U. X. Safarov, N. M. Karakulov


Buyuk  geografik kashfiyotlar



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Buyuk 
geografik kashfiyotlar
alohida o‘rin egallaydi. 1492 yilda Xristofor Kolumb 
tomonidan Yangi Yer – Amerika qit’asiga uyushtirilgan ekspeditsiya natijasida 
boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlar siyosiy kartada bir qator o‘zgarishlarning 
yuz berishiga sababchi bo‘ldi. Qit’aning shimoliy qismi asosan Angliya va 
Frantsiya, janubi esa Ispaniya va Portugaliyaning mustamlaka hududlariga aylandi.
1519-1522 yillarda Magellan tomonidan ilk marotaba amalga 
oshirilgan dunyo bo‘ylab sayohat yer shari tuzilishi, jahon davlatlari haqidagi 
ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishga sababchi bo‘ldi. 1498 yilda Vasko da 
Gama tomonidan Afrikani janubdan aylanib o‘tish mumkinligi isbotlandi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy kartasida kuchli 
o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. U Yevropa mustamlakachilar bosqichining 
boshlanishi, dunyo xo‘jalik aloqalarining keng rivojlanishi, aholi ko‘chish 
xarakatlarining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar 
dunyoning uchta yirik mustamlakachi mamlakatlari - Angliya (Afrikada), Ispaniya 
(Amerikada), Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyasining paydo bo‘lishiga, 


12 
hamda dunyo bozorining shakllanishiga olib keldi. Dengiz yo‘lining rivoji “Buyuk 
Ipak yo‘li” ning inqiroziga olib keldi.
XIX asrning 40-yillari oxiri, 50-yillari boshidan Rossiya imperiyasi 
Turkiston yerlariga shiddat bilan bostirib kela boshladi. Rus istilochi qo‘shinlari
60-yillardan Qo‘qon xonligi, Buxoro amirligi, 70-yillarning boshlaridan esa Xiva 
xonligi hududlarini bosib oldi va ularni Rossiya imperiyasiga to‘la bo‘ysintirdi. 
Turkiston ulkan viloyat, volost, uchastka va oqsoqolliklarga bo‘linib boshqarildi. 
Shunday qilib, O‘rta Osiyo uchun bir asrdan ko‘proq davom etgan og‘ir 
mustamlakachilik davri boshlandi.
XVII asrning birinchi yarmida Angliya va Frantsiya mustamlakachilik 
yurishlarini boshladilar. Ular Vest-Hindistondagi qator orollarni o‘zlariga 
bo‘ysindirdi. XVII asrning o‘rtasida Niderlandiya, Gollandiya Zond orollari, 
Afrika janubi, Gollandiya Gvianasi (Surinam), Vest-Hindistondagi orollarini bosib 
olib dunyoning birinchi mustamlakachi va savdo markaziga aylandi.
Angliya mustamlakachiligiga qarshi kurash Shimoliy Amerikada ham avj 
oldi. 1775-1783 yillarda ozodlik uchun olib borilgan urush Angliyaning AQSh 
mustaqilligini tan olishga majbur etdi. 1776 yilda AQSh mustaqilligi e’lon qilindi. 
AQSh mustaqillikka erishgach u o‘z hududini yanada kengaytirish uchun kurash 
boshladi. 1803 yilda AQSh Frantsiyadan G‘arbiy Luizianani, 1819 yilda 
Ispaniyadan Floridani sotib oldi. Meksikadan Texas (1845 yil), Kaliforniya va 
Qoyali tog‘larning janubi (xozirgi Nyu-Meksika shtati) ni tortib oldi. 1867 yilda 
Rossiyadan Alyaskani sotib oldi. 
XIX asrning o‘rtalarida Germaniya va Italiyada yangi siyosiy birlashish 
asosida yagona markazlashgan davlatlar tashkil topdi. Bolqon yarim orolida milliy 
ozodlik harakati asosida Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan Gretsiya (1829 yil), 
Ruminiya (1861 yil), Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya (1878 yil) davlatlari paydo 
bo‘ldi. 
Ayniqsa, XIX-XX asr tutashgan davrda bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish 
uchun kurash g‘oyat keskinlashdi. 1876 yilda Afrikaning atigi 10 % hududida 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga qarashli bo‘lsa, 1900 yilga kelib bu ko‘rsatkich 


13 
90,5 foizga yetdi. Afrikani bo‘lib olishda birinchi o‘rinni Angliya egalladi. U 
Shimoliy, Sharqiy va Janubiy, qisman G‘arbiy Afrikada hukmron mavqega ega 
bo‘ldi va o‘ziga Misr, Sudan, Keniya, Uganda, Somalining bir qismi, Shimoliy va 
Janubiy Rodeziya, Transviyal va Tunis (Oranjevaya), Bur Respublikasi, Nigeriya, 
Oltin qirg‘oq (Gana), Serra-Leone, Gambiya kabi mamlakatlarni o‘ziga 
bo‘ysindirdi. 
Frantsiya 70-yillargacha Jazoir, Senegal, Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘oqlarining 
bir qismini bosib olgan bo‘lsa, Afrikani bo‘lib olish davrida yana Tunis, Marokash, 
Gvineya qo‘ltig‘i qirg‘oqlari, Niger, Kongo xavzasi, Chad ko‘li rayoni, 
Madagaskar, Somalining bir qismini zabt etdi. U Shimoliy va G‘arbiy Afrikada 
yirik mustamlaka massivini barpo qildi. Italiya Erityeriya, Somalining bir qismini 
bosib oldi. 1911-1912 yillardagi Turkiya-Liviya urushi oqibatida Kichik Osiyo 
qirg‘oqlaridagi orollar guruhiga ega bo‘ldi. Afrikani bo‘lib olish davrida 
Portugaliya Angola va Mozambik hududlarini kengaytirdi. Ispaniya G‘arbiy Saxroi 
Kabir, Ispaniya Gvineyasi (Reomuni), Shimoliy Marokashning bir qismini zabt 
etdi. 
XIX asrning oxirida AQSh ham mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1898 
yildagi Ispan-Amerika urushi natijasida u Ispaniyadan Filippin, Guam orollari va 
Puerto-Rikoni tortib oldi. Kuba rasman mustaqil deb tan olinishiga qaramay 
amalda u AQSh ning yarim mustamlakasiga aylangan edi. AQSh o‘ziga Gavayi 
orollarini qo‘shib oldi. Samoa orollarni Germaniya bilan bo‘lib oldi. Okeaniyani 
bo‘lib olish ham tugallandi. Angliya Fidji orollarini, Salomon orollarining bir 
qismini, Frantsiya Taiti, Yangi Kaledoniya orollarini, Germaniya Yangi Gvineya 
orollarining shimoliy-sharqiy qismini, Bismark orollarini, Salomon orollarining bir 
qismini, Marshal orollarini bosib oldilar.
Yaponiya Uzoq Sharqda mustamlakalar istilo qilishni boshladi. 1895 yilda 
Xitoydan Tayvan orolini tortib oldi, Koreyani bosib oldi va 1910 yilda uni o‘zining 
mustamlakasi deb e’lon qildi. Rus-Yapon urushidan keyin Yaponiya Saxalin 
orolining janubiy qismida, Kuril orollarida mustahkam o‘rnashdi. XIX asrning 
ikkinchi yarmida Frantsiya, Vyetnam, Laos, Kambodjani o‘z ichiga olgan Frantsuz 


14 
Hindi-Xitoy mustamlaka zonasini zabt etdi. Angliya esa Yuqori Birma, Barneo 
orolining shimolini egalladi.
XX asrning boshida Usmoniy turklar hukmronligiga qarshi olib borilgan 
milliy ozodlik harakatlari evaziga Albaniya mustaqillikka erishdi. Bolgariya Egey 
dengiziga chiqishga, Gretsiya va Serbiya esa o‘z hududlarini kengaytirishga 
muvaffaq bo‘ldi. 
Shunday qilib, dunyo siyosiy kartasi shakllanishining yangi davrining asosiy 
mazmuni qudratli davlatlar tomonidan mustamlaka hududlarni bosib olish hamda 
metropoliya (mustamlakachi) davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va nisbatlar 
belgilab berdi. XX asrning boshida dunyo to‘liq bo‘lib olindi. 1914 yilda 
mustamlakachi imperiyalar mustamlakalarining umumiy maydoni 74,9 mln km
2

(jami quruqlik maydonining 56 %) ulardagi aholi 530 mln. kishiga (dunyo 
aholisining 35 %) ga yetdi. Angliya mustamlakalari maydoni 33,5 mln.km², 
Rossiyaniki 17,4 mln. km², Frantsiyaniki 10,6 mln. km², Germaniyaniki 2,9 mln. 
km², AQSh niki 0,3 mln. km², Yaponiyaniki ham 0,3 mln. km² ni tashkil etdi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish