270
zararlanishiga qarshi oldini olish vositalaridan foydalaniladi. Undan tashqari
o‘simliklar qoldig‘i hamda hasharotlar uyasini yo‘qotish, o‘simliklar tanasini eski
po‘stlog‘idan tozalash va boshqa mexanik tadbirlar ham kiradi.
Zararkunanda
hasharotlardan-tengsiz ipak qurti, halqali ipak qurti va karam kapalagi tuxumlarini
yoki qurtlik davrida, zararkunanda qo‘ng‘izlar esa imago (voyaga yetgan) davrida
yig‘ib olib yo‘qotiladi. To‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan chigirtkalarning qanotsiz davrini
ekin ekilmagan bo‘sh maydonlar tomoniga burib yuborish uchun ko‘chma
devorlar
qo‘llaniladi. Ular yo‘lida chuqurligi, eni va uzunligi 70 sm li tutqich chohlar qaziladi.
Ana shuday chohlarga chigirtkalar tushub to‘planadi. Chiqib ketmasligi uchun usti
ko‘mib tashlanadi yoki yoqib yuboriladi.
Urug‘larni ekishdan oldin yelpib yoki yuvib ekilsa, ulardagi zararkunandalar
ancha kamayadi. Omborxonalarda saqlab qo‘yilgan mahsulotlar quritilib, ag‘darilib
va shamollatib zararkunandalardan tozalanadi.
Kapalaklarni kechasi yorug‘likka jalb qilib yo‘qotiladi. Ko‘chat, urug‘, meva
va turli mahsulotlardagi hasharotlar xonalarda past yoki
yuqori harorat yordamida
o‘ldiriladi.
4. Kimyoviy qarshi kurash usuli.
Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi ekinlari
zararkunandalariga qarshi kurashda asosan kimyoviy preparatlar qo`llanilib, bunday
kimyoviy vositalar zararkunandalarga qarshi kurashda yuqori samara bersada, lekin
bir qancha kamchiliklardan ham xoli emas. Jumladan:
kimyoviy preparatlar
qo`llanilganda atrof muhit kuchli zararli moddalar bilan zaralanishi ayniqsa odamlar
va issiqqonli hayvonlar uchun bunday toksik moddalar kuchli salbiy asoratlar
qoldirishi, ekin maydonlaridagi foydali hashoratlar: ekin zararkunandalarining tabiiy
kushandalari, o`simliklarni changlatuvchi hashoratlar ko`plab qirilib ketishiga sabab
bo`ladi. Bulardan tashqari kimyoviy preparatlarni surunkali qo`llash ko`pchilik
zararkunandalarni bunday preparatlarga moslashib qolishiga va preparat miqdorini
zararkunandalariga qarshi yanada oshirishni taqoza qiladi. Bu esa o`simliklarni
himoya qilishdagi sarf xarajatlarni ko`paytiribgina qolmay atrof muhit
zararkunandalarini yanada kuchaytiradi. Masalan, 300
ga yaqin turdagi qishloq
xo`jalik ekinlarining zararkunandalari xloroorganik preparatlarga, 200 ga yaqin
zararkunandalar fosfoorganik preparatlarga va hatto 50-60 ga yaqin turdagi
zararkunandalar yaqinda sintez qilingan piretrond preparatlarga chidamlilik paydo
qilishi natijasida bu preparatlar samarasiz bo`lib qolmoqda.
V.A. Zaxarchenko, V.I. Martinenko (1994) malumotlariga ko`ra
yil sayin
kimyoviy preparatlarni zarali organizimlarga qarshi qo`llash ortib bormoqda.
Masalan: 1980 yili zararli organizimlarga qarshi preparatlar, 11 milliard 600 mln.
dollarni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatgich 1990 yilga kelib 26 milliard 400 mln.
dollarga to`g`ri kelgan.
Kimyoviy kurash usullari maxsus kimyoviy moddalar, asosan, zararkunandalar
271
uchun zaharli bo‘lgan moddalar (preparatlar)dan foydalanishga asoslanilgan.
Zararkunanda hasharotlar zaharli kimyoviy moddalar -
insektitsidlar
yordamida qirib tashlanadi. Ko‘pchilik kimyoviy preparatlar odam va chorva mollari
uchun zararli ta’sir etadi. Bundan tashqari ular ishlatilganda zararkunanda hasharotlar
bilan birga foydali hasharotlar ham ko‘plab qirilib ketadi. Shuning uchun ham zaharli
moddalar hamma ehtiyot choralari hisobga olingan holda cheklangan miqdorda va
faqat zarurat tug‘ilgandagina qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda 1000 ga yaqin kimyoviy moddalar o‘simliklarni
himoya qilishda ishlatiladi va ana shu birikmalar asosida bir necha minglab har xil
insektitsidlar ishlab chiqarilgan. Insektitsidlar ta’sir etuvchi moddasiga ko‘ra 1,6
mllion tonnadan oshib ketadi. Keyingi vaqtda kimyoviy
vositalar xili Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida 700 ga yaqindir.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha insektitsidlar xloroorganik, fosforoorganik, sun’iy
piretroitlarga va xalqalarga bo‘linadi.
Zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va qo‘shilmalar
ta’sir etish xususiyatiga qarab ichdan ta’sir etuvchi zaharlar, kontakt zaharlar
(to‘qnashganda ta’sir qiluvchi) va fumigantlar
(nafas olish yo‘llari orqali ta’sir
etuvchi)ga bo‘linadi.
Ichki zaharlar qabul qilingan oziq bilan organizmga kirib zaharlaydi. Ular og‘iz
apparati kemiruvchi tipda tuzilgan hasharotlarga va sichqon-kalamushlarga
qarshi
qo‘llaniladi. Bunday preparatlarga-boraks va buralar kiradi. Boraks suvaraklarga
qarshi yaxshi natija beradi. Merkaptafos va boshqa fosforoorganik preparatlar ham
shu tipdagi zaharlarga yaqindir. Ular so‘ruvchi og‘iz apparatli hasharotlar va
o‘rgimchakkanalar tomonidan o‘simlik shiralari bilan birga qabul qilinganda ichki
zaharlar kabi ta’sir etadi. Bunday zaharlar
Do'stlaringiz bilan baham: