1. Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati. Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi. Oqava suvlarni tozalash usullari



Download 68 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2022
Hajmi68 Kb.
#857509
  1   2   3
Bog'liq
12-amaliy


12-amaliy mashgʻulot.
Mavzu: Suv resurslarini muhofaza qilish va oqilona foydalanish.
Reja
1. Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati.
2. Suvlarning ifloslanishi va isrof qilinishi.
3. Oqava suvlarni tozalash usullari.
4. Suv resurslarini muhofaza qilishning chora-tadbirlari.
Tayanch tushunchalar: suvning tabiatda aylanishi, suvning kimyoviy xususiyati, suvning fizikaviy xususiyati, suvning ifloslanishi, suvning isrof qilinishi, chuchuk suv muammosi, mexanik tozalash usuli, kimyoviy tozalash usuli, fizikaviy tozalash usuli, biologik tozalash usuli.
Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati.
Astronomlar oʻzga sayyoralarda hayot bor yoki yoʻqligini bilmoqchi boʻlsalar, avvalambor oʻsha sayyorada suv bor yoki yoʻqligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot boʻlishi uchun eng avvalo suv mavjud boʻlishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo boʻlib, undan quruqlik – havo va tuproqqa oʻtganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv oʻzining erituvchanlik hususiyati bilan tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini taʼminlab turadi. Rus geologiya fanining otasi akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik boʻlib, usiz yashash mumkin emas", deb yozgan edi.
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki koʻl boʻyida uylar, shaharlar qurib yashaganlar, koʻchmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv boʻlgan joylarga intiladilar. Suvda choʻmilib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning moʻʼjizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli boʻlishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan inʼom etilgan oliy neʼmatdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda, tanasidagi suvni 6-8% ini yoʻqotsa, harorati koʻtariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi aylanadi va ogʻriy boshlaydi. Suv yanada koʻproq yoʻqotilsa, odam halok boʻlishi ham mumkin. Shundan koʻrinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylanmogʻi kerak.
Maʼlumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, koʻl va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining oʻrtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning shoʻr suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, oʻsimlik va hayvonlarni sugʻorishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha oʻsimlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va togʻlardagi muzliklarning 40 foizdan ortigʻi erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro togʻi muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil boʻlib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning koʻp mamlakatlarida, Rossiyaning koʻp viloyatlarida suv toshqinlari sodir boʻlmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga koʻtariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
Oʻzbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga koʻra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida koʻp marta sugʻorishni talab qiladi. Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish