O‘zbek jadid hajv maktabi. Raximova. M



Download 135,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi135,37 Kb.
#76701
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek jadid hajv maktabining taraqqiyot tamoyillari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI

 

 

 

O‘ZBEK ADABIYOTI  KAFEDRASI 

 

 



 

 

Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 

4- kurs talabasi Raximova Muyassarning «O‘zbek adabiyoti tarixi» fanidan 

«O‘zbek jadid hajv maktabining taraqqiyot tamoyillari» mavzusida 

tayyorlagan 

 

 

R E F E R A T I 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Nukus – 2014


 

M U N D A R I J A 

 

 

1. KIRISH  



2. HAJVIY XARAKTER VA BADIIY MAHORAT  

3. O`ZBEK HAJV SO`Z USTALARI 

4. XULOSA  

5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 



 

 

3



KIRISH 

 

O`zbek  adabietida  hajviyotning  vujudga  kelishi  haqida  fikr  yuritilganda  bu 



ijtimoiy  hodisa  avvalo  vaqtli  matbuot  hamda  hajviy  adabiyot  bilan    uzviy 

bog`liqligini nazarda tutish lozim. Ya`ni, hajviy publitsistikaning ko`rinishlari hali 

vaqti  matbuot  vujudga  kelmagan  paytlarda  o`zbek  adabiyotiga  hajv  va  kulgi 

asarlarida  namoyon  bo`lgan  edi.  O`zbek  hajviy  adabiyoti  va  sermazmun  tarixga 

egadir.  Hajv,  satira-voqelikni  aks  ettirishning  alohida  g`oyaviy-badiiy  printsipi 

sifatida  barcha  tsivilizatsiyalashgan  xalqlar  adabiyoti,  shu  jumladan  o`zbek 

xalqining  ham  og`zaki  va  yozma  adabiyotida  qadimdan  katta  o`rin  olib  kelgan. 

Ijtimoiy  illatlarning  kulgili  tanqidi  bo`lgan  satira  dastavval  o`zbek  xalq  ijodida 

keng tarqalgan edi. Mehnatkash xalq ijtimoiy hayotdagi adolatsizlik, zulmga qarshi 

norozilikni  alohida  bir  shakli  sifatida  latifalar,  hajviy  ertaklar  va  qo`shiqlar 

yaratgan.  Kal,  Nasriddin  afandi  kabi  to`qima  hajviy  simvolar  vositasi  bilan  

ijtimoiy illat va nuqsonlarni masxara qilib, sharmandasini chiqargan. Xalq, hajviy, 

satirasi  va  kulgisi  juda  qadimiy  va  shu  bilan    birlikda  davomiylikka  ega,  bo`lib, 

yozma  hajviy  adabiyot  hamda  publitsistika  uchun  bitmas-tuganmas  ijodiy  oziq 

berib  keldi.  O`zbek  yozma  adabiyotida  ham  satira  va  yumor  dastlabki  davrlardan 

boshlaboq  salmoqli  o`rin  olib  kelgan.  Birinchi  adabiy  yodgorliklar  namunasi 

bo`lmish  «Devonu  lug`atit  turk»da  ham  hajviy-hazil  qo`shiqlar  ko`p  uchrashi 

ma`lumdir. Ulug` o`zbek  shoiri va mutafakiri Alisher Navoiy ham o`zbek hajviy 

adabiyotining  rivojiga  salmoq  hissa  qo`shgan.  O`zbek  adabiyoti  tarixida    Turdi, 

Maxmur,  Gulxaniy,  Muqimiy,  Zavqiy  va  boshqa  shoirlar  ham  hajv-satira  bobida  

o`lmas  asarlar  yaratib,  o`z  davrlaridagi  zulm,  haqsizlik  va  boshqa  ijtimoiy  illatlar 

ustidan ommaning qahr-g`azabini uyg`otdilar. 

Shuni  alohida  ta`kidlab  o`tish  kerakki,  o`tmishdagi  ilg`or,  targ`aqiyparvar 

o`zbek  hajviy  adabiyoti  hali  matbuot  vujudga    kelmagan  davrlarda  o`zbek  hajviy 

publitsistikasining  funktsiyasini  ham  bajarib  kelgan.  Zeroki,  o`zbek  hajviy 

adabiyoti  asarlarida  va      xususan  o`zbek  demokratik  satirasida  hajviy 

publitsistikaning g`oyaviy-badiiy elementlari, ayrim  xususiyatlari mavjuddirki, bu 



 

 

4



hol o`z navbatida hajviy adabiyot va hajviy publitsistikaning o`zaro mushtarakligi 

to`g`risidagi  fikrimizni  yana  bir  bor  isbotlaydi.  Ikkinchi  tomondan  o`zbek 

demokratik  satirasi  namoyandalarining  bir  qator  hajviy-publitsistik  asarlari 

dastlabki  o`zbek  matbuot  nashrlarida  bosilib,  o`zbek  hajviy  publitsistikasining 

bevosita paydo bo`lishida muhim xizmat qildi. 

O`zbek  hajviy  publitsistikasining  bavosita,  ya`ni  matbuot  turi  sifatida  paydo  

bo`lishi  Turkistonda vaqtli  matbuot nashrlarining  vujutga  kelishi  bilan  bog`likdir. 

Ma`lumki,  Turkistondagi  birinchi  matbuot  nashri    1870  yildan  boshlab  rus  va 

o`zbek  tillarida  chiqa  boshlagan  «Turkiston  viloyatining  gazetasi»  edi.  Turkiston 

general-gubernatorligining  organi  bo`lgan  bu  gazeta  shu  davrda  O`rta  Osiyoni 

istilo  qilib,  o`z  hududiga  qo`shib  olgan  rus    chorizmining  g`oyaviy-siyosiy 

manfaatlari  uchun  xizmat  qilar  edi.  Rusiyaninig  O`rta  Osiyni  qurol  bilan  bosib 

olish  o`lkamizni  mustamlakachilik  asoratiga  duchor  qildi,  xalq  ommasi  ham 

iqtisodiy, ham siesiy va ma`naviy zulm ostida qoldi. Turkiston Rusiya uchun arzon 

xomashyo  ekazib  beruvchi  qoloq  o`lkaga  aylantirildi.  Rus  mustamlakachilarni 

Turkistonning  moddiy  boyliklarini  taladilar,  madaniy  va  ma`naviy  sohalarda  esa 

rus tartiblarini joriy qilishga keng jabhada kirishdilar. O`lkamiz xalqlari o`z tarixi, 

madaniyati va boshqa insoniy qadriyatlardan mahrum etildilar. 

Ammo  chorizm  Turkistonda  qattiq  mustamlakachilik  tuzumini  o`rnatgan 

bo`lsa-da  O`rta  Osiyoning    istilo  qilinishi  o`lkaning  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy-

ma`naviy  hayotida  ma`lum  ijobiy  o`zgarishlarga  olib  keldi.  Feodal  tarqoqlik  

tugatildi,  mahalliy  hukmdorlar  o`rtasidagi  o`zaro  tortishuv  va  urushlarga  barham 

berildi, shuningdek o`lka hayotiga rus  fani, texnikasi va evropacha madaniyatining 

qator  unsurlari  kirib  kela  boshladi.  Bu  jihatdan  o`lkamizning  dastlabki  matbuot 

nashri  bo`lmish  «Turkiston  viloyatining  gazeti»ning  chiqarila  boshlanishi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega  bo`ldi.  Garchi,  gazetada  asosan  podsho  ma`muriyatining 

farmoni,  mahalliy  axborotlar,  e`lonlar  asosiy  o`rin  tutgan  bo`lsa-da  va  gazeta 

muharriri  missioner  N.  P.Ostroumov  gazeta  orqali  ommani  chorizmga  g`oyaviy 

tobe`likda  saqlash,  mahalliy  ziyolilarning  fikrini  mustamlakachilik  siyosatiga 

moslash  uchun  qanchalik  urinmasin,  «Turkiston  viloyatining  gazeti»,  garchi 




 

 

5



beixtiyor,  bilvosita  ravishda  o`lkada  ilm-ma`rifatning  yoyilishi,  dunyoni  bilishga 

qiziqish  uyg`otish  va  Turkiston  gazetxonlarini  rus  fani,  texnikasi  va  madaniyati 

bilan  tanishtirishda muhim rol` o`ynadi. 



 

 

6




Download 135,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish