42
O‘rdi bulit ingrashu,
Aqti aqin mungrashu,
Qaldi budun tanglashu,
Ko‘krar taqi mangrashur.
Ushbu she’rda sharros yomg‘ir ta’riflanadi va uning mazmuni
quyidagicha: bulutlar baland ovoz bilan yuqori ko‘tarildi, bulutlardan sellar
sharqirab oqdi, bu
holga odamlar hayron qolishdi, bulutlar chaqmoq
chaqishar, momoqaldiroqlar bo‘kirishar, baqirishar edi;
5) qadimdan ishlatilib kelinayotgan turkiy maqollarda uchraydigan
gidrologiya atamalari. Masalan, "kechish" (daryo va soylar ko‘prigi)
maqolda quyidagicha qo‘llanilgan: "Ol kechishni suv eltti", ya’ni u
ko‘prikni suv (sel) olib ketdi. Bu maqol bo‘lar ish bo‘lgandan keyin uni
to‘g‘rilash mumkin emas, degan ma’noda qo‘llanadi. Yoki "kechik"
(kechik, ko‘prik) so‘zidan maqolda quyidagicha foydalanilgan: "qaynar
o‘kuz kechiksiz bolmas", ya’ni tez oqar katta suv kechiksiz bo‘lmaydi.
Ma’lumki, bu maqol biron ishni boshlashda ikkilanib, cho‘chib
turgan
kishiga tasalli berish uchun qo‘llanadi;
6) sug‘orish ishlari va suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
gidrologiya atamalari. Ushbu guruhga "qazmish ariq" (qazilgan ariq),
"suvoldi" (sug‘orildi, masalan, "tariq suvoldi" - ekin sug‘orildi), "ol suvug‘
tamuladi" (u suv to‘g‘onini mahkamladi) kabi ko‘plab atamalarni misol
qilib keltirish mumkin.
Ma’lumki, daryo va soylar suvidan sug‘orishda va boshqa maqsadlarda
foydalanishda uni adolat nuqtai nazaridan taqsimlashga amal qilingan.
"Devon"da suv taqsimlovchi (mirob) "tuzun" deb atalgan. Odatda, bunday
vazifa qishloq keksasi yoki oqsoqoli (hurmatli kishisi) zimmasiga
yuklatilgan. Shu mavzuga tegishli "chatba" (ariq qazishga, to‘g‘on bo‘g‘ishga
chiqmaganlardan qishloq oqsoqoli tuzun oladigan soliq) atamasi ham bor.
7) suv inshootlari qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan gidrologiya
atamalari. Masalan, "bandi" bog‘landi, suv yo‘li to‘sildi. Muhimi
shundaki, bu atama o‘sha davrlardan to shu kungacha qo‘llanib kelinadi (X
asrda qurilgan Xonbandi suv ombori, XVI asrda qurilgan Abdullaxonbandi
suv ombori va hokazo). Yoki "chig‘ri"
- suv tegirmoni parragini, suv
chiqaradigan chig‘riq (suvni ma’lum balandlikka ko‘tarib beruvchi inshoot
charxpalak) parragini ifodalaydi.
"Devon"da hozirgi kunda ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan va ayni paytda, xorijiy tillardan gidrologiyaga kirib o‘rnashib qolgan
so‘zlarning muqobilini ham topish mumkin. Masalan, daryodagi muz
parchalari oqimi (rus tilida shugoxod) "Devon"da bir so‘z bilan "qardu",
yomg‘ir yoki sel suvidan paydo bo‘lgan ko‘l - "qaq", suv oqimi hosil qilgan
43
o‘yiqlar (rus tilida vodoroin) "borung", daryoning quyilishi (rus tilida uste)
"kevli" deb ataladi. Qish faslida daryolar, soylar, ariqlardagi suvlar muzlab,
suv muz ustidan oqib o‘ta boshlaydi, ba’zan toshqinlar ro‘y beradi.
"Devon"da mana shu hodisani ifodalashda birgina so‘z "qardi" atamasi
ishlatilgan. Shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
"Devon"da gidrologiya atamalarining sinonimlari ham keltirilgan.
Masalan, biz hozirgi kunda ishlatadigan to‘g‘on so‘zining "qir", "tug‘" kabi
muqobillari, buloq (chashma) ko‘zining "yo‘l", "mingar", sayoz to‘piqdan
keladigan suvning "kengas", "sayram" kabi sinonimlari keltirilgan.
Mahmud Qoshg‘ariy "Devon"ida aniq gidrografik ma’lumotlar ham
keltirilgan. Ular o‘lkamiz hududining o‘sha davrdagi gidrografiyasi haqida
tegishli tasavvur hosil qilishga hamda uning hozirgi
kundagi holati bilan
solishtirishga imkon beradi. Masalan, Issiqko‘l haqida u shunday yozadi:
"Issiqko‘l Barsg‘ondagi bir ko‘l, uzunligi 30 farsah, eni 10 farsah". Agar
farsah kilometrga aylantirilsa, Issiqko‘lning uzunligi 180 km, eni 60 km
bo‘ladi. Bu Issiqko‘lning XI asrdagi o‘lchamidir. Hozirchi? Tekshirishlar
natijasida aniqlanishicha, hozirgi kunda ko‘lning uzunligi 182 km ga, eni
(keng joyida) 58 km ga teng.
Shunga o‘xshash Taring ko‘li (ikki o‘kuz chegarasidagi boshqa bir
ko‘l nomi), Ko‘rung ko‘li (Qashqar tog‘larida bo‘lgan bir ko‘l nomi),
Sizing (Siding) ko‘li, Yulduz ko‘li (kujo, kingut va uyg‘urlar chegarasida
bo‘lgan bir ko‘l nomi), Oy ko‘l (Uch shahri yaqinidagi bir ko‘l nomi) kabi
bir nechta ko‘l haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ularga izoh sifatida muallif
quyidagicha yozadi: "Bu xil ko‘llar turk shaharlaridagi ko‘llardir. Men
faqat musulmon shaharlaridagi (ko‘llarning) eng kattalarini bayon qildim.
Bu ko‘llarning atrofi qirq (40) yoki o‘ttiz (30) farsahdir".
"Devon"da keltirilgan xaritada
Sirdaryo va Amudaryo hamda
ularning irmoqlari ham aniq ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xaritaning ilova
matnida ularga batafsil yozma tavsif ham berilgan. Lekin xaritada har ikki
daryoning ham Obiskun - Kaspiy dengiziga quyilishi ko‘rsatilgan.
Professor H.H.Hasanovning fikricha, bu kechirarli “xato”, Chunki
XVXVI asrlarda ham bu daryolarning Kaspiyga quyilishi haqida
rivoyatlar bo‘lgan.
Mahmud Qoshg‘ariy "Devon"da daryolar haqida gidrografik
ma’lumotlarni keltirish bilan cheklanib qolmay,
balki ulardagi suvning
holati, harakati va suv miqdori, hatto, suv obyektlari nomlarining kelib
chiqishi haqida ham qisqa va lo‘nda ma’lumotlarni keltirgan. Bunda ham,
yuqoridagi kabi, ko‘proq she’rlardan foydalangan. Masalan, Etil (Volga)
daryosi to‘g‘risida shunday yozadi: "Etil qipchoq ellaridagi bir daryoning
nomi. U Bulg‘or dengiziga quyadi. Uning rus yerlariga quyadigan bir