Uash taktikasi



Download 43,78 Kb.
bet8/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Klinik manzarasi. Ko‘pincha kasallik o‘tkir yoki o‘tkir osti ko‘rinishda boshlanadi. Odatda, avval qo‘l va oyoq proksimal falangalararo bo‘g‘imlari simmetrik shikastlanishi kuzatiladi. Keyinchalik boshqa yirik - bilak-kaft, boldir-tovon va nihoyat, tizza, elka, tos-son bo‘g‘imlari ham qo‘shiladi. Ba’zan xastalik yirik bo‘g‘imlar shikastlanishi bilan ham boshlanishi mumkin. Bo‘g‘imlarning birmuncha shishishi, mahalliy harorat oshishi, giperemiya, paypaslaganda og‘riq kuzatiladi.
Aksariyat bemorlarda bo‘g‘im sindromi ertalablari paydo bo‘lib, faol harakatdan keyin o‘tib ketuvchi butun tana yoki bo‘g‘imlardagi karaxtlik, artralgiya, umumiy holsizlik, tana vaznini kamayishi, ko‘p terlash, subfebril isitmalash, ECHT bir oz oshishi bilan boshlanadi. Revmatoid artrit o‘tkir osti faollikda kechganda, asta-sekin umumiy va mahalliy karaxtlik, qo‘l va oyoq panjalarining mayda bo‘g‘imlaridagi turg‘un poliartralgiya yoki artrit rivojlanadi. Bo‘g‘imlardagi og‘riq “yallig‘lanishli ritm”ga ega bo‘lib, tunning ikkinchi yarmida va ertalablari kuchli, kun davomida esa kamayib boradi. Kasallik birinchi navbatda, II va III kaft - falang hamda proksimal falangalararo, kam hollarda esa plyus - falanga, ikkinchi navbatda, tizza, bilak - kaft, tirsak, boldir tovon bo‘g‘imlari simmetrik artriti bilan boshlanadi. Distal falangalararo, birinchi (kaftni bosh barmog‘i) kaft-falanga, jimjiloqni proksimal falangalararo bo‘g‘imlari umuman shikastlanmaydi va ularni birinchi bo‘lib zararlanishi revmatoid artrit kasalligini inkor etadi. Ushbu kasallikda bo‘g‘im sindromi qaytalanuvchi va avjlanuvchi xususiyatga ega bo‘lib, har bir qo‘zg‘alishda jarayon yangi bo‘g‘imlarni qamrab oladi. SHu sababli ayrim bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar kasallikning erta, boshqalarida esa ancha kechki bosqichlariga xos bo‘ladi. Revmatoid artritda bo‘g‘imlar shikastlanishini ikki toifaga bo‘lish mumkin:
ü Potensial orqaga qaytuvchi sinovit (erta bosqichlarida);
ü Qaytmas tarkibiy o‘zgarishlar (kechki bosqichlarida) –eroziya va ankiloz.
Bo‘g‘im sinovial qobig‘i yallig‘lanishining yaqqol belgisi ertalabki karaxtlik bo‘lib, kasallikning faollik darajasiga ko‘ra 30 daqiqadan bir necha soatlargacha davom etadi. Bo‘g‘imlarni shikastlanishi quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Kaft–falanga, proksimal falangalararo bo‘g‘imlar shishi, deformatsiyalanishi va distal falangalararo bo‘g‘imlarni o‘zgarishsiz qolishi barmoqlarga “urchuq” shaklini beradi. Keyinchalik yarim chiqishlar va kontrakturalar rivojlanib, barmoqlar turli shaklda deformatsiyalanadi: barmoqlarni ulnar deviatsiyasi – «morj suzgichi», «oqqush bo‘yni»; (kaft-falanga bo‘g‘imini bukilgan kontrakturasini proksimal falangalararo bo‘g‘imi va tirnoq falangasini keskin yoyilishi, «butonerka» (kaft-falanga bo‘g‘imini keskin bukiluvchi kontrakturasini distal falangalararo bo‘g‘imlarni keskin yoyilishi bilan kelishi). SHuningdek, regionar mushaklar atrofiyasi kuzatiladi.
Oyoq panjasi bo‘g‘imlari kasallikning erta bosqichida II–IV barmoqlar asosida shish va og‘riqlar bilan boshlanib, sekin-asta deformatsiyalanadi. Jarayonga oyoq kaftining boshqa bo‘g‘imlari ham qo‘shilishi mumkin. Oyoqning bosh barmog‘i bo‘g‘imlari artriti juda kam uchraydi. Ayrim hollarda (ko‘pincha erkaklarda) axillov payi tendobursiti kuzatiladi.
Revmatoid artritning tizimli kechishi barcha holatlarning 12-13% ni tashkil etib, o‘ta o‘tkir faollikda, markazlashgan ko‘rinishga ega bo‘ladi va aksariyat hollarda kasallikni seropozitiv shaklida uchraydi. Kasallik avval poliartrit va limfadenopatiya bilan boshlanib, keyinchalik ichki a’zolar-seroz qobig‘lar, buyrak (o‘choqli nefrit, pielonefrit, buyrak amiloidozi), yurak (perikardit, vaskulit, yurak qopqoqchalarini granulematoz shikastlanishi, erta ateroskleroz rivojlanishi), o‘pka (plevrit, o‘pkani interstitsial kasalligi, o‘pkada revmatoid tugunchalar (Kaplan sindromi)), ko‘z (sklerit, episklerit, quruq keratokon’yunktivit (SHegren sindromi bilan kelganda), skleromalyasiya), asab tizimi (kompressiyalangan yoki tizimli neyropatiyalar), markazlangan vaskulit belgilari rivojlanadi.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish