Uash taktikasi



Download 43,78 Kb.
bet10/16
Sana03.04.2022
Hajmi43,78 Kb.
#526848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Allergoseptik sindromi gektik shakldagi isitmalash asosida yirik bo‘g‘imlardagi turg‘un artralgiya, teridagi toshmalar, aksariyat hollarda yurakni (miokardit, perikardit) yoki o‘pkani (pnevmonit) shikastlanishi, ba’zan bir oz ekssudatsiya belgilari, rentgenda osteoporoz, qon taxlilida giperleykotsitoz (≤27x109/l), ECHT keskin oshishi bilan kechadi. Bu sindrom to‘liq tuzalishi yoki avj olib borishi mumkin.
Bo‘g‘im – visseral shakliga katta va kichik bo‘g‘imlar oligoartriti, ularda turg‘un deformatsiya va ayrim hollarda visseritlar (miokardit, plevrit, perikardit) rivojlanishi, ECHTni oshishi xos bo‘lib prognozi ijobiy.
YUqoridagi shakllar bilan bir qatorda, revmatoid artrit boshqa revmatik kasalliklar (revmatizm, DOA, TQYU) birga qo‘shilib kelishi mumkin.
Revmatoid artritni aniqlash va tashhis qo‘yishda uni ishchi tasnifidan (3-jadval) foydalangan holda, quyida keltirilgan Amerika revmatologlari uyushmasi tomonidan taklif etilgan tashhisiy mezonlarga asoslaniladi.
Revmatoid artrit bo‘g‘imlardan tashqari turli xil klinik ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lish bilan farqlanadi. YUrak shikastlanishi patologik jarayonni ko‘proq miokard, kamroq endokardda rivojlanishi bilan kechadi. Bu yurakni birmuncha chapga kengayishi, I ton bo‘g‘iqlashishi, II ton aksentisiz sistolik shovqinning bo‘lishi, gipotoniyaga moyillik va puls labilligi bilan namoyon bo‘ladi. EKG da ko‘p hollarda tishchalar voltaji pasayishi, sistolik ko‘rsatkichlarning ko‘payishi bilan birga miokardda birmuncha o‘zgarish belgilari kuzatiladi. Ayrim hollardagina diffuz miokardit, kamdan kam yurak organik nuqsoni – mitral tabaqa nuqsoni va undan ham kam chap bo‘lmacha-qorincha teshigi stenozi rivojlanadi. Gohida perikardit kuzatilishi mumkin.
Nafas a’zolari shikastlanishi: o‘pka pastki bo‘laklarida o‘choqli o‘zgarishlar, quruq yoki ekssudativ (ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan) plevrit nisbatan kam kuzatiladi. O‘pka tomirlari shikastlanishi o‘pka gipertenziyasiga olib kelishi mumkin. Ayrim bemorlarda juda og‘ir kechadigan o‘pka diffuz interstitsial fibrozi rivojlanadi.
Oshqozon – ichak tizimi tomonidan ayniqsa, kasallik uzoq davom etganda, me’da sekretsiyasi pasayishi kuzatiladi.Ba’zan oshqozon osti bezi, jigar faoliyati susayishi aniqlanadi. Og‘ir holatlarda jigar yog‘li distrofiyasi, hamda amiloidozi kuzatilishi mumkin.
Buyraklar shikastlanishi o‘choqli (gohida diffuz) glomerulonefrit yoki amiloidoz ko‘rinishida uchraydi. Umumiy amiloidoz ko‘rinishining biri bo‘lgan buyrak amiloidozining rivojlanishi, taxminlarga ko‘ra, autoimmun jarayonlarga asoslangan (immunodepressiv terapiya ahamiyati mavjudligi ehtimoli bor). Odatda, amiloidoz sekin rivojlanadi: kasallik boshlanishidan 10 va undan ko‘p yillardan so‘ng nefrotik sindromning klinik ko‘rinishi bilan ko‘payib boruvchi proteinuriya kuzatiladi; revmatoid artritning ayrim juda og‘ir yuqori faol holatlarida amiloidoz kasallikning 2-3 yillarida rivojlanishi mumkin. Nefrotik sindromning namoyon bo‘lishi kasallikni yomon kechayotganidan dalolat beradi.
YUqorida sanab o‘tilgan mezonlardan hech bo‘lmaganda 4 tasi kamida 6 hafta davomida kuzatilsa, revmatoid artrit tashhisi ishonchli hisoblanadi. Agar poliartrit ikki yil davomida revmatik omilsiz kechsa, unda revmatoid artrit tashhisi quyidagi mezonlar aniqlanganda qo‘yiladi:
jarayon qo‘l va oyoqlar panjasidagi barcha mayda bo‘g‘imlarni ¼ qismiga tarqalganda;
qo‘l panjasining tipik zararlanishi ularni defiguratsiyasi yoki suyaklararo oraliqning shishi bilan birga kechsa;
kamida bitta bo‘g‘imda revmatoid artritga xos rentgen o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish