Uash taktikasi



Download 43,78 Kb.
bet12/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
DavolashRevmatoidli artritni davolash dorilarsiz, dorilar, ortopedik muolaja usullari va tibbiy tiklash tadbirlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Revmatoidli artritga chalingan bemorni davolashdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • Kasallik belgilarini bartaraf etish, klinik remissiyaga yoki kasallikning past faolligiga erishish;

  • Bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar va funksional buzilishlarni to‘xtatish;

  • Bemorlar hayot sifatini yaxshilash va mehnatga layoqatligini saqlash.

Revmatoid artritni dorilarsiz davolash (fizioterapiya, balneoterapiya, dietoterapiya, akupunktura va boshqalar) bemorning ahvoli va funksional holatini yaxshilashga yordam beradigan qo‘shimcha usullar hisoblanadi, ammo kasallik belgilarini bartaraf etmaydi va bo‘g‘im destruksiyasiga ta’sir qilishi isbotlanmagan. Biroq, bo‘g‘im faoliyatini yaxshilash va ankilozlanish profilaktikasiga qaratilgan davo gimnastikasi kompleks muolajasining majburiy qismi sifatida kasallikni erta bosqichlarda buyuriladi.
Kasallik patogenezi va rivojlanish mexanizmiga immun tizimni ortiqcha faolligini susaytiruvchi va yallig‘lanish mediatorlari, birinchi navbatda prostaglandinlar ajralib chiqishini bloklovchi dorilar yordamida samarali ta’sir qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Immunsupressiya revmatoid artritni davolashni asosini tashkil etadi va ularga quyidagilar kiradi:

  • Bazis yallig‘lanishga qarshi dorilar (BYAQD);

  • Biologik preparatlar;

  • Glyukokortikosteroidlar (GKS).

Immunsupressiv terapiya klinik samaraning sekin-asta rivojlanishi bilan kechadi va bo‘g‘imlar destruksiyasiga to‘sqinlik qiladi.
BYAQD ni davolash ba’zan 1-2 soat ichida juda tez klinik samara (og‘riqni qolishi, karaxtlikni kamayishi) berishi mumkin, biroq, uning yordamida faol RA da uning belgilarini butunlay to‘xtatish mumkin emas. CHunki ular to‘qimalarda destruksiyalar rivojlanish jarayonini to‘xtatishga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
GKS ham immunsupressiv va bevosita yallig‘lanishga qarshi samaraga ega. SHuning uchun klinik belgilarni tez yo‘qolishi (vena yoki bo‘g‘im ichiga yuborilganda bir necha soatdan keyin) kuzatilishi mumkin. Ularni past dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda bo‘g‘imlardagi eroziya jarayoni susayishi, bemorni funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar mavjud. SHu bilan bir qatorda GKS boshqa immunsupressiv vositalarsiz qo‘llash kasallik kechishini etarli darajada samarada nazorat qilish imkonini cheklaydi.
Bo‘g‘imlar deformatsiyasini protezlash va jarroxlik korreksiyasini o‘z ichiga oluvchi ortopedik davo, hamda reabilitatsiya chora-tadbirlari (davolash fizkulturasi) asosan kasallikning kechki bosqichlarida bemor funksional qobiliyatini mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Faol zamonaviy dorilar bilan davolash yordamida 40–50 % bemorlarda kasallikni remissiyasiga erishish mumkin. 1-2 yil kuzatuvda bo‘lgan aksariyat bemorlarda rentgenografiya va magnit-rezonans tomografiyada yangi eroziyalar paydo bo‘lmaganligi kuzatilgan.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish