68
bu yerda:
0
X
havzaga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori;
0
Z
havzadan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish miqdori;
0
Y
daryo
oqimining o‘rtacha ko‘p yillik miqdori.
Shu tenglamalardan ko‘rinib turibdiki,
iqlimning daryo oqimiga
ta’sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog‘inlari va bug‘lanishdir.
Boshqacha qilib aytganda, atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish daryo
havzasida yig‘iladigan suvning oz yoki ko‘p bo‘lishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in yog‘sa,
oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ular orasidagi bog‘liqlikni
analitik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
)
(
0
0
X
f
Y
.
Biroq, bu bog‘liqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Chunki, oqim
miqdoriga faqat yog‘inning oz va ko‘p bo‘lishi ta’sir ko‘rsatibgina qolmay,
balki uning yil davomida taqsimlanish xarakteri ham muhim o‘rin tutadi.
Masalan, yog‘inning ko‘p qismi yilning sovuq davrlarida yog‘sa, u vaqtda
uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo‘shiladi, ya’ni daryo
oqimi bilan yog‘in o‘rtasida yetarli darajada bog‘liqlik bo‘ladi. Agar
yog‘inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog‘sa, u vaqtda yog‘inning
katta qismi bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. Yog‘inning
qolgan qismigina oqim hosil bo‘lishida qatnashadi. Hatto ayrim
hududlarda (O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Volga orti) yilning issiq vaqtida
yoqqan yog‘inlar ba’zan hech
qanday oqim hosil qilmaydi, chunki ular
to‘la bug‘lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo‘ladi. Mana shunga
o‘xshash sharoitlarda daryo oqimi bilan yog‘in o‘rtasida bog‘liqlik
bo‘lmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, daryo oqimiga bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi ikkinchi iqlimiy omil bug‘lanishdir.
Bu yerda shu narsani
hisobga olish zarurki, bug‘lanish havo haroratiga bog‘liq bo‘lish bilan
birga, ma’lum darajada yog‘in miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, O‘rta
Osiyoda, ayniqsa, uning cho‘l rayonlarida havo harorati nihoyatda yuqori,
bug‘lanish
uchun sharoit yetarli, lekin bug‘lanish miqdori juda kichik,
Chunki juda oz miqdorda yog‘in yog‘adi.
Shimoliy rayonlarda,
jumladan, Rossiyaning shimoliy qismida ham
bug‘lanish miqdori kichik, biroq bu yog‘in miqdorining kamligidan emas,
aksincha, havo haroratining pastligidandir.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadiki,
daryo oqimining
asosiy iqlimiy omillari bo‘lgan yog‘in va bug‘lanishni alohida, birbiridan
ajralgan holda tekshirib bo‘lmas ekan. Xuddi shu kabi oqim hosil
69
bo‘lishida qolgan iqlimiy omillar (havo namligi, shamol va boshqalar) ham
birbiriga bog‘liq holda doimiy ta’sir etib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: