O‘zbek jadid hajv maktabi. Raximova. M


O`ZBEK HAJV SO`Z USTALARI



Download 135,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.12.2021
Hajmi135,37 Kb.
#76701
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek jadid hajv maktabining taraqqiyot tamoyillari

O`ZBEK HAJV SO`Z USTALARI 

 

20-yillar  o`zbek  fel`etonchiligida  atoqli  adib,  shoir  Hamza  Hakimzoda 



Niyoziyning ham alohida o`rni bor. Taraqqiyparvar jadid adabietida o`zining o`sha 

davrning  muhim  ijtimoiy  muammolariga    bag`ishlangan  fel`etonlar  bilan  ancha 

faol  ishtirok  etgan  va  o`z  asarlari  bilan  milliy  ijtimoiy  fikr  taraqqiyoiga  salmoqli 

hissa.  H.Niyoziy  «Mushtum»  jurnalida    «Ko`cha  ashulasi»,  «Yangi  Farg`ona» 

gazetasining «Chig`iriq» bo`limida  «Saylov oldida», «Bir eshon o`pkasi», singari 

she`rlari  bosilib  chiqdi.Ammo  uning  hajviy  she`rlarida  umuminsoniylik  ruhi  ham 

yo`q  emas  edi.  Shoir  o`zining  oldingi  davr  ijodidagi  bosh  yo`nalishi  bo`lgan 

taraqqiyparvarlik, millat holiga achinish g`oyalarini keyingi asarlarida ham davom 

ettirdi. Jaholat, mutaassiblik kabi ijtimoiy illatlarni qoraladi. 

E omon bo`l, qayda ul o`nbesh qadoqlik papkalar, 

Sizki bundoq shum, munofiq, o`zgadan Kim o`kpalar?! 

deb zaharhanda bilan xitob qiladi shoir bunday shaxslarga

10



Jamiyat  hayotdagi ijtimoiy  illatlarni  yuqotishda,  ularga nisbatan  jamoatchilik 



fikrini  qo`zg`atishda  hajviy  publitsistikaning  katta  rol`  o`ynashini  yaxshi  bilgan 

adib  nasriy  fel`eton  janrida  ham  samarali  ijod    qildi.  Adibning  «Mushtum» 

jurnalining  dastlabki  sonlarida  bosilgan  «Mahalliy  sarmoyani  kuchaytirish 

choralari»  fel`etoni  o`sha  davr  hajviy  publitsistikasi  asarlari  orasida  o`ziga  xos 

salmoqqa    egadir.  «Tovonteshar»  imzosi  bilan  yozilgan  mazkur  fel`etonda 

yozuvchi  Qo`qon    ijroqo`mi  ishidagi  qator  nuqsonlarni,  o`z  manfaatini  xalq 

manfaatidan yuqori qo`yuvchi ba`zi bir xodimlarni achchiq til bilan tanqid qiladi. 

Fel`eton  o`sha  davrda  qo`llaniladigan  ayrim  rasmiy-hujjatlarga  o`hshatma-

parodiya tarzida yozilgan bo`lib, unga kinoyali mazmun beriladi: 

«Qaysiki  mahalliy  hukumat  kishilari,  mahalliy  sarmoyani  ko`paytirish 

chorasini  istasalar  Qo`qon  ijroqo`mining  shul  xususda  qilg`on  qarorlaridan  ibrat 

olsin, masalan: 

                                                           

10

 «Янги Фарғона» газетаси, 1928, 6 март. 




 

 

19



Boqimanda  solig`larni  yig`ishtirish  xaftasi  e`lon  qilib,  butun  mas`ul 

ishchilarni    boqimanda  soliqlarini  undirish  to`g`risida  tashviqot  kampaniyasi 

o`tkazish  uchun  bo`lislarga  chiqarib,  ul  chiqqan  vakillar    qishloqlarni  sayohat 

qilishga chiqib, tashviqot o`rniga ov qilib, qaytishda ijroqo`mlarning qo`lidan olib 

kelgan tilxat bilan qanoatlansin»

11



Fel`eton  davomida  rasmiy  qarorga  parodiya  shakli  davom  ettirilib,  «olti 

soatlik  ish  vaqtlarining  ¾    qismini  oshxonada  o`tkazadigan»,  «har  bir  kirgan 

kishidan  arizadan  ilgari  papirosga  gadoylik  qiladurg`on  ota  o`g`li»lar  ustidan 

kulinadi. Mazkur fel`eton yangi tuzum amaldorlari hatti-harakatlaridagi nuqsonlar 

va illatlarni qattiq tanqid qilishi bilan hamohangdir. 

20-yillarning birinchi yarmida «Mushtum» va boshqa nashrlar sahifalarida o`z 

fel`etonlari  bilan  doimiy  ishtirok  etgan  fel`etonchilardan  biri  G`ozi  Yunus  edi.  U 

o`z  materiallarini  Ayyor,  Dahriy,  Jimit,  Mulla  Mushfiqiy,  Mulla  Cho`qmor,  Mix, 

Murdasho`y,  Mal`un,  Mardikor,  Kishi,  Ishchi,  Murtad,  Otto`rva  soqol,  Oqpadar, 

Sumalak  avliyo,  To`g`ri  so`z,  Eski  musulmon,  Eshimqul,  Shapaloq,  Qalampir, 

Qo`rqoq    maxzum,  G`urt,  Cho`qmor,  G`ip,  G`is  va  boshqa  taxalluslar  bilan 

imzolar  edi.  G`ozi  Yunusning  fel`etonlari  mavzu  jihatidan  xilma-xil  bo`lib,  davr 

ijtimoiy masalalariga qaratilgan edi.  

G`ozi  Yunusning  «Qo`y  terisini  yopingan  bo`rilar»  fel`etoni  ham  aniq 

faktlarga  asoslangan  bo`lib,  unda  oldin    Toshkentshahrida  politsiyachi  bo`lib 

xizmat qilgan, so`ngra Chimkent viloyatining ijroqo`m raisi o`rinbosari mansabiga 

o`tirib olgan Abduqodir Abdurazzoqov  degan kishi tanqid ostiga olinadi. Muallif 

bu  fel`etonida  dalillarni  bayon    qilishda  o`ziga  xos  uslub  –  jarchilik  shaklidan 

ustalik  bilan  foydalanadi:  «-  Hoy,  un  yalagan  qalloplar,  qon  yalagan  qassoblar, 

toshdan  urgan  baqqollar,  bo`ydan  o`rgan  bazzozlar,  kayfi  ketgan  bangilar,  zikr 

aytgan  hangilar,  eshitmadim  demanglar,  manna  bu  ko`z  oldingizda  sazoyi 

qilinuvchi  kishi-o`sha    «ota»miz  Nikolayning  eng  murdor,  eng  jallod 

gorodovoylaridan Abduqodir Abrazzoqovdir». 

                                                           

11

 «Муштум» журнали. 1925. 13-сон. 




 

 

20



Fel`eton  davomida  bu  shaxsning  barcha  qilmishlari  o`sha-  «tantanali  sazoyi 

qilish» uslubida birma-bir sanab chiqiladi va so`ngida: «Eski hukumat jallodlariga 

bizning  oramizda  o`rin  yo`q!  Bitsin  eski  idora  jallodlari!  Bitsin  qo`y  terisini 

yopingan monarxiya dumlari!» - degan xulosa  chiqariladi.

12

 

Ko`rinib  turibdiki,  fel`etonchi  o`z  «qahramon»ini  fosh  etishda  kulgisiz  g`azab 



uo`g`otish usulini tanlagan. Shuni aytish kerakki, yuqoridagi singari kulgisiz satira 

faqat  alohida  hollarda  o`z  natijasini  berishi  mumkin.  Undan  zarur-nozarur  

foydalanish  esa  muvaffaqiyatsizlikka  olib  keladi.  G`ozi  Yunusning    bir  qator 

maqola-fel`etonlarida  anna  shu  holni  ko`rish  mumkin.  Jumladan,  u    «Zamonning 

zayli» fel`etonida dindorlar tanqid qilar ekan, ularni «oq sallali devlar», «axlatlar» 

deb  aytadi.  Muallifning  «O`zbekiston»,  «1925  yil»  kabi  fel`eton-maqolalarida  

to`g`ridan-to`g`ri bayon qilish, xitob etish hollari ustun turadi. Bu – fel`etonchining 

hajviy  jurnalistika  badiiy-estetik  printsiplarini  bir  yoqlama  tushunishi,  ya`ni 

ijtimoiy  kulgining  ahamiyatini  tan  olmasligi  natijasidir,  Abdulla  Qodiriy  G`ozi 

Yunus fel`etonlaridagi xuddi anna shu kamchilikni qattiq tanqid ostiga olganligini 

biz yuqoriroqda aytib o`tgan edik. Umuman olganda G`ozi Yunusning fel`etonlari 

sinfiy 


manfaatlarga, 

bol`shevistik 

partiya 

siyosatiga 

xizmat 

qilishga 

bag`ishlanganligidan  umri  qisqa  asarlar  bo`lib,  o`z  xizmatini  allaqachon  o`tab 

bo`ldi. Faqat umuminsoniyat manfaatlari yo`lida va katta  ijodiy mehnat-mahorati 

bilan yozilgan asarlargina kelgusi davrlar uchun xizmat qilishi mumkin. 

Ziyo  Said  «Salom  va  tanqidli  payon»  fel`etonida  o`sha  davr  o`zbek 

adabiyotining  namoyandalari  haqida  fikr  yuritsa,  «To`ng`izzoda  allanima  balolar 

vaziri» fel`etonida esa Italiya fashistlarining boshlig`i Musollinini fosh etadi. 

Yigirmanchi  yillar  o`zbek  hajvietining  namoyandasi  bo`lgan  Ziyo  Said 

hajvso`zning  yirik  janri-fel`etonlar    turkumiga  ham  qo`l  urdi.  U  o`z  hamkasbi, 

«Mushtum»ning o`sha yillardagi ma`sul kotibi Nosir Said bilan  birgalikda «Oxirat 

maktublari» deb ataluvchi turkum fel`etonlar yaratdi. : 

Yigirmanchi  yillarning  boshlaridan  matbuotga  ilk  qadam  qo`ya  boshlagan 

Abdulla  Qahhor  o`z  ijodini  hajviy  publitsistikadan  boshladi  desak  xato  qilmagan 

                                                           

12

 «Муштум». 1925, 7-сон. 




 

 

21



bo`lamiz. U «Mushtum» jurnalining dastlabki sonlaridan boshlab faol ishtirok eta 

boshladi.  Yozuvchi  dastlab  hajviy  she`r  janrida  ham  ijod  qildi.  U  «Mushtum»da 

bosilgan  qator  hajviy  she`rlarida  jaholat  va  nodonlikdan  tanqid  qildi.  Masalan,  u 

«Eshagim»  she`rida  xalq  og`zaki  ijodi  yo`lidan  borib    mutaassib  dindorlarni  

qoralasa,  «Oy  kuyganda»  she`rida  qoloqlik,  xurofot  ustidan  kuldi.  Shoir  qoloq 

tushunchali  kishilarning  oy  tutilganda  vahimaga  tushib,  qilgan  qiliqlarni  bunday 

hajv etadi: 

Har ko`chada dodu fig`on, 

Tomga chiqib aytib ozon, 

Tovoqlarga keldi qiron, 

Tomosholar bo`ldi vayo.

13

 



     Turmushga  sinchkovlik  bilan  qarovchi  yosh  adib  hayotda  yangilik  da`vo 

qilsa-da aslida eskidan qolgan odatlarni ham ko`ra bildi. Masalan, u “Pes qildim”  

she`rida  o`sha  davrda  mushtumxonlarga  tanish  bo`lib  ketgan  ibora-  «Toshpo`lat 

tajang  nima  deydir?»  asarining  qahramoni  doim  takrorlaydigan  «Pes  qildim» 

degan iborasini radif qilib olib, qoloqlik va jaholat ustidan kuladi: 

Taralg`on soch, buqoq shimlik 

Avom mullog`a pes qildim. 

Qo`lida rus gazeti bor. 

U bilmas balki o`ng yog`in 

Shuni ham ish qilib yurg`on 

Gazetxonlarga pes qildim. 

O`sha  davr    g`oyalarida  mahkam  turuvchi  yosh  shoir    ana  shu    aqidalar 

asosida  qoralana  boshlangan  shoirlar-Fitrat  va  Cho`lponlarga  ham  «til  tekizib» 

o`tgan: 


Shu ham she`ru shu ham yalla 

Haqorat bo`ldi shoirga… 

Dedingmu Fitratu Cho`lpon, 

Haqoratlarga pes qildim!

14

 

                                                           



13

 «Муштум», 1924. 8-сон. 

14

 «Муштум», 1924. 11-сон. 




 

 

22



A.Qahhorning  o`sha  davrda    yaratgan  hajviy  she`rlari  bo`lajak  adibning  ilk 

ijodiy  izlanishlari  mahsuli  sifatida  ma`lum  badiiy  qimmatga  egadir.  Abdulla 

Qahhor yigirmanchi yillarda fel`etonning kichik shakllari ustasi bo`lib ham tanildi. 

Uning  bu  davrdagi  fel`etonlarning  aksariyati  dinga  qarshi  bir  dindorning 

ochko`zligini quyidagicha hajviy bo`rttirish bilan  tasvirlaydi. 

Shuni aytish kerakki, yigirmanchi yillarning boshqa hajviy jurnalistlari qatori 

G`ofur G`ulom ham o`z asarlarida shu davr muxitiga mos xizmat qildi.  

«Mushtum»da  bosilgan  «Ish  qopi  bilan,  gap  –  qofiyasi  bilan»  (1928,  11), 

«Telefonda  anketa  to`lg`azish»  (1928,  21)  kabi  fel`etonlarni  o`sha  davr 

irodalaridagi 

sansolorlik, 

byurokratik 

hollarni 

tanqid 


qiladi. 

«Shoirlik 

nosqovog`idan  bir  otim»  deb  nomlanuvchi  fel`etoni  nuqsonlar  qalamga  olingan.  

Fel`etonchi  bu  asarida  «she`rni  men  zanbarini  onam    to`qisin»  qabilida  ish 

ko`ruvchi,  she`r  nimaligini  bilmasdan  shoirlik  da`vosini  qiluvchi  didsiz,  kaltabin 

bir shaxsning umumlashgan  obrazini yaratadi. Fel`eton qahramoni guyo o`z uyida 

xotini bilan  ham:  

O`tin yo`q, yog` tugab chelakning 

Ichida kalamush o`libdir. 

Oshxona buzilib elakning 

Gardishi dabdala bo`libdir, 

Tarzida «she`r» bilan  gaplashadi. Shu o`rinda muallif o`sha  davrda «oq she`r 

»  nomi  bilan  mashhur  bo`lgan  ayrim  tumtaraqay  uslubdagi  she`rlarni  ham 

masxara-parodiya qiladi:Jonginam, shunday yaxshi, unumli zamonda  

Bir boqib qo`ying, qolmang armonda. 

Ko`r bo`lsin, yo`qolsin, 

                                  Chemberlen! 

                                                     26 iyul` yarmanka. 

Ushbu  fel`etonning  «Handalak  polizidagi  bir  mojaro»  «Eshimqulga  Nazira» 

deb  atalgan  qismida  esa  G`ozi  Yunusning  bo`sh  asarlari  ustidan  piching  bilan 

kulinadi: 

Qaysi shudgordan etilib chiqdim,, 




 

 

23



Qaysi pushtada g`o`dayib pishdim… 

15

.  



G`afur G`ulom bu davrda hajviy publitsistika bilan birlikda hajviy she`riyatda 

ham peshqadamlik qildi. Uning she`riy hajvlari mavzu jihatdan rang-barang, shakl 

va  uslub  jihatdan  o`ziga  xos  edi.  Shoir  har  bir  mavzuga  mos  uslub,  obrazlilik, 

kulgu  turi  va  me`yorini  topa  bildi.  Masalan,  shoir  «Obaki dandon»  she`rida  hayit 

bahonasi  bilan  ayshu  ishratga  beriluvchilarni  kesatiq  kulgisi  bilan  fosh  qilsa, 

«Husn»  hajviy  she`rida  satanglik    illati  ustidan  piching  bilan  kuladi.  Shoirning 

«Kampirimning  hiylasi»  hajviy  she`rida  esa  hayotdan  olingan  komik  hol-qarib 

quyilmagan  cholning  hatti-harakatlarini  engil  masxara,  yumoristik  kulgi  bilan 

tasvirlandi: 

Asta-asta lab yalab tashlar edim shoshqolni, 

Tole`imdan aylanay, ko`rsatdi ushbu folni: 

Sa`ri kovshim teskari kiydi, qo`limda zo`r asso 

Pur salobat sala-tasbih, qochirardim zolni. 

Dilda haqning zikrin aytib ko`chaga qo`ydim qadam, 

 Shoyad uchratsa «xudo» deb bir satang xushholni. 

Nogohon o`tdi likonglab parda ichra bir pari, 

Tortdi-ketdi yonginamdan chimchilab men cholni. 

Qarib-qo`yilmagan  chol  haligi  ayolning  orqachidan  yo`rtadi  va  bir  yo`lakka 

kirib,  paranjidagi  bu  «pari»  bilan  uchrashuvni  «va`da»lashadi.  Lekin  keyingi 

voqealar butunlay boshqacha tus oladi: 

Ertaning fikrin qilay deb hovliga kelgan edim 

Kirmasimdan bachchag`ar kampir yo`g`on bir tolni- 

Keltirib boshimg`a urdi, chiqdi ko`zning paxtasi, 

Beshni urganda chiqardi miyadan misqolni. 

«Voh!»- deb erga cho`zilsam urdi shappoti bilan. 

Ko`p haqoratlar qilurdi men g`aribu lolni, 

Ko`chada ko`rgan o`shal nozik badan bilsam keyin- 

Kampirim ermish, sinarmish men qari dajjolni

16

.  


                                                           

15

 «Муштум», 1928. 8-сон. 



16

 «Муштум», 1928. 15-сон. 




 

 

24



G`afur  G`ulom  o`zbek  hajvietida  birinchi    bor  she`riy    fel`etonga  asos  soldi. 

Uning  «Mushtum»ning  1930  yil,  17-sonida    bosilgan  «Qo`ltiqlangan  kalla 

to`g`risida  qofiyali  va`z  (Tizma  fel`eton»)  deb  atalgan  she`riy  asari  anna  shu 

janrning barcha talabalariga javob beruvchi birinchi asar edi.  

G`afur G`ulomning bu davrda «Mushtum»da bosilgan «Klassiklardan qachon 

so`z  ochar,  ehtiyot  bo`ling-olovlar    sochar»,  «Dramaturg  ko`pmi,  shoir?» 

fel`etonlari  30-yillarda  adabiy  mavzuda  yaratilgan  eng  mukammal  hajviy 

publitsistik  asarlardi.  Mazkur  fel`etonlarda  o`zbek  adabiyotining  barkammollikka 

erishishi  masalalari  haqida  fikr  yuritiladi  hamda  bu    yo`lda  uchrovchi  illatlar-

bilimsiz,  saviyasi  past,  bo`sh  asar  yozuvchilar  tanqid    qilinadi.  Birinchi 

fel`etonning  qahramoni  Suvonqul  shoirlik  da`vosini  qiladi,  ammo  uning 

tushunchasicha  «Pushkin-katta  ko`cha»,  «Tolstoy-yo`g`on  degani»,  «Fuzuliy-eski 

maktabda  o`qilaturg`on  bir  kitob»,  «Muqimiy-Hapalak  qishlog`ining  so`fisi»  va 

hakozo. Muallif ana shunday kaltabin, maqtanchoq shaxsning tipik obrazini ustalik 

bilan yaratadi. «Dramaturg ko`pmi, shoir?» fel`etonida ham zamon talabiga javob 

bermaydigan  bo`sh,  pul  uchun  yozilayotgan  asarlar  ko`pligi  o`tkir  kinoyaviy 

iboralarda ochib tashlanadi: 

«..Modomiki,  she`rni  olov  pusqurguchi,  vahimalar  yaratuvchi,  o`z-o`zidan 

lovillab  yonguvchi  va  hammasi  yig`ilib  elliktadan  oshmagan,  ishlatila-ishlatila, 

suykala-suykala  sartarosh  qayrog`iday    chibin  ko`nsa  oyog`i  tiyg`anadigan 

darajada shablon  so`zlarda har  qachon  yozish  mumkin,  na  vaznu  qofiya,  na   saj`i 

tashbih,  na  nisbat,  na  tanosib,  na  sifat  va  na  salmoq  she`r  yozish  shartlari  bilan 

aloqador emasdir va bu she`rlarga O`zgizning kassasi  har qachon ochiqdir, qani ey 

mening  osoyishta  tinglaguvchim,  onang  ham  shoirlarning  ro`yxati  bormi, 

haligacha  qancha  asari  bor?  Agar  bo`lmasa  hayf  senday  o`g`ilgakim,  haligacha 

sening uchun saharlar turib oq sut  bergan onayi  mehriboningni qarigan kunlarida 

shunchalik  jo`n,  shunchalik  o`nimli  shunchalik  obro`li  bir  kasbga  tashviq 

qilmabsan va duosini olmabsan»

17

.  


                                                           

17

 «Муштум», 1931. 18-сон. 




 

 

25



Adib  yuqoridagi  kabi  istehzoli-dabdabali  xitob  yo`li  bilan  adabiyotdagi  

kamchiliklar ustidan kuladi. 

Jumladan, biz Mavlono Paydoning  

Bo`yra to`qilur, 

Kitob o`qilur, 

Oltmishga kirgan bo`lsang, yuz yoshingga qirq yil bor, 

Bu sahifani o`qib bo`lib, yonidagi sahifani o`qi, 

Singari  «chuqur  mazmunli»,  «hikmatli  so`z»larini  o`qib,  «huzur»  qilsak, 

uning «soddalik», «go`llik» bilan aytib yuborgan: 

Raypishchetorgga ishga kirgan bo`lsang-o`g`il to`yini boshla,  

Behafsala yozilgan asarni hafsala bilan so`kadilar, 

Xalq  haqqini  egan  sassiq  bo`lar

18

  kabi  iboralaridan  «kosaning  tagidagi 



nimkosa»ga  qilingan  ishora  sifatida  tushunamiz.  Yozuvchi  shu  tarzda  hayotdagi 

qator  illatlarni  fosh  etishda  Mavlono  Paydo  obrazidan  foydalandi.  Umuman 

olganda,  mazkur  obraz  garchi  tugallanmagan  bo`lsa-da  (ikkinchi  jahon  urushi 

boshlanib ketganligi tufayli) o`ziga xos mukammal hajviy tip-niqob sifatida o`zbek 

hajvchiligi tarixida munosib o`rin egallaydi. 

 

 



 

                                                           

18

 «Муштум», 1941. 8-сон 




 

 

26




Download 135,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish