213
3.
Burgalar turkumi haqidagi ma’lumotni bayon qiling.
To‘rtinchi sаvоl bo‘yichа dаrs mаqsаdi:
Talabalarga to‘liq o‘zgarish
bilan
rivojlanadigan hasharotlardan-parda qanotlilar va ikki qanotlilar turkumlari vakillari
haqida ma’lumot berish.
Idеntiv o‘quv maqsadlari:
4.1. Parda qanotlilar turkumi vakillari haqida ma’lumot bera oladi.
4.2.
Ikki qanotlilar turkumi vakillarini tuzilishi, tarqalishi va hayoti haqida
gapira oladi.
To‘rtinchi sаvоlning bаyоni:
Parda qanotlilar
(Hymenoptera)
turkumi.
Parda qanotlilarning qanotlari
shaffof, to‘rsimon
tomirlangan, ya’ni qanotlardagi bo‘ylama va ko‘ndalang tomirlar
o‘zaro kesishib katakchalarni hosil qiladi. Oldingi qanotlari orqa qanotlariga nisbatan
ancha yirik bo‘ladi. Og‘iz organlari kemiruvchi yoki so‘ruvchi tipda tuzilgan.
Urg‘ochilarida tuxum qo‘yish organi rivojlangan; yuksak parda qanotlilarda bu organ
sanchuvchi nayzaga aylangan. Ko‘pchilik turlarining qurtlarida oyoqlar bo‘lmaydi.
Lekin arrakashlarning “soxta qurtlar” ida uch juft ko‘krak oyoqlari bilan birga 6-8
juft qorin oyoqlari ham bo‘ladi. G‘umbaklari erkin tipda tuzilgan.
Parda
qanotlilarning nerv sistemasi murakkab tuzilgan. Ular o‘zining juda murakkab psixik
faoliyati bilan boshqa hasharotlardan ajralib turadi. Parda qanotlilarning hatti-
harakatlarida in qurish, nasli uchun oziq g‘amlash, naslini himoya qilish kabi
murakkab instinktlari mavjud. Ular to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi.
Parda qanotlilar tabiatda va inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Ular
orasida o‘simliklarni changlatishga yordam beruvchi va qishloq xo‘jaligi
zararkunandalarini qirib juda katta foyda keltiruvchi
vakillari bilan bir qatorda
o‘simliklarga zarar yetkazuvchi turlari ham bor.
Parda qanotlilar xilma-xil va keng tarqalgan hasharotlar turkumlaridan biri. Bu
turkumga 150 mingdan ortiq tur kiradi, MDH da 15 mingga yaqin turi va
O‘zbekistonda 2000 ga yaqin turi aniqlangan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda pardaqanotlilar turkumining 300 mingga
yaqin turi bo‘lishi mumkin.
Parda qanotlilar turkumi vakillarining uzunligi 0,2 mm dan 4-6 sm gacha boradi.
Qanotlari shaffof, to‘rsimon tomirlangan, ya’ni qanotlardagi bo‘ylama va ko‘ndalang
tomirlar o‘zaro kesishib katakchalarni hosil qiladi. Oldingi qanotlari orqa qanotlariga
nisbatan ancha yirik bo‘ladi. Og‘iz organlari kemiruvchi yoki so‘ruvchi tipda tuzilgan.
Ayrim parda qanotlilar, masalan asalarilar,
sariq arilar, qizil arilar, paxmoq arilar va
chumolilar jamoa bo‘lib yashaydi. Jamoada 1 ta yoki bir necha urg‘ochi, o‘nlab erkaklari va
juda ko‘p sonli ishchilari bo‘ladi. Foyda keltiruvchi turlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Parda qanotlilar turkumi vakillari qorin bo‘limining ko‘krak qismi bilan qay
tarzda
birikishiga binoan
botiq qorinlilar
va
xipcha bellilar
degan 2
kenja
214
turkumlariga ajratiladi. Birinchi kenja turkum vakillarida qorin bo‘limining birinchi
bo‘g‘imi keng yuza orqali ko‘krakka birikadi. Xipcha
bellilar kenja turkumi
vakillarida esa qorin bo‘limi ko‘krakka “bel” deb ataladigan ingichka bo‘g‘im orqali
birikadi. Bel qorin bo‘limi ikkinchi bo‘g‘imining ingichkalashuvidan hosil bo‘ladi.
Birinchi kenja turkumga arrakashlar, shoxdumlilar
kiradi. Xipcha bellilar kenja
turkumiga esa arisimonlar, sariq arilar, chumolilar, yaydoqchilar, bo‘rtma yasarlar
va
boshqa parda qanotlilar kiradi (72-rasm).
Xipcha bellilar kenja turkumi orasida bir qancha turlari jamoa bo‘lib yashaydi.
Parda qanotlilar turkumiga
kiruvchi qazuvchi arilar
(Sphecidae),
taxlama qanotli arilar
(Vespidae)
va skoliya arilari
(Socliidae)
oilalari vakillari zararkunanda hasharotlardan tunlamlar
qurtlarini, pashsha, so‘na, bargxo‘r qo‘ng‘izlar lichinkalari va g‘umbaklarini hamda shoxli va
plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlar lichinkalarini qirib foyda keltiradi.
Masalan, qazuvchi arilar oilasiga kiruvchi qum ammofilasi
(Ammophila sabulosa)
kuzgi
tunlamning tuproqdagi qurtlarini ovlaydi. Ularni tuproqdan topib olib falajlaydi,
keyin iniga
olib kirib, ularga tuxumini qo‘yadi. Ammofila ko‘k qurt tunlami va boshqa tunlamlar qurtlarini,
chigirtkalarni va odimlovchi kapalaklar qurtlarini qirib foyda keltiradi.
Uzunburun bembeks
(Bembex rostrata)
esa o‘zining nasli uchun xilma xil hasharotlarni,
jumladan, so‘na va pashshalarni g‘amlaydi. Bembeks o‘z o‘ljasini o‘ldirib, unga o‘z tuxumini
qo‘yadi. Bu arining bitta rivojlanish davrida o‘rtacha kattalikdagi 60 ta pashsha yoki 20 ta
so‘nani yeb bitiradi. Bambeksning o‘lchami asalariga teng keladi. Uning qorin qismi keng , yer
bag‘irlab katta tezlikda uchib yuradi.
Taxlanma qanotli arilardan oddiy arining (Paravespula vulgaris) uzunligi 16-20 mm
keladi. Boshi sariq, qorni qora, sariq tuklardan iborat uzuq-uzuq yo‘llari bor. Oddiy arilar ham
zararli hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Skoliya arilaridan katta skoliya
(Scolia maculata),
cho‘l skoliyasi
(Scolia hirta),
sariq
skoliya
(Scolia flavipes),
qora skoliya
(Scolia sp.)
va boshqalarning lichinkalari shoxli, bronza
va plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlarning lichinkalarida parazitlik qiladi, ya’ni tuxumdan chiqqan
skoliyalar lichinkalari o‘ljasini yeb, asta-sekin g‘umbakka aylanadi. Shunday qilib, arilar zararli
hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: