Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

 
Zahiriddin 
Muhammad 
Bobur
(1483­1530-yillar) 
ning 
"Boburnoma" asarida ham yurtimiz gidrografiyasi ­ daryolari, ko‘llariga 
tegishli ma’lumotlarni ko‘plab uchratish mumkin. Unda daryolarning 
chuqurligi, muzlashi, oqim rejimi, oqim miqdori (necha tegirmon suv 
oqishi) bayon etilgan. Bobur ta’biricha, Hindikush va Himolay tog‘lari 
shimol va janub daryolari suvini ajratuvchi (suvayirg‘ich) dir. 
Hindikushning g‘arbiy qismidagi baland qorliklardan boshlanadigan 
daryolar haqida shunday yoadi: "... Xirmand va Sind va Dug‘oba, Qunduz 
va Balxob suyi chiqar. Derlarkim, bir kunda har to‘rt daryo suyidan ichsa 
bo‘lur". Bobur daryolarning to‘yinish manbalaridan biri ­ qorliklar haqida 
shunday yozadi: "Kobulning g‘arbiy­janubida ulug‘ qorlik tog‘ tushubtur, 
qori qorga etar, kam yil bo‘lg‘aykim, qorga etmagay". Yoki 


47 
"Boburnoma"da daryo va ko‘llarni badiiy mahorat bilan tasvirlanganining 
guvohi bo‘lamiz: "... Obi Istodag‘a (Afg‘onistondagi ko‘l) etduk. G‘arib ul 
suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko‘rinmaydur. Suv osmon 
bila payvand ko‘rinadur, ul yuzdagi tog‘lar va pushtalar netavrkim,... yer 
birla ko‘kning orasida muallaq ko‘rinadur". 
Boburning zamondoshlari ham o‘z asarlarida suv havzalari ta’rifiga 
katta e’tibor berganlar. Masalan, Boburning qarindoshi 
Muhammad 
Haydar Mirzo
(1499 - yilda tug‘ilgan) ning 1541­1547 yillarda bitilgan 
"Tarixi Rashidiy" asarida quyidagilar yozilgan: "Issiqko‘l (gird atrofi) 20 
kunlik yo‘ldir... oyog‘i hech yerga chiqmaydilar, Chunki to‘rt atrofi 
tog‘dir. Shuncha suvki Issiqko‘lga kiradir, hammasi shirin va latifdir. 
Issiqko‘lga kirmoqlik bilan ul martabada achchiq bo‘ladir... qoyra suv 
ko‘zga yo og‘izga tegsa achish paydo bo‘ladu. Ammo nihoyatda sof, 
pokiza suvdir". Yoki Balxash ko‘li haqida shunday yozadi: "Ko‘kcha 
dengiz (Balxash) bir ko‘ldirki,... to‘g‘rasi va ba’zi yerlari qiyosan 30 farsah 
bo‘lg‘ay. Vaqtiki zimiston (qish) bo‘lib,... muzlab qolsa, o‘zbeklar muz 
yuzasidan ikki kecha­kunduz sur’at birla yurib o‘tarlar... Ko‘p miqdor 
suvlar Ko‘kcha dengiziga quyiladi. Hech yerga oyog‘i chiqmaydir". 
Mana shu davrlarda suv ilmining amaliy tatbiqi, ya’ni daryolardan 
kanallarga kerakli miqdordagi suvni chiqarib berish asosiy muammolardan 
hisoblangan. Uni hal etishda olimlar va miroblar daryolarda suvning oqish 
tezligini hisobga olib, suv yo‘lini to‘sishda turli usullardan foydalanganlar. 
Oqish tezligi katta bo‘lgan tog‘ daryolaridan suv olishda tosh, shag‘al 
uyumlari bilan mustahkamlangan yog‘och ­ qoziq bog‘lamlaridan, 
daryolarning quyi oqimida, ya’ni tezlik nisbatan kichik joylarda esa 
qamish, shox­shabba bog‘lamlaridan foydalanilgan.
Ekin maydonlarida yozgi suv taqchilligiga barham berish maqsadida 
bahorgi toshqin suvlarini to‘plashga imkon beradigan, o‘z davriga nisbatan 
yirik suv omborlari qurilgan. Ulardan biri XVI asrda Nurota tumanining 
Oqchob qishlog‘i yaqinida Beglarsoy daryosida qurilgan Abdullaxonbandi 
suv omboridir. U haqiqiy muhandislik suv inshooti bo‘lib, to‘g‘on tubi suv 
o‘tkazgichlari hamda toshqin suvlarini o‘tkazib yuborishga mo‘ljallangan 
maxsus qurilmalarga ega bo‘lgan. Arxeologlar, jumladan, akademik 
Abdulahad Muhammadjonovning guvohlik berishicha, to‘g’onning qurilish 
uslubi va sifati hozirgilardan deyarli farq qilmaydi.
Umuman olganda, Temur va temuriylar, ayniqsa, Ulug‘bek va 
Navoiylar 
davrida 
mamlakat 
gullab-yashnagan, 
yangi 
yerlar 
o‘zlashtirilgan, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Natijada, 
ko‘p yerlarga kanallar yordamida suv chiqarilib, bog‘-u bo‘stonlarga 
aylantirilgan, yirik shaharlar va aholi punktlarining suv ta’minoti 


48 
yaxshilangan. Hatto Navoiyning ham asli kasbi miroblik bo‘lgani, Hirot 
shahri va uning atroflarida bir qancha kanallar qazdirgani hozirgi kunda 
ko‘pchilikka ma’lumdir. Masalan, «Boburnoma»da qayd etilishicha, 
Mashhad yaqinida joylashgan Turuqband suv inshooti Mir Alisher Navoiy 
tomonidan qurdirilgan. Shuningdek, u Tus viloyatining Chashmako‘l 
mavzesidan 10 farsah (60-70 km) masofada kanal qazdirib, Mashhadga suv 
keltirish ishlariga ham boshchilik qilgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish