U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Uchinchi bosqich
1990 yillardan to xozirga qadar davom etayotgan davr 
hisoblanadi. 
Ushbu davrga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
-
1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanishi, uning tarkibidagi 
barcha ittifoqdosh respublikalarda mustaqil davlatlar tashkil topdi; 
-
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tashkil topdi; 
-
1991 yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (Xarbiy) va o‘zaro 
yordam iqtisodiy kengashi faoliyati to‘xtatildi. 
-
1990 yil 3 oktabrdan ikki nemis davlati (GFR va GDR) yagona 
davlatga birlashdi; 
-
Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, 
uning tarkibida Sloveniya, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Serbiya, 
Makedonia va Chernogoriya kabi mustaqil davlatlar sifatida e’lon qilindi; 
-
1990 yil may oyida ikki arab davlati – Yaman Arab 
Respublikasi (YaAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YaXDR) 
birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti – Sana shahri) va b. 
Mutaxassislarning fikricha dunyo siyosiy kartasining kelajakda o‘zgarishi 
ko‘p millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning rivoji yo‘nalishiga, 
mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarning 
xarakteriga bog‘liq. 
1.3. Dunyo mintaqalari zamonaviy siyosiy kartasi 
Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish asosida jahon mintaqalari siyosiy 
kartasining shakllanishi turli ko‘rinishga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Agar 
Yevropa va Osiyo siyosiy kartasi shakllanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga 
olsa, qolgan qit’alarda bu jarayon asosan Buyuk geografik kashfiyotlar davri bilan 
bog‘liq. Aynan tarixiy rivojlanish davri davomiyligi mintaqalar siyosiy kartasida 
joylashgan ob’ektlarning davlat tuzumi, hududiy-ma’muriy bo‘linish holatlarida 
turli ko‘rinishlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Uzoq tarixiy shakllanish 
bosqichlariga ega bo‘lgan Yevropa va Osiyoda jahonning monarxiya davlat 
tuzumiga ega davlatlarining asosiy qismi to‘plangan. 


19 
Yevropa siyosiy kartasi eramizdan avvalgi XIX-XVIII asrlarda birinchi Krit 
davlatining paydo bo‘lishi bilan shakllanishni boshlagan. Uning rivojlanishida 
birinchi va ikkinchi Jahon urushlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Hozirda bu mintaqada 
43 ta davlat BMTga a’zo bo‘lgan davlatlar mavjud. Mintaqa davlatlari tarkibida 
jahon siyosiy va iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Xavfsizlik 
kengashining doimiy a’zolari hisoblanmish Buyuk Britaniya, Frantsiya kabi 
davlatlar bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotida jahon umumiy YaMMning 3,4% ni 
beruvchi Germaniya joylashgan. Qit’a davlatlari BMT tasnifiga ko‘ra Shimoliy, 
Janubiy, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa subregionlariga ajratiladi. Tashqi 
ko‘rinishdan Yevropa siyosiy kartasi to‘liq shakllanib bo‘lgandek tasavvur 
uyg‘otsa-da, uning hududida Donetsk Xalq Respublikasi (Ukraina hududida), 
Kosovo Respublikasi (Serbiya hududida), Lugansk Xalq Respublikasi (Ukraina 
hududida), Pridnestrove Moldovan Respublikasi (Moldova Respublikasi hududida) 
kabi qisman tan olingan va olinmagan davlatlar, Gernsi (Buyuk Britaniya), Faryer 
orollari (Daniya), Shpitsbergen (Norvegiya)
 
kabi mustamlaka hududlarning
joylashganligi, irlandlar, kataloniyaliklarning o‘z siyosiy mustaqilligini talab qilish 
holatlari Yevropa siyosiy kartasida turli o‘zgarishlarning yuzaga kelishi 
mumkinligidan dalolat beradi. 
Eramizdan avvalgi 2500-1500 yillarda Moxenjora va Xarappada ilk 
davlatchilik ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi Osiyo qit’asi siyosiy kartasini 
shakllanishiga asos bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik uning hududida hukmronlik qilgan 
Mo‘g‘illar, Amur Temur, Usmoniy turklar imperiyalari kabi davlatchilik 
ko‘rinishlari siyosiy kartada katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Buyuk geografik 
kashfiyotlar davri qit’ada mustamlakachilik tizimining rivojlanishiga sababchi 
bo‘lgan. Mazkur mintaqada jahon iqtisodiy markazlari orasida katta salmoqqa ega 
bo‘lgan Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasidan iborat bo‘lgan Sharqiy Osiyo 
iqtisodiy markazi, jahonning ko‘p millatli davlatlaridan hisoblangan Hindiston, 
Indoneziya kabi davlatlar joylashgan. Bundan tashqari ona Vatanimiz 
hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasi Osiyoning geografik markazida joylashgan 
davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 


20 
Qit’a hududi Markaziy, Sharqiy, Janubiy, Janubi-g‘arbiy hamda Janubi-
sharqiy subregionlarga ajralgan holda, uning hududida 47 ta mustaqil BMTga a’zo 
bo‘lgan davlatlar joylashgan. Yuqorida qayd qilinganidek, mintaqada Abxaziya, 
Ozod Kashmir, Xitoy Respublikasi kabi katta miqdorda tan olinmagan davlatlar, 
Hind okeanidagi Britaniya xududlari (Buyuk Britaniya), Kokos orollari 
(Avstraliya), Rojdestvo oroli (Avstraliya) kabi mustamlaka hududlar joylashgan. 
Ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan Isroil-Falastin muammosi, Suriyada 
yuz berayotgan harbiy to‘qnashuvlar Osiyoni siyosiy jihatdan eng notinch 
mintaqalardan biriga aylantiradi.
Afrika siyosiy kartasi shakllanishida o‘ziga xos hududiy tafovvutlar mavjud. 
Agar uning shimoliy qismida eramizdan avvalgi 4000 yilliklarning ikkinchi 
yarmida ilk qadimiy davlatchilik ko‘rinishlari yuzaga kelgan bo‘lsa, 1415-1460 
yillarda Afrikaga portugal ekspeditsiyalarining boshlanishi keyingi davrlarga kelib 
uning qolgan qismlarda turli Yevropa davlatlarining mustamlaka hududlarining 
paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 1900 yilga kelib Afrikaning Efiopiya va 
Liberiyadan tashqari barcha davlatlari Yevropa davlatlari tomonidan bo‘lib olindi. 
O‘ziga xos tarixiy jarayonlar qit’a shimolida qolgan qismlariga qaraganda ko‘p 
asrlik tarixga, madaniyat va iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlarning rivojlanishiga 
sababchi bo‘lgan bo‘lib, mazkur qadimiy davlatlarning ko‘plab qadimiy arxitektura 
yodgorliklari butunjahon madaniy yodgorliklari tarkibiga kiritilgan (masalan: Misr 
ehromlari, Aleksandr mayoqi va b). Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Afrikada 
dekolonizatsiya jarayoni boshlandi. Sekin-astalik bilan qit’a davlatlari o‘z siyosiy 
mustaqilliklarini qo‘lga kirita boshladilar. 
Afrika hududi siyosiy jihatdan Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va 
Janubiy (tabiiy jihatdan Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy o‘lkalarga 
ajratiladi) subregionlarga ajratiladi. Mazkur mintaqalardagi davlatlar mamlakatlar 
va hududlar soni – 62 ta bo‘lib, ulardan 54 tasi mustaqil davlat hisoblanadi.
2011 
yil qit’ada jahon siyosiy kartasidagi hozircha eng so‘nggi davlat – Janubiy Sudan 
mustaqil davlat paydo bo‘ldi.
 
Reyunon oroli (Frantsiya departamenti), Mayotta 
oroli (Frantsiya ma’muriy birligi), Avliyo Yelena oroli (Buyuk Britaniya 


21 
koloniyasi), Marokash hududidagi Seuta va Melilya shaharlari (Ispaniya) kabi 
o‘zini-o‘zi boshqarmaydigan hududlar bilan bir qatorda, maqomi noma’lum 
bo‘lgan G‘arbiy Sahroi Kabir ham aynan Afrikada joylashgan. Shu bilan birga bu 
yerda jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va BRICS tashkiloti a’zosi 
Janubiy Afrika Respublikasi bilan bir qatorda katta mineral resurs salohiyatiga ega 
bo‘lgan Jazoir, Liviya, Misr, Botsvana, Kongo kabi davlatlar ham joylashgan. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin qit’ada chegaralarni aniqlash bo‘yicha qisqa 
muddatlarda o‘tkazilgan demarkatsiya (
chegara chiziqlarini aniqlash bo‘yicha olib 
borilgan tadbirlar
) va delimitatsiya (
davlatlar o‘rtasida chegaralarning 
o‘tkazilishi
) jarayonlarida mahalliy etnik, diniy xususiyatlarning e’tiborga 
olinmasligi oqibatida davlatlar o‘rtasida ko‘plab kelishmovchiliklar yuzaga
kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida ko‘plab siyosiy nizo markazlarining paydo 
bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. Ushbu holatlar Afrika siyosiy kartasi shakllanishi hali 
beri nihoyasiga yetmasligini ko‘rsatadi . 
Amerika qit’asi siyosiy kartasi Afrika singari Buyuk geografik kashfiyotlar 
natijasida shakllanib boshlagan. Asosan Osiyo mintaqasi aholisi migratsiyasi 
natijasida 25 ming yil avval Shimoliy, 12-11 ming yil avval esa Janubiy 
Amerikaning o‘zlashtirilishi yuz bergan bo‘lib, qit’aning markaziy qismlarida o‘z 
davrining qudratli imperiyalari rivojlangan (masalan: Mayyalar, Atsteklar, Inklar 
imperiyalari). 1492 yil X.Kolumb sayohati natijasida bu hududlar qisqa muddat 
davomida turli Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. Bir necha asrlar 
oldin vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ummon ortidagi yerlar 
mavjudligi haqidagi nazariyasi o‘z isbotini topib, mazkur mintaqa 1507 yilga kelib 
jahon siyosiy kartasida “Yangi Dunyo” nomi bilan ifodalana boshlandi. 1775 yilda
amerika koloniyalarining mustaqillik uchun kurashi 1776 yil mintaqadagi birinchi 
mustaqil AQSh davlati tashkil topishi bilan nihoyasiga yetdi. Shundan so‘ng 
Amerikaning turli hududlarida siyosiy mustaqillik uchun kurashlar boshlandi va 
turli davlat tuzumi, hududiy-ma’muriy boshqaruv shakllariga ega mustaqil 
davlatlarning paydo bo‘lishi bilan nihoyasiga yetdi.


22 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish