279
tarnovchasimon qurtiga qarshi yirtqich
rodoliya
xonqizi qo‘ng‘izidan foydalaniladi.
Bular
zararkunandalar
tarqalgan
arealda
yaxshi
natija
bermoqda.
Interoduktsiyalangan entomofaglar mahalliy zararkunandalarga qarshi muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda. Bizda introduktsinlangan, lekin akklimatizatsiya etilmagan
entomofaglar uchraydi, ulardan mavsum bo‘yicha koloniyalash yo‘li orqali
foydalaniladi, g‘uborli chervitsga
qarshi
kriptolemus,
o‘rgimchakkanalarga qarshi
fitoseylyusni
qo‘llash shular jumlasidandir.
Areal ichra tarqatish usuli moslashgan parazit va yirtqich kushandalarning
(oligofaglarning) o‘ljasini (zararkunandani) yangitdan ko‘paygan hududlariga
keltirib, yangi hudud bo‘yicha ular to‘plamini (zichligini) barpo qilishdan iboratdir.
Olma daraxti kuyasi paraziti
agneaspis
Qozog‘istonning tog‘lik mintaqalaridan
O‘zbekistonning tog‘oldi mintaqalariga keltirilib foydalanilayotgani yoki MDH ning
Yevropa qismi (Belorussiya, Ukraina) o‘rmonlari parazit tuxumxo‘rlarni zararli
kapalak qurtlariga qo‘llanilayotganligi buning yaqqol isboti bo‘la oladi.
Mavsum kolonizatsiya entomofaglarni ilgaridan ko‘paytirish, so‘ngra ular
hisobiga tabiiy sharoitni boyitish usuli o‘simliklardagi entomofaglarning ko‘proq
bo‘lishiga qaratilgan.
Agrobiotsenozlarda qo‘shimcha xo‘jayinlarning yetarli bo‘lishi o‘z navbatida
yana boshqa ko‘pgina shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Shuning uchun ilgaridan
tayyorlab qo‘yilgan entomofaglardan zararkunandalarning ular uchun o‘lja
bo‘ladigan davri paydo bo‘lishini hisobga olib turib foydalanish lozim bo‘ladi. Bunda
entomofag chiqarilib yuborilgandan keyin ular tabiatda mustaqil
hayot kechirishlari
ham ko‘zda tutiladi.
Ko‘pgina zararkunanda tangacha qanotlilar qurtlariga qarshi parda
qanotlilardan-parazit tuxumxo‘r trixogramma, yirtqichlardan yuqorida eslatilgan
kriptolemus
va
kana
fitoseylyusi,
Qora dengiz subtropik hududlarida qalqondorlarga
qarshi
landorus
qo‘ng‘izi ko‘paytirilib tarqatib turiladi.
Kolonizatsiya usuli zararli xasvaga qarshi kurashda qo‘llanib ko‘rilgan.
Telenomuslarni ko‘plab ko‘paytirish va qo‘llash qanoatlanarli natija bersa ham
foydalanish metodikasi anchagina murakkab va qiyindir.
Keyingi yillarda zararkunanda hasharotlarning erkagini urg‘ochisining jinsiy
gormonlari-
feromonlari
yordamida jalb qilish yo‘li bilan yo‘qotish ishlari ayniqsa keng
ko‘lamda olib borilmoqda. Feromonlar tunlam kapalaklari (masalan, g‘o‘za, olma
tunlamlari)ga qarshi kurashda ayniqsa samaralidir. Qishloq xo‘jaligi
zararkunandalariga
qarshi kurashning mikrobiologik va genetik usullari ham qo‘llaniladi.
Zararkunanda tunlamlarga qarshi kurashda sun’iy sintеz qilingan hidli
moddalar-
fеromonlar
ayniqsa yaxshi samara bеrmoqda. Fеromon urg‘ochi hasharot
hid bеzi moddasi bo‘lib, erkak hasharotni uzoqdan jalb qilish xususiyatiga ega
(yunoncha
fеroh-
uzoqdan,
mons
- jalb qilish). Bu usul erkak hasharotni qirib tashlab,
280
urg‘ochi hasharotlarni pushtsiz qoldirishdan iborat. Hozir fеromonli tuzoqlar g‘o‘za
tunlami, karadrina, olma qurti, tеngsiz ipak qurtiga qarshi foydalanilmoqda. Har
qaysi fеromonlar faqat bir tur hasharotni jalb qiladi, boshqasi uchun zararsiz
hisoblanadi.
Patogen mikroorganizmlardan-zamburg‘ va virusli kasallik qo‘zg‘atuvchilari ham
zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda samarali qo‘lanilmoqda.
Hasharotlarning
tabiiy
kushandalari
va
kasalliklariga
patogen
mikroorganizmlar va parazit chuvalchanglar ham kiradi.
Bular zararkunanda
hasharotlarning ko‘payishi va tarqalishini chegaralashda muhim rol uynaydi, shuning
uchun insonga katta foyda keltiradi va
ularning bazilari zararkunanda hasharotlarga
qarshi biologik ko‘rash choralarida qo‘llaniladi. Lekin bu organizmlar foydali
hasharotlarni (asalarilar, tut ipak qurtlarini ) yeb yoki kasallantirib, insonga sezilarli
darajada zarar ham yetakazadi.
Patogen mikroorganizmlarga zamburug‘larning 530 turi, bakteriyalarning 100
dan ortiq turi, viruslarning 400 dan ortiq turi va bir hujayrali hayvonlarning 1200 turi
kirib, hasharotlarda turli kasalliklarni tug‘diradi.
Zamburug‘ kasalliklari yoki mikozalarni fikomitsetlar va takomillashmagan
zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Uy pashshalari, chigirtkalar va boshqa to‘g‘ri qanotlilarda
zamburug‘ sporalari terisi orqali kirib, tezda ko‘payib, hasharotlarni o‘ldiradi.
Ayniqsa muskardina zamburug‘i (oq muskardina)
tut ipak qurtlarida uchrab
ipakchilikka katta zarar yetkazadi. Belgilari unsimon mog‘or hosil qiladi.
Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar hasharotlar o‘rtasida keng tarqalgan
kasalliklardandir. Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar, kokklar va boshqalar
tug‘diradi. Bular oziq bilan birga ichakka kirib, hasharotlarni kasallantiradi. Belgilari:
kasallangan hasharotlar kam harakat, ishtahasiz bo‘lib, og‘iz va orqa chiqarish
teshigidan ichak suyuqligini ajratadi. O‘lgandan keyin tanasi qorayib chiriydi.
Bularni bir necha xili bo‘ladi. Agarda bakteriya ichakda yoki uning o‘simtalarida
bo‘lsa dizenteriya tipidagi infeksiya, agar tana bo‘shlig‘idan gemolimfaga o‘tib
bakteriya ko‘paysa septitsemiya tipidagi infekiya deyiladi. Ipak qurtlarida,
chigirtkasimonlarda
dizenteriya tipidagi, kolorado qo‘ng‘izining lichinkalarida,
asalarilarda septitsimiya tipidagi infeksiya keng tarqalgan.
Virusli kasalliklar ham hasharotlar orasida keng tarqalgan bo‘lib,
mikroorganizmlardan farqi, sun’iy muhitda yashay olmaydi, faqat tirik hujayralarda,
kristall struktura shaklida yashaydigan va rivojlanadigan parazitlardir. Bularga tut
ipak qurtlarida sariq kasallik tug‘diruvchi, keng tanilgan, yaltiroq kristall tanacha -
poliedlar virusi misol bo‘ladi. Bu viruslar boshqa kapalaklar turlarida, arrakashlarda
va boshqa hasharotlarda ham uchrashi aniqlangan. Kasallanish tuxum orqali hamda
ovqat bilan ichak va gavda bo‘shlig‘i orqali bo‘lishi mumkin,
Bir hujayrali hayvonlardan mikrosporidiyalar tipi vakillari nozemalar
281
hasharotlarda, jumladan asalari va tut ipak qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini
tug‘diradi.
Asalari nozematozi o‘rta ichak
epiteliysida parazitlik qilib, ovqat hazm qilish
jarayonini buzadi va hasharotni o‘ldiradi. Ba’zan butun oilalarni nobud qilib,
asalarichilikka katta zarar yetakazadi.
Tut ipak qurti pebrinasi, hasharotning hamma rivojlanish davrlarida
to‘qimalarni jarohatlab, ularni nobud qiladi. Parazit oziq bilan birgalikda va uxumi
orqali yuqishi mumkin. Natijada ipakchilikka katta zarar yetkazadi. Mikrosporidiya
kasalliklari boshka tur hasharotlarda ham uchraydi.
Parazit chuvalchanglar ham turlicha bo‘ladi: ba’zi
bir chuvalchanglar
hasharotlarda uzoq muddatda yoki doimiy (statsionar) parazitlik qiladi, ba’zilari esa
hasharotlarda vaqtincha yashab, keyingi rivojlanishi uchun boshqa umurtqali
hayvonlarga, hatto odamga ham o‘tadi. Bunda hasharotlar oraliq xo‘jayn bo‘lib
hisoblanadi. Statsionar parazit chuvalchanglarga to‘garak chuvalchanglar tipining
nematodalar sinfi vakillari kiradi va ular hasharotlarning ichaklarida va gavda
bo‘shliqlarida parazitlik qilib, kasalliklar tug‘diradi.
Quyida ayrim bakteriyal, virusli va zamburug‘li preparatlar to‘g‘risida
ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: