GIDROSFERA EKOLOGIYASI
Reja:
1. Suvning inson hayoti va iqtisodiyotidagi ahamiyati
2. Suvning Yer yuzida tarqalishi.
3. Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini chuchuk suv bilan ta’minlash
muammolari
4. Ichki suv resurslarini ifloslanishining asosiy manbalari va salbiy oqibatlari
5. Suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tiklash chora-tadbirlari
Tayanch iboralar: suv, sho’r suv manbalari, chuchuk suv manbalari, suvning ifloslanishi, suvni tozalash usullari.
1. Suvning inson hayoti va iqtisodiyotidagi ahamiyati. Yer kurrasining suv qobig’i gidrosfera deyiladi. Planetamizdagi suvning 93.96 %
ini okean va dengiz suvlari, 4.12 %
ini yer osti suvlari, 1.65 %
ini doimiy muzliklar suvlari, 0.026 % ini ko’l suvlari va faqatgina 0.0001 % ini daryo suvlari tashkil etadi. Dunyodagi okean va dengizlarning umumiy maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda 2,5 barobar ko’pdir. Okean suvlari yer sharining 3/4 qismini egallagan bo’lib, o’rtacha qalinligi 4000 m ga teng.