272
(zaharni sarflash normasiga e’tiborsizlik, kontsentratsiyasini oshirib yuborish,
kuydiradigan moddalarning yetarli emulgirlanmagani va hokazolar) zaharlarni
ishlatish, zaharlarni qo‘llashda mavsum (yoki sutka) vaqtini noto‘g‘ri aniqlash
natijasida o‘simliklar shikastlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida, ko‘pincha, kunning issiq
bo‘lib turgan soatlarida zaharli suyuq qo‘shilmalarini ishlatish to‘g‘ri kelmaydi.
Sernamlik va ortiqcha issiqlik turli kimyoviy birikmalarning erishi osonlashadigan
holatiga o‘tishini tezlashtiradi va o‘simlikning kuyishiga sabab bo‘ladi.
Zaharli preparatlar ko‘pincha, ularning ta’sirini yaxshilaydigan ko‘makchi
moddalar bilan birga ishlatiladi. Ko‘makchi moddalar quyidagi guruhlarga:
o‘simlikning kuyib qolishining oldini oluvchi; o‘simlik
va zararkunandalarni
qo‘llovchi; emulsiya tomchilari qo‘shilishib ketmasligini va suspenziyalar loyqasi
cho‘kmasligini ta’minlovchi emulgatorlar (moysimon suyuqlik) va stabilizatorlarga
bo‘linadi.
Kimyoviy preparatlarni zararkunandalarga qarshi ishlatishda changlash,
purkash, fumigatsiya, aerozol, aldog‘ich yem qo‘llash, intoksikatsiya usullaridan
foydalaniladi.
Changlashda purkashga nisbatan ko‘proq yerga ishlov beriladi, preparatlar ham
boshqa usullarga ko‘ra ko‘proq sarflanadi. Changlashni shamol tezligi sekundiga uch
metr bo‘lganda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Preparatlarni erta tongda, ya’ni
o‘simliklardan namlik ko‘tarilmasdan oldin purkash yaxshi natija beradi.
Purkashda qo‘shilmalar, emulsiyalar va suspenziyalar sarflanadi. Qo‘shilmalar-
kimyoviy va fizikaviy xususiyati bir xil bo‘lgan suyuqlik hisoblanadi. Ular erituvchi
va eruvchi moddalardan (teng taqsimlangan) iborat.
Suspenziyalar odatda suvda (suyuqlikda) loyqalangan holda tayyorlangan
qattiq parchalar holida qo‘llanadigan suyuqlikdir (ular tinib, tagiga cho‘kadi).
Purkashda zahar preparatlar changlashdagiga nisbatan kamroq sarf bo‘ladi,
lekin suyuqlik ko‘p ishlatiladi va sarflanadi.
Fumigatsiya havoga bug‘ yoki gaz holatdagi zahar aralashtirish. Hasharot
zaharlangan havodan nafas olib halok bo‘ladi. Fumigatsiya yopiq tuproqda, havo
o‘tkazmaydigan palatkalarda, brezent ostida va boshqa joylarda o‘tkaziladi.
Fumigantlar qattiq, suyuq va kukunsimon bo‘lishi mumkin.
Aerozollar chang va suyuqlik tomchilarining atmosferada to‘zon holida
bo‘lishi yoki tutun va tuman holatidagi zaharlar. Sun’iy
tuman va tutun hosil qilish
uchun texnikaviy geksaxloran, shuningdek, polixlorpinen va boshqalar ishlatiladi.
Erituvchilar sifatida turli mineral moylardan foydalaniladi. Aerozollar turli xil
zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi.
Aldog‘ich yemlar-zahar aralashtirilgan yoki zahar singdirilgan moddalar
zararkunanda hasharot va sichqon-kalamush ko‘plab uchraydigan joylarga sochiladi.
Kunjara, ot go‘ngi, qipiq, bug‘doy, arpa, makkajo‘xori donlari va o‘simliklarning
273
sershirali yangi uzilgan qismlaridan aldog‘ich yem sifatida foydalaniladi. Har qaysi
zararkunandaga qarshi ma’lum turdagi aldog‘ich yem qo‘llaniladi.
Zararkunandalarga
qarshi ishlatiladigan, begona o‘tlarni yo‘qotish uchun
qo‘llaniladigan va o‘simlik (masalan, g‘o‘za) barglarini to‘kishga mo‘ljallangan
kimyoviy preparatlar
pestitsidlar
deb ataladi. Ular qaysi guruh ob’ektlarga nisbatan
mo‘ljallanganiga qarab,
insektitsidlar
(hasharotlarga qarshi),
fungitsidlar
va
bakteritsidlar
(o‘simlik kasalligi qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi),
zootsidlar
(umurtqali hayvonlarga qarshi),
nematodsidlar
(nematodlarga qarshi),
ovitsidlar
(hasharot va kana tuxumlariga qarshi),
akaritsidlar
(kanalarga qarshi),
limatsidlar
(shiliqqurtlarga qarshi),
gerbitsidlar
(begona o‘tlarga qarshi),
aboritsidlar
(buta va
daraxtlarga qarshi),
defolyantlar
(o‘simlik bargini to‘kuvchi),
desikantlar
(o‘simliklarni quritishga mo‘ljallangan preparatlar) deb nomlanadi.
Pestitsidlar kimyoviy tarkibiga qarab qator guruhlarga bo‘linadi. Bular orasida
fosforoorganik, xloroorganik, margumush, ftor, mis, simob,
oltingugurt, o‘simliklar
asosida tayyorlangan zaharlar, mineral moylar, karbonatlar va boshqalar bor.
Shulardan so‘nggi yillarda sintetik xloroorganik va fosforoorganik preparatlar
(geksoxloran, metafos, xlorofos va boshqalar) ko‘proq tarqalgan.
Keyingi yillarda zararkunandalarga qarshi zaharli preparatlardan tashqari
boshqacha ta’sir etadigan kimyoviy preparatlar qo‘llana boshlandi. Ular
repellentlar
deb atalib, qo‘rqitish (cho‘chitish) ta’sirotiga ega va zararkunandalarning o‘simlikka
o‘tishining oldini olish uchun qo‘llanadi.
Attraktantlar
deb nomlanadigan turi
hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi (hatto ular uzoqlardan yetib keladi)
va natijada
zararkunandalar nobud bo‘ladi.
Ko‘pchilik zararkunandalar pestitsidlarga barqarorlik hosil qilganligi tufayli
agrobiotsenozlar fitosanitariya holati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish
iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa noan’anaviy guruhlar, yangi
moddalar birikmalari hisobiga kimyoviy kurash vositalari narxini o‘sib borishini talab
qiladi (Metcalt, 1980). Ammo yangi pestitsidlar chidamlilik (barqarorlik) tufayli
amaliyotda qo‘llanishdan oldinroq ham o‘z samaradorligini yo‘qotishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda (Grorghion, Mullan. 1983) yer yuzida 428
turdagi bo‘g‘imoyoqlilar turli guruh pestitsidlariga barqarorlik hosil qilgan bo‘lib,
shulardan 260 tasi qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari hisoblanadi.
Bularning hammasi o‘simliklarni himoya qilish
mutaxassislarida biologik
himoyaga nisbatan keskin qiziqish uyg‘otib, bundan aniqlanuvchi omillar tariqasida
qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralamaydigan yirtqichlar,
parazit yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni alohida qayd qilish o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: