Uash taktikasi



Download 43,78 Kb.
bet1/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

BO‘G‘IM SINDROMI. REVMATIK ISITMA, REVMATOID ARTRIT, REAKTIV ARTRITLAR, SERONEGATIV SPONDILOARTRITLAR QIYOSIY DIAGNOSTIKASI. UASH TAKTIKASI
Revmatik va biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari zamonaviy tibbiyotning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ularning birinchi guruhi bevosita bemor o‘limiga sabab bo‘lmasa ham aksariyat hollarda ichki ichki a’zolarning zararlanishi bilan kechib ularni ish qobiliyatini yo‘qolishiga, nogiron bo‘lib qolishiga va umrining qisqarishiga olib keladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra revmatik kasalliklar turli yoshdagi aholining 20 – 45 % da uchraydi va bemorlarning 6 – 10 % nogiron bo‘lib qoladi. Katta yoshdagilarda ular bo‘g‘im va uning tog‘ay to‘qimalaridagi distrofik o‘zgarishlar bilan kechsa, yoshlarda bo‘g‘imdagi o‘zgarishlar ko‘p hollarda yomon oqibatlarga olib keluvchi birlashtiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarning bir belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. So‘ngi guruh kasalliklari biriktiruvchi to‘qima va uning hosilalarini tizimli auto – immun yallig‘lanishi bilan kechadi va klinik polimorfizm hamda polisindromal ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ular patologik jarayonni tez rivojlanishi va ichki a’zolarda og‘ir o‘zgarishlar bilan alohida ajralib turadi. Suyak - mushak va biriktiruvchi to‘qimani tizimli kasalliklarini bayon qilishdan oldin quyida ularni anatomik tuzilishi va fiziologiyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Suyak - mushak va biriktiruvchi to‘qimalarning anatomiyasi va fiziologiyasi
Biriktiruvchi to‘qima - organizmning asosiy himoya va tayanch negizi bo‘lib, uning bog‘lovchi tuzulmasi asosini tashkil etadi. U keng ma’noda bir necha xil ya’ni suyak, tog‘ay, bo‘g‘im, bog‘lam, teri va qon tomirlaridan iborat bo‘lsa ham lekin uning asosini ichki a’zolar va ular oralig‘ini to‘ldiruvchi moddalar tashkil qiladi. Biriktiruvchi to‘qima organizmning morfologik va funksional butunligini ta’minlaydi va universallik, to‘qimaga xoslik, ko‘p faoliyatlilik, ko‘p tarkibli va polimorfizm, moslashish xususiyatining yuqoriligi kabi xususiyatlarga ega..
Biriktiruvchi to‘qimaning asosiy hujayrasi fibroblastlar hisoblanib, ularda kollagenlar, elastinlar, proteoglikanlar va fermentlar sintezlanadi. Suyak va mushaklar organizmning muhim qismlaridan biri bo‘lib, to‘qimalar tuzilishi, harakat, ish bajarish va boshqa jarayonlarga javob beradi hamda tayanch - harakat tizimi hisoblanadi. Insonning harakat faolligi ularning holatiga bog‘liq. Suyak to‘qimasi organizmdagi minerallar zahirasi hisoblanib, kalsiy etishmovchiligini to‘ldirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur tizimda o‘zgarishlar yuzaga kelganda mehnat qobiliyati pasayadi, harakat chegaralanadi va bu butun organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biriktiruvchi to‘qima, jumladan suyak-bo‘g‘im tizimi kasalliklari aholi orasida keng tarqalgan. Ayrim holatlarda suyak-bo‘g‘im, mushak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari birlamchi bo‘lib, ularni klinik ko‘rinishlari etakchi o‘rin egallaydi. Boshqa holatlarda esa ulardagi o‘zgarishlar ikkilamchi yuzaga kelib, ular asosida boshqa kasalliklar yotadi. Odatda mazkur kasallik belgilarini bo‘g‘im-suyak va mushaklardagi yuzaga kelgan belgilar to‘ldiradi. Biriktiruvchi to‘qimani, suyak, bo‘g‘im, mushak zararlanishi bilan kechadigan alohida guruh patologiyalari biriktiruvchi to‘qimani diffuz kasalliklari deb ataladi va immun yallig‘lanish bilan kechadi. Suyak-bo‘g‘im apparati, mushak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari orasida turli etiologiyali yallig‘lanishli (artritlar, miozitlar va boshqalar), distrofik (artrozlar, ayrim miopatiyalar), o‘smalar va tug‘ma anamoliyalar farqlanadi.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish