Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   348
Bog'liq
entomologiya

70-rasm. Tengsiz ipakchi: 
1-kapalaklari; 2-qurti; 3-g‘umbagi;
4-tuxum to‘plami; 5-zararlantirishi.


211 
Burgalar 
(Aphaniptera)
turkumiga
1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 
dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz 
hasharotlar bo‘lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar 
va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so‘rib parazitlik qiladi. Markaziy 
Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan. Burgalar ektoparazitlar bo‘lib, 
tanasining uzunligi 1-6 mm keladi (71-rasm).
Burgalarning tanasi ikki yonidan 
siqilgan 
bo‘lib, 
to‘q 
sariqdan 
to 
jigarranggacha bo‘lishi mumkin. Ustidan 
qattiq 
yaltiroq 
xitinli 
kutikula 
bilan 
qoplangan.
71-rаsm. Оdаm burgаsi(Pulex irritans): 
А- imаgоsi;
 
B- lichinkаsi; V- g‘umbаgi.
 
Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan 
xitinlashgan 
tukchalari 
bo‘ladi. 
Mana 
shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini ham qoplagan bo‘ladi. 
Tukchalar burgaga xo‘jayinlarining jun va patlari orasida erkin harakat qilishi uchun 
imkoniyat yaratadi.
Burgalarning ko‘zlari va sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparati boshida joylashadi. 
Og‘iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag‘lar uzun ingichka plastinkalar 
shaklida tuzilgan bo‘lib, terini teshish uchun xizmat qiladi.
Ular asosida so‘lak bezlari nayi va 1 juft kalta pastki jag‘ paypaslagichlari 
joylashgan. Yuqori labi o‘zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab 
reduksiyalangan, shunday bo‘lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy 
yetgan. Ular tarnovsimon bo‘lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi 
apparat qanotlari g‘ilofini hosil qiladi. Ko‘krak qismida 3 juft oyoqlari bo‘lib, keyingi 
juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli 
oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm 
uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan bo‘lib, orqa 
qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar 
ko‘rinadi. 
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin 
bo‘limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, shu joyda murakkab kopulyativ 
apparati joylashgan. Urg‘ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar 
urug‘ qabul qiluvchi pufakcha ko‘rinishida tuzilgan. Urg‘ochi burga hayoti davomida 
400-500 tacha tuxum qo‘yadi, bir qo‘yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi. 
Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo‘lgan joylarga, ya’ni pol 
tirqishlariga, to‘shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va 



212 
kemiruvchilar iniga qo‘yadi. 
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 
15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, 
ayniqsa, harorat va namlikka bog‘liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi 
tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo‘lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. 
Lichinkalari chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida 
g‘umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 
kundan 1 yilgacha davom etadi. G‘umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri-imago 
faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko‘radi. 
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so‘radi. Ular asosan sutemizuvchilarda 
(95%) va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi 
xo‘jayin bilan juda mahkam bog‘lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi 
hayvonga va odamga o‘tishi mumkin. Shunday gematofag hayvonlarga polifaglar 
deyiladi.
Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo‘lsa ham ilonda, ba’zilari 
esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi 
(
Ctenocephalides felis
), itlarda it burgasi (
Ctenocephalides canis
), odamlarda odam 
burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi 
(Xenopsylla cheopis)
parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari 
odamlarga o‘lat 
(chuma)
va terlama kasalligining qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu 
og‘ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalarning axlati 
orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan joyidan qonga o‘tib, ko‘paya 
boshlaydi. Odam burgasi urg‘ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo‘ladi. Odam 
burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o‘ch 
bo‘lib, o‘lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo‘jayin axtaradi. 
Burgalar faqat odamlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan, 
balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o‘rtasida ham ularning qonini 
so‘rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini o‘tkazadi. Burgalardan 
saqlanishning asosiy yo‘llaridan biri sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishdir. 
Molxonalar, odam turadigan joylarni toza saqlash, undagi pol va to‘shamalami vaqti-
vaqti bilan karbolning 2-5% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilish, devor va pol 
tirqishlarini kerosinda ho‘llangan latta bilan yuvish lozim. Dala sharoitida 
kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar 
(xlorpikrin, piretrum)
sepish kerak. 
Shuningdek, burgalarga qarshi kurashish uchun permetrinning 0,05% li suvdagi 
emulsiyasi, karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li eritmasi hayvon 
terisiga purkaladi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish