U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

1.1.
 
Jahon siyosiy kartasi va uning asosiy ob’ektlari 
Fanning maqsadi va vazifasi. Fanning maqsadi- Jahon va Markaziy Osiyo 
tabiiy sharoitinng va xo’jaligining asosiy xususiyatlari hamda mazkur o’lkada 
joylashgan mamlakatlar haqida bilimlar berishdir. 
Fanning vazifasi- “Jahon va Markaziy Osiyo” tushunchasining mohiyati, 
mazmuni, chegaralari haqida bilimlar beriladi. 
Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni butun 
dunyoda, ayrim 
hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish 
qonuniyatlarini tadqiq etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini, 
insoniyat va jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalari, global muammolar va jahon 
taraqqiyotining hozirgi bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir qator iqtisodchi-geograf 
olimlarning hissasi ko’p. Jumladan: rus olimlaridan- N.N.Baranskiy, 
N.N.Kolosovskiy, V.P.Maksakovskiy, V.Ya.Rom, K.F. Stroev. O’zbek iqtisodchi 
geograflaridan Z.Akramov, O.Ata-Mirzaev, A.Soliev, A.Ro’ziev, A.Qayumov va 
boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Iqtisodiy Geografiya – Iqtisodiy va geografik tadqiqotlarni birlashtiruvchi 
fan hisoblanib davlatlarni, sanoat sohalarini va jahon iqtisodining barcha 
bo’ginlariga tegishli jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo’lganligi uchun bir 
qator iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog’langan. Masalan: iqtisodiyot, tarix, 
falsafa, matematika, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy 
geografik fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog’langan. 



Tadqiqot metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik, 
kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan: matematik 
modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo’ldi.
2. Fanning tadqiqot metodlari va shakllanishi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlar 
xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy asoslashga, qulay joylashtirilishiga, 
rejali xo’jalik yuritilishiga, aholini sotsial sharoitini yaxshilash bilan birga 
material, yoqilg’i va asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod qiladi. 
Tahminan 30 yil ilgari bu soha hali bo’m bo’sh va o’rganilmaganligicha 
qolayotkan bir soha edi. Ammo aqliy yuksalish va iqtisodning jadal o’sishi 
davrida, Alonso neoklassik iqtisodni joy va hududga bog’lab sintez qilib o’rganadi 
va undan farqli o’laroq Berri esa geografiyani bozor funksiyasi va xalq ho’jaligi 
tarmoqlariga bog’lab o’rgana boshladi. Alonso va Berrining izlanishlari natijasida 
Iqtisod va Geografiyaga bo’lgan e’tibor bir joyga jamlanadi va iqtisodiy 
geografiyaga bo’lgan e’tibor kuchayadi. 
Iqtisodiy-“ekonomicheskiy” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, xo’jalik 
yuritish degan ma’noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib M.V.Lomonosov shunday 
deb atagan. 
Iqtisodiy geografiya tarixi XX asrning 2 yarmidan mustaqil 
markazlarning paydo bo’lishi va nazariy kayfiyatlarning kutilmagan 
o’zgarishlari bilan bog’liq o’zgarishlarga duch keldi. Uning tarixiy 
yo’nalishi tashqi iqtisodiyotning diqqatga sazovor siyosiy voqealarga 
bog’liqligi bilan o'zgarib borgan

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish