49
16. Jismning Oydagi o’girligi uning Yerdagi og’irligining 1/6 qismiga teng. Mayatnikli soat Yerda bir sekundda bir marta chiqqillasa va shu soat Oyga olib chiqilsa, soat qancha vaqtda bir marta chiqqillaydi? A) 1/6 B) 1 C) 6 D) √6
1 7. Motosiklchi shosse bo’ylab to’g’ri chiziqli harakat qilmoqda. Motosiklchining harakat yo’nalishi OX o’qining musbat yo’nalishi bilan bir xil bo’lib, harakat tenglamasi x = 10 + 10t + t2 (m) ko’rinishida bo’lsa, uning dastlabki 6 sekunddagi o’rtacha tezligi necha m/s? A) 15 B) 16 C) 17 D) 18
18. Аgаr ishqаlаnish kоeffiеnti 0,2 gа tеng bo‘lsа, rаsmdаgi sistеmаning tеzlаnishi (m/s2) vа ipning tаrаnglik kuchi (N) qаndаy bo‘lаdi? А) 1; 20. B) I; 40, C) 2; 20. D) 2; 40.
19. Jismning koordinatasi x=1+2t+ 9t2-1,2t3 qonuniyat bo’yicha o’zgaradi. Harakat boshlangandan qancha vaqt o’tgach , unga ta’sir qiladigan kuch 0 ga teng bo’ladi?
A) hech qachon B)2,5s C)7,2s D)3,6s
20. Kuchlanganlik vektori gorizontal yo‘nalgan, moduli 1000 V/sm ga teng bo‘lgan bir jinsli elektr maydonida 0,5 m uzunlikdagi vaznsiz, cho‘zilmas ipga elektr zaryadi 1 μC, massasi 10 g metal sharcha osib qo‘yilgan. Agar elektr maydoni keskin yo‘qotilsa, sharcha qanday maksimal kinetik energiyaga (mJ) ega bo‘ladi?
A) 25. B) 15. C) 30. D) 50.
21. Berk idishdagi ideal gazning molekulalari o‘rtacha kvadratik tezligi 20 % ga ko‘paytirilsa, gazning bosimi necha foizga o‘zgaradi?
A) 44 % ga kamayadi. B) 22 % ga kamayadi.
C) 22 % ga ko‘payadi. D) 44 % ga ko‘payadi.
22. 273 K temperaturali muz bo‘lagi qanday balandlikdan (km) erkin tushib yerga urilganda to‘la erib ketadi? Muz bo‘lagining yerga urilishi natijasida hosil bo‘lgan energiyaning teng yarmi muzga beriladi deb hisoblang. Muzning solishtirma erish issiqligi 330·103 J/kg, g= 10 m/s2 deb oling. A) 153. B) 66. C) 33. D) 99.
23. m massali matematik mayatnik vertikaldan π/3 burchakka og‘dirilgan. Mayatnik muvozanat vaziyatidan o‘tayotganida ipning taranglik kuchi qanday bo‘ladi?
A) √3mg/2. B) 2mg. C) mg/2. D) √3mg.
24. Devorga 4 kg massali narvon 30° burchak ostida tirab qo‘yilgan. Narvonning og‘irlik markazi uning yuqori uchidan narvon uzunligining 2/5 qismiga teng masofada joylashgan. Narvon devorga bosim ko‘rsatmasligi uchun uning o‘rtasiga gorizontal yo‘nalishda necha N kuch qo‘yish kerak? A) 14. B) 16. C)16 √2 . D)16
Do'stlaringiz bilan baham: |