Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/214
Sana18.02.2022
Hajmi6,22 Mb.
#455054
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214
Bog'liq
pdf (1)

asosiy ionlar
ga quyidagilar kirib, ularning 4 tasi 
manfiy zaryadlangan 
anionlar
va 4 tasi musbat zaryadlangan 
kationlardir:
 anionlar: 
 kationlar: 
xlor ioni Cl' 
 natriy ioni Na' 
sulfat ioni SO
4
'' 
 kalsiy ioni Ca'' 
gidrokarbonat ioni HCO
3

 magniy ioni Mg'' 
karbonat ioni CO
3
'' 
 kaliy ioni K' 
Quruqlikdagi suvlarning kimyoviy tarkibi Dunyo okeani suvidan 
keskin farq qiladi. Bu farq quruqlik suvlarida karbonatlarning, okeanlar va 
dengizlar suvlarida esa xloridlarning ko‘pligida o‘z aksini topgan. 
 
2.3. Daryolarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati
 
Suvning Yerdagi hayot uchun ahamiyati beqiyosdir. O‘zining 
uzluksiz harakati tufayli suv Yer sharida kuzatiladigan barcha tabiiy 
jarayonlarda ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiyning ta’biri bilan 
aytganda: “
Suvning geografik qobiqdagi ishini miqdor jihatdan Quyosh 
radiatsiyasi bilan taqqoslasa bo‘ladi, sifat jihatdan esa uning o‘rnini 
hech narsa bosa olmaydi”. 
Inson qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini 
qondirishda eng sodda usullarni qo‘llab foydalanib kelgan bo‘lsa, hozirgi 


56 
kunga kelib suv maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy 
yoki sun’iy ravishda tozalanib, kerak bo‘lgan hollarda zararsizlantirib 
ishlatilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligi va sanoatda suvning o‘rnini hech narsa bosa 
olmaydi. Masalan, bug‘doydan olinadigan hosilning har bir tonnasi uchun 
1500 tonna, 1 t sholi uchun 4000 t, 1 t paxta tolasini yetishtirish uchun 
10000 tonnagacha suv talab etiladi. Sanoatda 1 t g‘isht tayyorlash uchun 
1­2 t, 1 t ko‘mir qazib chiqarish uchun 3 t, 1 t po‘lat yoki qog‘oz ishlab 
chiqarish uchun esa 250-300 t suv zarur bo‘ladi. Yengil sanoatda 1 t 
sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etilsa, 1 t ip 
gazlama tayyorlash uchun esa 10 tonnagacha suv sarflanadi. Ayrim sintetik 
tolalardan 1 t gazlama tayyorlash uchun 3000 tonnagacha suv sarflanadi. 
Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham barchaga 
ma’lum. Suv transportining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati 
beqiyosdir. Shu maqsadda dunyodagi ko‘p daryolar kanallar orqali bir­biri 
bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan. 
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko‘pgina 
daryolarda eng arzon elektr energiyasi beruvchi gidravlik elektr stansiyalar 
(GES) qurilgan va qurilmoqda. 
Suv obyektlarining mudofaa maqsadlari uchun ham ahamiyati 
kattadir. Chunki mamlakatlar chegarasining ko‘p qismi daryolar orqali 
o‘tadi. Chegaralarni sergaklik bilan qo‘riqlash uchun daryo tarmoqlari 
gidrografiyasi va ularning suv rejimini yaxshi o‘rganish talab qilinadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish