U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Davlat chegarasi
esa ma’lum davlat chegaralarini ko‘rsatib turadigan 
chiziqlardan tashkil topadi. Ma’lumki, xalqaro huquq normalariga ko‘ra har bir 
davlat chegarasi daxlsiz hisoblanadi. Davlat chegaralari haqida fikr yuritilganda
davlatlarga tegishli bo‘lgan quruqlik hududlaridan tashqari, dengizbo‘yi davlatlar 



uchun ichki suvlar (dengizning bir qismi bo‘lib, qirg‘oq va boshlang‘ich chiziq 
oralig‘ini o‘z ichiga oladi), hududiy suvlar (kengligi 12 dengiz mili (22,2 km) 
bo‘lgan, to‘lqin qaytish yoki boshlang‘ich chiziqlardan boshlanuvchi dengiz 
qismi), yondosh hudud (hududiy suvlar chegarasidan boshlanuvchi kengligi 12 
dengiz mili (22,2 km) bo‘lgan dengiz qismi (boshlang‘ich chiziqdan hisoblaganda 
24 mili) kabi suvli chegaralar hamda fazoviy chegaralarga ham ega (xalqaro 
kelishuvga ko‘ra quruqlik yuzasidan 100-110 km dan yuqori kosmik kenglik). 
Jahon siyosiy kartasida davlatlar bilan bir qatorda tan olinmagan davlatlar ham 
mavjud.
Tan olinmagan davlatlar
deb jahon siyosiy kartasining o‘z aholisi, 
egallagan hududi ustidan nazorati, huquq va boshqaruv tizimiga ega bo‘lishiga 
qaramay, BMT a’zolari bo‘lgan davlatlar tomonidan tan olinmagan ob’ektlariga 
aytiladi. Tan olinmagan davlatlar dunyoning barcha mintaqalarida mavjud bo‘lsa-
da, ularning eng ko‘pi Osiyo qit’asiga to‘g‘ri keladi. Mazkur mintaqaning 20 
davlati hududida 40 ta tan olinmagan davlat mavjud. Yevropada bunday davlatlar 
soni 30 tani, Afrikada esa 15 tani tashkil etadi. 
Siyosiy kartada o‘z hududini nazorat qiluvchi, qisman tan olingan davlatlar 
(masalan: Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Janubiy Osetiya Respublikasi) bilan 
bir qatorda o‘zlari da’vogarlik qilayotgan hududning bir qismiga ega bo‘lgan tan 
olinmagan davlatlar (masalan: Xitoy Respublikasi, Falastin Davlati) hamda o‘zlari 
da’vogarlik qilayotgan hududga to‘liq egalik qiluvchi tan olinmagan davlatlar 
(masalan: Va Davlati, Vaziriston Davlati)ni uchratish 
mumkin.
Mamlakat
o‘zining ma’lum miqyosdagi chegaralariga ega bo‘lgan, mustaqil 
yoki biron davlatga tobe holda mavjud bo‘lgan hudud hisoblanadi. Koloniya, erkin 
asotsiatsiyalashgan hududlar, dominionlarni uning turli ko‘rinishlari deb ham 
hisoblash mumkin. 
Siyosiy kartaning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ob’ektlaridan tashqari, unda 
harbiy harakatlar va harbiy bazalar joylashuvi ta’qiqlangan hududlar neytral 
hududlar (ularga Iroq va Saudiya Arabistoni chegarasidagi ko‘chmanchi qabilalar 
suv oladigan madaniy yodgorliklarga ega hudud, Antarktida, kosmik fazo, xalqaro 



kanallar va bo‘g‘ozlar, Shpitsbergen arxipelagi misol bo‘la oladi), turli 
davlatlarning davlat chegaralaridan tashqarida joylashgan, jahon hamjamiyatining 
barcha a’zolari undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan, ilmiy tadqiqotlarda 
foydalanish mumkin bo‘lgan, xech bir davlat uni o‘zlashtirib olish huquqiga ega 
bo‘lmagan xalqaro hududlar va akvatoriyalar (Antarktida hududi, ochiq dengizni 
misol qilish mumkin) va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida 
shakllangan ijara hududlar (Kipr Respublikasi hududidagi Akrotiri va Dekeliya 
shaharlarida joylashgan Buyuk Britaniya harbiy bazalariga o‘xshash turli davlatlar 
tomonidan geografik o‘rni qulay va geostrategik ahamiyatga ega hududlarda 
shakllantirilgan hududlar misol bo‘la oladi ) ham mavjud.
Ko‘rinib turibdi-ki, siyosiy kartaning har bir ob’ekti jahon siyosiy 
hayotining shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ularda yuz 
berayotgan jarayonlar kelajakda jahon siyosiy kartasida ko‘plab o‘zgarishlarni 
amalga oshirishi mumkin. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish