277
va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Bular qatoriga vizildoqlar
(Carabidae)
oilasiga mansub bo‘lgan qo‘ng‘izlar va ularning lichinkalari, ayrim tur badbo‘y suluv
qo‘ng‘izlar
(Colosoma),
malhamchi qo‘ng‘izlar
(Meloidae)
lichinkalari va boshqa
turlari kiradi. Bu qo‘ng‘izlar zararkunanda hasharotlarni va ularning lichinkalarini
qirib insonga katta foyda keltiradi.
95-rasm. Yirtqich hasharotlar:
1-jildirama, ya’ni sirfid pashshasi imagosi, 2-o‘simlik
biti bilan
oziqlanayotgan sirfid pashshasi lichinkasi, 3-tuxumi, 4-g‘umbagi, 5-oltinko‘zning imagosi, 6-
tuxumlari,7-tuxumlaridan chiqayotgan lichinkalari, 8-o‘simlik bitlarini quritayotgan oltinko‘z
lichinkasi, 9-g‘umbagi, 10-may qo‘ng‘iziga hujum qilayotgan voyaga yetgan vizildoqqo‘ng‘iz, 11-
o‘rmon vizildoq qo‘ng‘izi, 12-qora vizildoq qo‘ng‘iz, 13-kapalakg‘umbagini quritayotgan hidli
suluv qo‘ng‘iz, 14-tengsiz ipak qurtini quritayotgan vizildoq qo‘ng‘iz lichinkasi, 15-kapalak qurtiga
hujum qilayotgan bog‘ vizildoq qo‘ng‘izi.
To‘rqanotlilar
turkumidan, ayniqsa oltinko‘zlar va gemerobidlar oilalarining
vakillari madaniy landshaftlarda (bog‘ va o‘rmonlarda) uchrab, katta amaliy ahamiyatga
278
ega. Masalan, yetti nuqtali oltinko‘z lichinkasi to‘liq rivojlanish (7-10 kun) davrida
o‘simlik bitlarining 350 tagacha voyaga yetgan va 650
tagacha lichinkalarini
yo‘qotadi. Оddiy оltinko‘z lichinkаsi hаm judа хo‘rа, ya’ni bir sutkаdа 50-60 tаdаn
оrtiq o‘simlik bitlаrini, 200 tаgаchа o‘rgimchаkkаnа lichinkаlаri vа vоyagа
yеtgаnlаrini hаmdа 800 tаgаchа tuхumlаrini yеb quritаdi.
Оltinko‘z lichinkаlаri o‘simlik bitlаri vа o‘rgimchаkkаnаlаrdаn
tаshqаri yanа
70 gа yaqin tur bo‘g‘imоyoqlilаr vаkillаri bilаn оziqlаnаdi.
Parda qanotlilar turkumiga kiruvchi qazuvchi arilar
(Sphecidae),
taxlama qanotli arilar
(Vespidae)
va skoliya arilari
(Scoliidae)
oilalari vakillari zararkunanda hasharotlardan tunlam
kapalaklari qurtlarini, pashsha, so‘na, bargxo‘r qo‘ng‘izlar lichinkalari va g‘umbaklarini, shoxli
va plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlar lichinkalarini qirib foyda keltiradi.
Yaydoqchilardan afidiylar
(Aphididae)
oilasining vakillari ham o‘simlik
bitlarining asosiy kushandalaridan hisoblanadi. Afidiyusning
(Aphidius testaceips)
urg‘ochisi tuxumlarini o‘simlik bitlari ichiga qo‘yadi. O‘simlik
bitlari ichida
yaydoqchi tuxumlari ichidan lichinkalar chiqib, zararkunandani ichki organlarini yeb,
shira bitlarining qobig‘i ichida g‘umbakka aylanadi.
Ikki qanotlilar turkumi ichida ham zararli turlari bilan bir qatorda zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashda foydali vakillari ham uchraydi. Bunday foydali ikki
qanotlilarga qitr pashshalari, taxin pashshalari, vizildoq pahshalar va sipfid
pashshalar oilalari kiradi. Ular zararli pashshalar, qandalalar, qo‘ng‘izlar, chigirtkalar,
chirildoqlar,
kapalaklar qurtlari, o‘simlik bitlari va boshqa zararkunandalarni qirib
foyda keltiradi.
Entomofaglardan zararli hasharotlarga qarshi kurashish uchun qator usullardan
foydalaniladi. Masalan, introduktsiya va akklimatizatsiya; areal ichra tarqatish;
ilgaridan ko‘paytirib tabiiy sharoitga qo‘yib yuborish (faslga
moslashtirib
kolonizatsiya barpo etish); entomofaglarning tabiiy sharoitda ko‘proq bo‘lishi uchun
qulaylik tug‘dirish va hokazolar shular jumlasidandir.
Introduktsiya va akklimatizatsiyalashda zararkunandalarning ko‘payib ketishi
oldini oluvchi tabiiy dushmanlar chetdan keltirilib yangi muhitga moslashtiriladi.
Zararkunandalar yangi hududlarda kushandalari bo‘lmagandagina ko‘payib ketadi.
Shu sababli zararkunandaning vatanidagi effektiv entomofagini uning yangi tarqalgan
arealiga
keltirib
foydalanish
maqsadga
muvofiqdir.
Introduktsiya
va
akklimatizatsiyalashda aniq bir tur zararkunandaga yaqindan moslashgan
entomofaglardan foydalanish ko‘zda tutilgan taqdirdagina yaxshi natija beradi.
Introduktsiya va akklimatizatsiyalash MDH da katta o‘rinda turadi, chunki
chetdan tarqalgan o‘simlik zararkunandalari anchagina bor.
Biologik kurash
metodining
bu
yo‘nalishi
ayniqsa
karantin
ahamiyatiga
ega
bo‘lgan
zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi. Masalan, qonli o‘simlik shira bitiga qarshi
parazit
Do'stlaringiz bilan baham: