10-MA’RUZA
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING SUV RESURSLARI VA SUG‘ORISH SUVI MANBALARI. SUVLARNING SIFATI VA SUG‘ORISH UCHUN YAROQLILIGI
Reja:
1. Suv resurslari
2. Suv manbalari
1. Suv resurslari.
Suv resurslari - bu doimiy va gidrosferada suv zahiralarini aylanishi jarayonida yangilanib turuvchi resurslar bo’lib, ular okean, dengiz, ko’l, daryo, muzliklar, yer osti va atmosfera suvlaridir.
Barcha suv resurslarini ikki turga – yer usti va yer osti suvlariga bo’lish mumkin. Yer usti suvlari tarkibiga daryolar, ko’llar, suv omborlari, hovuzlar, kanallardagi suvlar, muzliklar, quruqlik ichidagi dengizlar, hududiy suvlar kiradi. Yer osti suvlari Yer po’stining yuqori qismidagi suv saqlovchi tog’ jinslari qatlamlarining g’ovak bo’shliqlaridagi barcha holatdagi suvlardir. Tabiatdagi suv aylanishi jarayonida suvlar bir turdan ikkinchi turga o’tib turadi. Okean va quruqlikdagi suvlarning bug’lanishi tabiatda suv aylanishining dastlabki bosqichi bo’lib, keyinchalik ular atmosfera yog’inlari sifatida daryolar, ko’llar va muzliklarni suv bilan ta’minlaydi. Har bir tabiiy suv turi doimiy ravishda sarflanib va qayta tiklanib turadi. Masalan, daryo suvlari yiliga 20 martagacha qayta tiklanadi, dengiz, yer osti suvlari va muzliklar, aksincha, juda uzoq vaqt mobaynida qayta tiklanadi.
Markaziy Osiyodagi daryolarni to’yinish tavsifiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- muz-qor erishi hisobiga to’yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So’x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog’i Oqsuv, Oqbo’ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar;
- qor-muz erishi hisobiga to’yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar;
- qor erishi hisobiga to’yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G’ovasoy, Kosonsoy va boshqalar;
- qor erishi-yomg’ir hisobiga to’yinuvchi – G’uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg’ob, Tajang va boshqalar.
17-rasm. Dunyo bщyicha suv manbalari kartasi.
Markaziy Osiyoda umumiy suv zahirasi 136,5 km3 . Asosiy suv manbai - bu tog’liklarga tushadigan yog’ingarchilik hisobiga shakllanayotgan yer sathi suvlaridir. Suv balansi atmosfera yog’inlari, qor va muzliklarni erishi hisobiga vujudga keladi. Asosiy suv manbalari bo’lib Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning irmoqlari hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yirik daryolar sifatida Vaxsh, Panj, Kofirnigon, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Qashqadaryo, CHirchiq, Ohangaron, So’x kabi daryolarni ko’rsatish mumkin. Daryolarni suv sarfi yog’ingarchilik miqdori bilan aniqlanadi. Ularni to’yinishiga ko’ra muz-qor erishi, (Amudaryo, Oqbo’ra, So’x, Panj, Vaxsh, Bartang) qor-muz erishi (Sirdaryo, Norin, CHirchiq, Qoradaryo, Qurshob), qor erishi (Podshoota, G’ovasoy, Kosonsoy) va qor erishi-yomg’ir hisobiga (Murg’ob, Tajang) shakllanuvchi turlarga bo’lish mumkin. Muz-qor erishi hisobiga to’yinuvchi daryolar qishloq xo’jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar daryolarning suv sarfi 1 km2 maydonga 10-20 l/s dan to’g’ri kelsa, bu daryolar mavzeni suv bilan to’liq ta’minlay oladi.
Markaziy Osiyodagi daryolarni to’yinish tavsifiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin :
- muz-qor erishi hisobiga to’yinuvchi – Amudaryo, Zarafshon, So’x, Isfayram, Isfara, Qashqadaryoning irmog’i Oqsuv, Oqbo’ra, Panj, Vaxsh, Bartang va boshqalar;
- qor-muz erishi hisobiga to’yinuvchi – Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, Qurshob, CHirchiq, Surxondaryo va boshqalar;
- qor erishi hisobiga to’yinuvchi Ohangaron, Qashqadaryo, Podshoota, G’ovasoy, Kosonsoy va boshqalar;
- qor erishi-yomg’ir hisobiga to’yinuvchi – G’uzor, Keles, Jinnidaryo, Murg’ob, Tajang va boshqalar.
18- jadval
Jahondagi eng yirik daryolar va ularning tavsifi
Daryolar
|
Yillik o’rtacha suv sarfi, ming m3/sek.
|
Suv yig’ish maydoni, ming km2
|
Uzunligi, km
|
Amazonka
|
120
|
7000
|
5500
|
Kongo
|
40
|
3690
|
4320
|
Gang va Braxmaputra
|
39
|
2000
|
2900
|
Yantsitszyan
|
31
|
1808
|
5800
|
Enisey
|
19,9
|
2580
|
5950
|
Missisipi
|
19
|
3220
|
3220
|
Lena
|
16,8
|
2490
|
4270
|
Zambezi
|
16
|
1330
|
2660
|
Paran
|
14,8
|
4250
|
4380
|
Orinoko
|
14
|
1085
|
2400
|
Mekenzi
|
14
|
1760
|
1700
|
Iravadi
|
13
|
430
|
2150
|
Obь
|
12,8
|
2990
|
5570
|
Mekong
|
12
|
810
|
4500
|
Niger
|
12
|
2090
|
4160
|
Volga
|
8,04
|
1380
|
3090
|
Dunay
|
6,43
|
817
|
2850
|
2. Suv manbalari
Daryolarni suv sarfi iyulь-avgust oylarida kamayib ketadi. Ularni suv oqimini rostlash uchun suv omborlaridan (23 ta) keng foydalanilmoqdaki, ular daryo oqimini 20% gacha rostlash imkonini beradi.
19-jadval
O’zbekistondagi ayrim suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari
Suv ombori
|
Daryo
|
Suv ombori-ning maqsadi
|
To’ldi-rilgan yili
|
Suv yuzasi, km2
|
To’g’oni-ning baland-ligi, m
|
Hajmi, mln. m3
|
Maksimal
suv chiqarish imkon-iyati, m3/sek.
|
umumiy
|
foy-dali
|
Janubiy Surxon
|
Surxondaryo
|
S, B, St, Rk, Tq
|
1967
|
65
|
30
|
800
|
710
|
150
|
Uch qizil
|
Surxondaryo
|
S, St, B
|
1957
|
10
|
11,5
|
160
|
80
|
15
|
Pachkamar
|
G’uzordaryo
|
S, St
|
1968
|
12,4
|
6870
|
280
|
250
|
30
|
CHimqo’rg’on
|
Qashqadaryo
|
S,St,B
|
1963
|
49,2
|
33
|
500
|
450
|
350
|
Quyimozor
|
Zarafshon (to’ldiriladi)
|
S,St
|
1960
|
18
|
28,1
|
310
|
250
|
46
|
Kattaqo’rg’on
|
Zarafshon (to’ldiriladi)
|
S
|
1968
|
79,5
|
31,2
|
900
|
876
|
140
|
Kosonsoy
|
Kosonsoy
|
S
|
1968
|
8
|
64
|
165
|
155
|
50
|
Karkidon
|
Quvasoy
|
S
|
1967
|
9,5
|
70,0
|
218
|
211
|
50
|
Tuyabo’g’iz (Toshkent dengizi)
|
Ohangaron
|
S,St,Rk
|
1962
|
20
|
36,5
|
250
|
224
|
45
|
Farhod
|
Sirdaryo
|
E,S
|
1951
|
48
|
25,0
|
350
|
200
|
4430
|
CHorvoq
|
CHirchiq
|
S,E,Rk
|
1970
|
40,1
|
168
|
2006
|
1580
|
1650
|
Tuyamo’yin
|
Amudaryo
|
S,E,Tq,B
|
1979
|
650
|
28,0
|
7800
|
5270
|
1277
|
SHo’rko’l
|
Zarafshon
|
S
|
1977
|
42,3
|
14,5
|
394
|
380
|
35,0
|
Hisorak
|
Oqsuv
|
S
|
1990
|
4,1
|
138,5
|
170
|
155
|
260
|
To’dako’l
|
(to’ldiriladi)
|
S,B
|
1968
|
17,5
|
4,0
|
800
|
|
50,0
|
Tolimarjon
|
Amudaryo
|
S
|
1988
|
78,5
|
35,0
|
1525
|
1400
|
370
|
Andijon
|
Qoradaryo
|
S,E,Tq
|
1982
|
55,2
|
121,0
|
1900
|
1600
|
250,0
|
Izoh: S sug’orish, B — baliqchilik, St suv ta’minoti, Tq toshqinga qarshi, Rk rekreatsiya (aholining dam olishi), E energetik
YEr osti suvlari
Jahonning qurg’oqchil iqlimli va yer usti suvlari bilan kam ta’minlangan ko’pgina mamlakatlarida qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda yer osti suvlaridan keng foydalanilmoqda. AQSH ning g’arbiy shtatlarida, Avstraliya, Hindiston, Xitoy, Isroil kabi davlatlarda yer osti suvlari katta miqdorlarda ishlatilib kelinmoqda. Markaziy Osiyoda, shuningdek, O’zbekistonda sug’oriladigan maydonlarining kengaytirilishi natijasida suv taqchilligi kuchaydi. Bu taqchillikni yer osti suvlaridan foydalanish orqali kamaytirish imkoniyati mavjud.
Er osti suvlari O’zbekiston da13 ta hisobiy gidrogeologik rayonda mavjud.
Er osti suvlarining dinamik va statistik zaxiraslari farqlanadi. Dinamik zaxirasi deganda yer osti suvlarining to’yinish hajmi tushunilsa, statistik zaxirasiga suv o’tkazuvchi jinslardagi gravitatsion suv hajmi kiradi. Yer osti suvlarining suv olish inshootlari orqali texnik-iqtisodiy jihatdan olish mumkin bo’lgan qulay miqdori (m3/sut., m3/sek.) ekpluatatsion zaxirasi deb tushuniladi. Respublikada yer osti suvlarining dinamik zaxirasi 1038,2 m3/sek., ekspluatatsion zaxirasi esa 907,7 m3/sek. ga teng.
Hozirgi kunda uning 39,8 m3/sek. miqdori ishlatilmoqda. Kelgusida yer osti suvlaridan foydalanish miqdorini 461,5 m3/sek. gacha yetkazish mumkin.
Xo’jalikda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yer osti suvlari respublikaning barcha hududlarida mavjud bo’lib, uning 2/3 qismi tog’ mintaqasining to’rtlamchi yotqiziqlarida, 1/3 qismi esa tekislik hududida tarqalgan. Amudaryo delьtasida 265 m3/sek. ekspluatatsion chuchuk yer osti suvlari zaxirasi mavjud. Yer osti suvlarining umumiy ekspluatatsion zaxirasidan 800 m3/sek. chuchuk bo’lib, qolganlari 23 dan 15 g/l. gacha minerallashgandir.
Kollektorzovur suvlari
O’zbekistonning sug’oriladigan yer zaxirasining yarmidan ko’prog’i (56 foizi) turli darajada sho’rlangan. Bunday yerlarning meliorativ ahvolini tubdan yaxshilash maqsadida kollektor-zovur tarmoqlaridan foydalanilmoqda.
Respublikamizda 7,8 km3 kollektor-zovur suvlari zaxirasi mavjud. Kollektor-zovur suvlaridan ekinlarni sug’orishda foydalanish yilning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Masalan, 1982 va 1986 yillarda ekinlarni sug’orish uchun respublika bo’yicha 2002,1 va 2134,6 mln. m3 ishlatilgan bo’lsa, suv bilan qulay ta’minlangan yillarda i 1369,1 mln. m3 miqdorida foydalanilgan.
O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti ma’lumotlari ko’rsatadiki, respublikada tuproqni qayta sho’rlanishini keltirib chiqarmaydigan 3,36 km3 miqdordagi kollektor-zovur suvlaridan qo’shimcha meliorativ tadbirlarsiz foydalanish mumkin. Minerallashganligi yuqori bo’lgan va tuproqlar meliorativ holatini yomonlashuvga olib kelishi mumkin bo’lgan kollektor-zovur suvlaridan foydalanishdan oldin suv sifatini yaxshilash bo’yicha meliorativ tadbirlar qo’llash talab etiladi.
CHiqindi suvlar
CHiqindi suvlar ishlab chiqarish va maishiy xo’jalik sohalarida ishlatilgan hamda uning o’ziga xos ingredientlari bilan ifloslangan, ishlab chiqarish jarayonida yoki maishiy xo’jalik sohasida qayta foydalanib bo’lmaydigan, ya’ni yaroqsiz holatga keltirilgan suvlardir. CHiqindi suvlar sirasiga aholi yashash joylaridan chiqarib yuborilayotgan yog’in suvlari ham kiradi. Ochiq suv havzalariga tashlab yuborilayotgan chiqindi suvlar miqdorlarining yildan-yilga ko’payishi bilan birgalikda uning sifat ko’rsatkichlari ham o’zgarib, zararlilik darajasi ortib bormoqda. Tabiiy suvlarning sifat jihatidan o’zgarishi miqdoriy ifloslanishga qaraganda o’ta xavfli hisoblanadi.
CHiqindi suvlar zararlilik darajasi turlicha bo’lgan organik va mineral moddalar bilan ifloslanadi. Organik moddalar sirasiga mikroorganizmlar tirik mavjudotlarning fiziologik ajratmalari, o’simlik va hayvon qoldiqlari, yog’lar, kimyoviy birikmalar kiradi. Ifloslantiruvchi mineral moddalar bo’lib ishlab chiqarish yoki maishiy xo’jalik ob’ektlarining chiqitlari, har xil tuz eritmalari, mineral qo’shilmalar qum, loyqa, shlak va boshqalar hisoblanadi.
O’zbekistonda har yili qariyib 1,5 km3 chiqindi suvlari shakllanmoqda, uning 50 foizi maishiy xo’jalik ob’ektlariga, 14 foizi sanoat korxonalariga to’g’ri keladi. Ushbu chiqindi suvlar 200 ming ga yerni sug’orish va o’g’itlash imkonini beradi. Hozirgi kunda ularning yarmigina respublika suv xo’jalik balansida ishtirok etmoqda.
Yaqin kelajakda O’zbekistonda chiqindi suvlar hajmini 5 km3/yil (shu jumladan Sirdaryo havzasida 3 va Amudaryo havzasida 2 km3/yil)ga yetishi kutilmoqda. Uning 9 foizini qishloq xo’jaligi, 50 foizini maishiy-xo’jalik, 14 foizini sanoat va 27 foizini yer usti oqovalari tashkil qiladi. Bu miqdordagi chiqindi suvlar qariyib 600 ming ga yerni sug’orishda foydalanish imkonini beradi.
Yog’ingarchiiklar barcha turdagi suvning asosiy manbai hisoblanadi. Suv hosil bo’lgan manbalariga ko’ra uni yuza suvlari va yer osti suvlari deb tasniflanishi mumkin.
Yuza suvlari
Yuza suvlarigi (yomg’ir va shudring bilan) daryo, suv omborlari, hovuz va ko’llar kiradi. Bundan tashqari suv hajmini hisoblashda Jammi, Kashmir, Himolay kabi joylardagi qalin qor qoplamlari ham suv manbalari qo’shish mumkin.
A. Yomg’ir suvlari
(a) Tavsifi
• miqdori o’simlik ildiz qoplamiga tuproqni namlash uchun yetarli bo’lishi kerak.
• miqdori (CHastota) hosilni boshqa suvsiz ham so’lib nobud bo’lishidan saqlab qolishi kerak.
• jadalligi tuproq singdirish sig’imiga mos ravishda past bo’lishi kerak.
Hindistondagi yog’inlar hosilini faqat yog’inlar hisobiga saqlab qolish uchun yuqoridagi xususiyatlariga ega emas. Quyida Hindistondagi yog’inlarning tavsifli xususiyatlari berilgan:
• o’rtacha yillik yog’ingarchilik miqdori 1190 mm bo’ladi.
• yog’inlar miqdori turli joylarda turlicha bo’lib, joyga qarab keskin farq qiladi. Hindiston yog’inlari ko’pincha foydasiz, samarasiz, mavsumlar davomida yog’ishi turlicha bo’lib, nam yetishmasligi yoki ortiqcha yog’ishi kuzatiladi. Masalan, Radjastanda dyarli yomg’ir umuman yog’maydigan bir vaqtda, CHirapunji (Chirapunji)da 3000 mm gacha yog’inlar yog’adi.
• yog’ingarchilik yil bo’ylab bir xil tarqalgan emas. U mavsumiy (fasliy) xarakterga ega, yoqinlaning asosiy qismi Janubiy G’arbiy Mussonda (yog’inlarning 70 %) ya’ni iyunь-sentyabr oylarida, SHimoliy-sharqiy Mussonda oktyardan dekabrgacha yog’adi. Yoz va qishda yog’inlar miqdori juda kam bo’ladi.
• bu mavsum (fasllar)lar davomida ham bir xil tarzda tarqalmagan. Quruq ob-havo davrida kuchli yog’inlar yog’ib turishi odatiy hisoblanadi.
• yog’inlarning kun bo’yi uzoq vaqt davomida sekin yog’ishi, qisqa muddatda kuchli yog’ishiga ko’ra birmunsa yaxshiroq hisoblanadi, bu negativ holati Hindistonda ko’proq kuzatiladi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |