U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Ikkinchi bosqich
(1939-1990 yilgacha) Yevropa siyosiy kartasida yuz 
bergan o‘zgarishlardan tashqari, sotsialistik davlatlar hududining kengayishi 
(Yevropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo‘lga o‘tishi), imperializm 
mustamlakachilik tuzimining yemirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, 
Okeaniyada 100 dan ortiq mustaqil davlatlarning barpo etilishi bilan 
xarakterlanadi. Mustamlakachilik tizimining barbod bo‘lishi, milliy ozodlik 
harakatining kuchayishi, xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari dunyo siyosiy 
kartasini tubdan o‘zgartirib yubordi. 
1943 yilda Livan va Suriya, 1945 yilda Indoneziya, 1947 yilda Hindiston va 
Pokiston mustaqil davlatlarga aylantirildi. 
1947 yilda BMT bosh Assambleyasi Falastin hududida ikkita mustaqil Arab 
va Yahudiy davlatlarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1948 yilda Isroil 
davlati tashkil etildi, lekin ko‘p sabablarga ko‘ra, hozirgacha Falastin arab davlati 
tuzilmadi. 1949 yilda sobiq Germaniya hududida dastlab GFR (AQSH, Angliya, 
Frantsiya tasarrufidagi zonada), so‘ngra GDR (sobiq Sobiq Ittifoq zonasida) 
tuzildi. G‘arbiy Berlin esa mustaqil siyosiy maqomga ega shaharga aylantirildi. 
Sobiq Ittifoq chegaralarida ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Zakarpat Ukrainasi, sobiq 
Sharqiy Prussiyaning bir qismi (1946 yildan Kaliningrad viloyati), Pechengi 


17 
rayoni, Janubiy Saxalin, Kuril orollari Sobiq Ittifoq tarkibiga kirdi, Polshaga uning 
yerlari – Seleziya, Pomore, Gdansk viloyatlari qayta qo‘shildi. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda dunyo siyosiy kartasida Vyetnam 
(1945), KXDR (1948), Xitoy Xalq Respublikasi (1949), Birma (xozirgi Myanma) 
(1948y), Tseylon (xozirgi Shri Lanka) (1972 y) 1953 yilda Laos va Kambodja 
paydo bo‘ldi. 1947 yilda Malaya Federatsiyasi tuzildi. 1963 yilda Singapur, Sabox, 
Saravak bilan birgalikda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yilda 
Singapur mustaqil Respublika deb e’lon qilindi. 
60-yillarning birinchi yarmida ingliz mustamlakalari Kipr, Quvayt, Maldiv 
orollari, 1967 yilda Janubiy Yaman, 1971 yilda Baxreyn, Katar, Birlashgan Arab 
Amirliklari, shuningdek Bangladesh (Sharqiy Pokiston) mustaqil bo‘ldi. 1976 yilda 
Shimoliy va Janubiy Vyetnam yagona davlatga birlashdi. 1975 yilda esa Laosda 
monarxiya ag‘darilib, Laos Xalq Demokratik Respublikasi e’lon qilindi. 
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Afrikaning 90 % ga yaqin hududi 
va 75 % aholi mustamlaka asoratida edi. 
Afrikada birinchi bo‘lib Shimoliy Arab mamlakatlari mustaqil bo‘ldilar. 
Liviya (1951yil), Marokko va Tunis, Sudan (1957 yil), Gvineya (1958 yil), 
mustaqillikga erishdi. 1960 yil “Afrika yili” dan boshlab (shu yili 17 Afrika 
mamlakati mustaqil bo‘ldi). Mustamlakachilikning parchalanishi jarayonini boshqa 
qit’alarda ham tezlashdi. Yevropada 1964 yilda Malta mustaqil davlat bo‘ldi.
Lotin Amerikasi siyosiy kartasida ham muhim siyosiy o‘zgarishlar yuz 
berdi. 1959 yili Kuba rivojlanishning sotsialistik yo‘liga kirdi. 1962 yilda ingliz 
mustamlakalari o‘rnida mustaqil davlatlar – Trinidad va Tabago, Yamayka, 1966 
yilda Gayana va Barbados, 1973 yilda – Bagam orollari, 1974 yilda – Grenada, 
1978 yilda Dominika, 1979 yilda Sent-Visent va Sent-Lyusiya paydo bo‘ldi. 1975 
yilda Niderlandiya mustamlakasi Surinam mustaqillikka erishdi. 
Okeaniya siyosiy kartasida ham chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 60-yillarda 
G‘arbiy Samoa va Nauru (BMTning sobiq vosiy hududlari), 70-yillarda Tongo, 
Fidji, Salomon orollari, Tuvalu, Kiribati, Papua-Yangi Gvineya, 1980 yillarda–
Vanuatu mustaqil davlat bo‘ldilar.


18 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish