Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Nilometrning jahon suv o‘lchash amaliyotidagi ahamiyati



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

Nilometrning jahon suv o‘lchash amaliyotidagi ahamiyati.
Bundan 
qariyb 1150 yil muqaddam qurilgan inshootning suv o‘lchash aniqligi 
hozirgi kunda nafaqat u haqida xabardor bo‘lgan kishilarni, hatto shu soha 
mutaxassislarini ham lol qoldirmoqda. Masalan, angliyalik gidrolog olim 
A.K.Bisvas "Miqyos an­Nil" ning suv sathini o‘lchash aniqligiga tan berib, 
"bu qurilma Nil daryosi suvi sathini o‘ta aniq o‘lchagan", deb yozadi. 
Suv sathini Ahmad Farg‘oniy taklif etgan santimetr aniqlikda 
o‘lchash usuli hozirgi kunda dunyo miqyosida qo‘llaniladi. Jahon 
Meteorologiya Tashkiloti (JMT) ga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda suv 
havzalari - daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hatto dengizlar va okeanlarning 
suv sathlari ham shu aniqlikda o‘lchanadi. Hozirgi kunda jahon suv 
o‘lchash amaliyotida qo‘llanilayotgan o‘lchov qurilmalarining barchasi 
"Miqyos an­Nil" dagi kabi santimetr aniqlikdagi bo‘laklarga bo‘lingan 
(1.3, 1.4 ­ rasmlar). 
Alohida ta’kidlash lozimki, daryolar suvi sathini o‘lchashda Ahmad 
Farg‘oniy taklif etgan yer osti suv yo‘llaridan foydalanish usuli ham 
hozirgi kunda jahon suv o‘lchash amaliyotida keng qo‘llanmoqda. 


33 
Masalan, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallarda suv sathini o‘zi 
o‘lchab, yozib boradigan "Valday" yoki okean va dengizlar suv sathlarini 
o‘lchashda qo‘llaniladigan "Rordansa" tipidagi qurilmalar, go‘yoki 
"Miqyos an­Nil" dan andoza olganday, xuddi shu usulda ishlaydi. Faqat bu 
qurilmalarda yer osti suv yo‘llari yagona va shu bilan birga ular daryolar 
va kanallarda oqim yo‘nalishiga perpendikulyar holatda o‘tkaziladi 
(1.5­rasm). 
O‘n ikki asrlik adolat tarozusi.
Ahmad Farg‘oniy daryolarda suv 
sathini aniq o‘lchash ular suvidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘plab hayotiy muammolarni hal etishda zarurligini to‘la tasavvur etgan. 
Shu tufayli alloma suv o‘lchash inshootini loyihalash, qurish ishlariga 
bosh­qosh bo‘lish va uni foydalanishga topshirish bilan cheklanib 
qolmagan. Undan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun maxsus 
qo‘llanma ­ "Miqyosi jadid" ni ishlab chiqqan. 
Afsuski, hozirgi kunda ushbu qo‘llanmaning hajmi, unda nimalar 
bayon qilinganligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Lekin, "Miqyos an­Nil" ning 
qariyb 12 asrlik ish faoliyati davriga oid hamda bevosita uning o‘ziga 
bag‘ishlangan manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida 
quyidagi fikrlarni bildirish mumkin: "Miqyosi jadid" suv o‘lchash 
inshootidan amalda foydalanish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
muammolarni hal etishga imkon beradigan, o‘z davriga xos jadvallar
ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar majmuidan iborat bo‘lganligi ehtimoldan xoli 
emas. 
"Miqyosi jadid" yordamida hal etilgan muammolardan birinchisi Nil 
daryosida suv sathini o‘lchash ishlarida ilgari foydalanilgan nilomerlar 
ma’lumotlarini "Miqyos an­Nil" bilan bir xil asosga keltirishdan iborat 
bo‘lgan. Aniqrog’i, Ahmad Farg‘oniy Nil daryosida o‘zidan oldin butunlay 
boshqacha ko‘rinishda qurilgan va boshqacha tartibda kuzatishlar olib 
borgan nilomerlar ma’lumotlarini "Miqyos an­Nil" bilan bir xil asosga 
keltirgan. 
Bu ish ancha murakkab bo‘lib, matematika, geodeziya fanlari yutuqlarini 
gidrologiyaga ustalik bilan tatbiq eta bilishni talab qiladi. Alloma bu ishni 
ham a’lo darajada bajargan. U Nil daryosida o‘zidan oldin 240 yil 
davomida boshqa turdagi suv o‘lchash qurilmalarida olingan hisoblarni 
"Miqyos an­Nil" ko‘rsatkichlariga moslashtirilgan. Hozirgi zamon 
gidrologiya fani tili bilan aytganda, bir daryodagi turli vaqtlarda ishlagan


34 
1
.5
-r
as
m. 
“V
al
day
” t
ip
id
ag
i s
u
v
s
at
h
in

o‘
lch
as
h
q
u
ri
lm
as
i.
1
-i
n
sh
o
o

b
in
o
si

2
-y
er o
st

su
v
y
u
li
(
q
u
v
u
r), 
3
-q
u
d
u
q

4
-
o‘
lch
o
v
ta
x
tac
h
as
i, 
5
-o‘
lch
o
v
u
sk
u
n
as

1
.4
-r
as
m. 
E
n
g
k
at
ta (
A
) v

en
g
k
ich
ik
(B) 
su
v
sa
th
lar
in

o‘
lch
as
h
ta
x
tac
h
al
ari
1
.3.ra
sm S
u
v
o‘
lc
h
as
h
ta
x
tac
h
al
ari

a) y
og
’o
ch
dan
, b
) me
tal
ld
an
,
v
) c
h
u
y
an
d
an


ikki va undan ortiq kuzatish joylari ma’lumotlari asosida "bir jinsli 
kuzatish qatori" ni hosil qilgan. Natijada, Nil daryosi suvi sathi haqida 
manbalarda qayd etilgan kuzatishlar "Miqyos an­Nil" qurilgan 861-yildan 
emas, balki 622-yildan boshlanadi. 
Shu o‘rinda nima uchun Nil daryosida suv sathini o‘lchash natijalari 
aynan 622-yildan boshlab tiklangan, degan haqli savol bo‘lishi tabiiy. 
Ma’lumki, xuddi mana shu 622-yilda payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. 
Makkadan Madinaga hijrat qilganlar va shu tufayli bu sana musulmon yil 
hisobining boshi deb e’lon qilingan. Bu haqda xalifa Umar 
(choharyorlardan biri) 638-yilda maxsus farmon chiqargan. Ko‘rinib 
turibdiki, Ahmad Farg‘oniyga Nil daryosida suv sathini kuzatish haqidagi 
ma’lumotlarni aynan musulmon yil hisobidan boshlash zarurligi haqida 
xalifa al­Mutavakkil tomonidan maxsus ko‘rsatma bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. Shu ko‘rsatmani hisobga olib, Ahmad Farg‘oniy o‘zidan oldingi 
240 yillik ma’lumotni ham qayta tiklagan bo‘lsa ajab emas. 
Qanday sabablar tufayli tiklanishidan qat’i nazar, hosil bo‘lgan 
gidrologik qator muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan natijadir. 
Aniqrog‘i, "Miqyos an­Nil" yordamida 622-yildan 1946-yilgacha bo‘lgan 
oraliqda Nil daryosi suvi sathini kuzatish bo‘yicha to‘plangan qator ingliz 
olimi G.Xerst tomonidan eng uzun gidrologik qator sifatida qayd etiladi. 
Uni kelajakda chuqur tahlil qilish nafaqat Nil daryosi, balki boshqa 
daryolarning suvlilik darajasi davrlari - sikllarini aniqlashda ham muhim 
manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Ahmad Farg‘oniy hal etib bergan o‘ta hayotiy muammolardan yana 
biri - Nil daryosida suv sathining o‘zgarishi, ya’ni "Miqyos an­Nil" dan 
olingan hisoblar bilan ekinlar hosildorligi orasidagi bog‘lanishni 
aniqlaganligidir. Shu yerda arab olimi al­Muqaddasiyning X asrning 
ikkinchi yarmida Turonzaminga sayohati davrida bu yerdagi daryolarda 
bajarilayotgan suv o‘lchash ishlari, ularni amalga oshiruvchilar daryoning 
suvlilik darajasi bilan hosildorlik orasidagi bog‘lanish mavjudligini 
aniqlanganliklari haqida yozib qoldirganligini eslash kifoya. Mana shu 
dalil, ya’ni qadimdan yurtimizda qo‘llanilib kelgan usul endi Nil 
daryosida, aniqrog‘i, Misrda tatbiq etila boshlaganidan darak beradi. 
Ahmad Farg‘oniy hisobiga ko‘ra, Nil daryosida suv sathi 16 
tirsakkacha ko‘tarilganda, hosil mo‘l­ko‘l, 15 tirsakkacha ­ yaxshi, 14 
tirsakkacha ­ o‘rtacha, 13 tirsakda esa hosildorlik yomon bo‘lgan. Nihoyat, 
suv sathi 12 tirsakkacha pasayganda, daryoda suv juda kam bo‘lib, shunga 
mos ravishda hosildorlik ham keskin kamayishini, natijada, mamlakatda 
ocharchilik xavf solishi mumkinligini aniqlagan. 
Nil daryosida suv sathi ko‘tarilishining ham chegarasi bo‘lgan. 


36 
Alloma "Miqyos an­Nil" ning o‘lchov ustunida suv sathining 17 tirsak (9 
m) dan yuqori bo‘lishi, ko‘p joylarni suv bosishiga olib kelishini, oqibatda, 
bu holatning hosildorlikka ham salbiy ta’sir qilishi mumkinligini hisobga 
olgan. Ana shu xulosalarga asoslanib, dehqonlardan olinadigan adolatli 
soliq tizimi ishlab chiqilgan va bu sohada shu davrgacha kuzatilgan 
nohaqliklarga barham berilgan. 
Haqiqatan ham, tarixiy manbalarda qayd etilishicha, "Miqyos an­Nil" 
qurilgunga qadar Misr soliq tizimida nohaqliklar hukm surib kelgan. 
Ahmad Farg‘oniy esa Nil daryosining "Miqyos an­Nil" yordamida 
aniqlagan suv sathi bilan hosildorlik orasidagi bog‘lanishni obyektiv 
baholab, ana shunday nohaqliklarning oldini olgan. Misrlik olimlar bu 
haqda "Ahmad Farg‘oniy "Miqyos an­Nil" ni qurish bilan XII asrdan 
buyon faoliyat ko‘rsatayotgan adolat tarozusini o‘rnatib ketgan", degan 
fikrni minnatdorlik tuyg‘usi bilan izhor etadilar. 
Ahmad Farg‘oniy ilmiy va amaliy faoliyatining bir qirrasi bo‘lmish 
"Miqyos an­Nil" ijodkorlarga ham ilhom bag‘ishlagan. Masalan, buyuk 
V.SHekspir o‘zining "Antoniy va Kleopatra" asarida uni quyidagi 
mazmunda madh etadi: 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish