Uash taktikasi


Revmatoidartritni davolashda biologik preparatlar



Download 43,78 Kb.
bet14/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Revmatoidartritni davolashda biologik preparatlar. Biologik preparatlar atamasi (inglizchadanbiologics) biotexnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan dori vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Ular antitanachalar yoki sitokinlarni erituvchi retseptorlar, hamda boshqa biologik faol molekulalar yordamida yallig‘lanishning muhim bosqichlarini maqsadga muvofiq («nuqtali») ravishda bloklashni amalga oshiradi. SHu o‘rinda ularni «biologik faol ozuqa qo‘shimchalarga» hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlib o‘tmoqchimiz. Revmatoid artritni davolash uchun qayd qilingan asosiy biologik preparatlarga quyidagilar kiradi:
Infliksimab, adalimumab, etanersept [o‘sma nekrozi omiliga ta’sir qiladi (α O‘NO-)];
Rituksimab [CD 20 ga ta’sir qiladi (V-limfotsitlar)];
Anakinra (interleykin-1 ga ta’sir qiladi);
Abatasept (CD 80, CD 86, CD 28 ga ta’sir qiladi).
Biologik preparatlar so‘nggi yillarda amaliy tibbiyotga keng joriy etilmoqda. Ularning klinik samarasi va bo‘g‘imlar destruksiyasini to‘xtatishi to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda qator ma’lumotlar mavjud. Ushbu kuzatuvlar ularni BYAQD guruhiga kiritishga zamin yaratmoqda. SHuningdek, bemor ahvolining tez (ko‘pincha bir necha kunlar mobaynida) yaxshilanishi ushbu guruhning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Ularning yana bir xususiyati – BYAQD lar, birinchi navbatda metotreksat bilan birgalikda qo‘llanilganda ijobiy samara yanada kuchayadi. Revmatoid artritda, shuningdek, odatiy davoga chidamli bo‘lgan bemorlarda yuqori samara berganligi uchun hozirgi kunda biologik preparatlar samarasi bo‘yicha BYAQD dan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Ammo ular quyidagi salbiy xususiyatlarga ega:
ü Infeksiyaga va (potensial) o‘smaga qarshi immunitetni susaytiradi;
ü Allergik reaksiyalar rivojlanishi va kimyoviy tarkibi jihatdan oqsil bo‘lganliklari sababli autoimmun sindromlar keltirib chiqarish xavfi yuqori;
ü Davo narxining yuqoriligi.
BYAQD (masalan, metotreksat) etarlicha samara bermasligi yoki nojo‘ya ta’sirlar qayd qilinishi biologik preparatlarni qo‘llashga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
a - O‘NO blokatorlari yallig‘lanishga qarshi juda yuqori biologik samaraga ega va sinovial fibroblastlar, xondrotsitlar va osteoklastlarga bevosita ta’siri hisobiga sinovial qobiqdagi yallig‘lanish, tog‘ay va suyak destruksiyasi hamda to‘qimalaridagi jarayonlarni sekin rivojlanishiga olib keladi. Ular so‘ngi yillarda dunyoda keng qo‘llaniladigan biologik vositalar hisoblanadi. Ushbu guruh preparati infliksimab (remikeyd), a - O‘NO ga qarshi ximer monoklonal antitanacha hisoblanadi. Preparat, odatda, metotreksat bilan birgalikda buyuriladi. Metotreksatni o‘rta va yuqori dozalari bilan davolaganda etarli samara bo‘lmagan bemorlarda infliksimab yuqori ijobiy natija beradi. Jumladan funksional ko‘rsatkichlar yaxshilanadi va dori bo‘g‘im yoriqlari torayishi va eroziv jarayonni rivojlanishini jadallashuviga kuchli to‘sqinlik qiladi. Infliksimabni metotreksat bilan birga to‘liq dozada buyurishga (birinchi navbatda metotreksat), yuqori yallig‘lanish faolligini (shishgan bo‘g‘imlarning beshta va undan ko‘pligi, ECHT 30 mm/s.dan balandligi, S-reaktiv oqsilning 20 mg/l.dan yuqori bo‘lishi) saqlanishi, BYAQD bir yoki bir nechtasini qo‘llaganda samara yo‘qligi ko‘rsatma hisoblanadi. YUqori yallig‘lanish faolligiga ega bo‘lgan va bo‘g‘imlarda tarkibiy buzilishlar jadal rivojlanayotgan revmatoid artritda metotreksat va infliksimab birgalikda kasallikni erta davrlarda buyurilishi lozim. Infliksimab buyurilishidan avval sil kasalligiga skrining tekshirish (ko‘krak qafasi rentgenografiyasi, tuberkulin sinamasi) ni o‘tkazish talab qilinadi.
Preparat bemorni bir kg tana vazniga 3 mg dan tomchilab, 2,6 va 8 haftada, undan so‘ng kutilgan samaraga erishilmaganda dozani bir kg tana vazniga 10 mg oshirish mumkin. Muolajalar davomiyligi individual tanlanadi va odatda bir yildan kam bo‘lmasligi kerak. Infliksimab bekor qilingandan keyin, metatreksat bilan ushlab turuvchi dozadagi davo davom ettiriladi. SHu o‘rinda infliksimab qayta buyurilganda bemorda sekin tipdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligini yodda tutish lozim.
Respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan ushbu guruhdagi ikkinchi preparat rituksimab (mabtera) hisoblanadi. Uning ta’siri nafaqat autoantitanachalar sintezi uchun javobgar bo‘lgan, balki immun reaksiyalarning dastlabki bosqichi muhim boshqaruvchi vazifasini o‘tovchi b - limfotsitlarga qaratilgan. Preparat revmatoid artritda, shu jumladan infliksimab yaxshi samara bermagan hollarda ham yaqqol ijobiy natija ko‘rsatadi. Odatda, rituksimab ushbu kasallikni davolashda vena ichiga sekinlik bilan har ikki haftada bir marta 1000 mg dan shifoxona sharoitida yuboriladi.
Kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan reaksiyalarni oldini olish maqsadida bemorga oldindan 100 mg prednizalon yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zarurat bo‘lganda rituksimabni 6-12 oydan so‘ng qayta yuborish mumkin. Evropada o‘tkazilgan klinik kuzatuvlar tavsiyaga mufoviq infliksimab samarasiz bo‘lganda yoki u bilan davo o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda rituksimabni buyurish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish