O‘zbek jadid hajv maktabi. Raximova. M


HAJVIY XARAKTeR VA BADIIY MAHORAT



Download 135,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.12.2021
Hajmi135,37 Kb.
#76701
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek jadid hajv maktabining taraqqiyot tamoyillari

HAJVIY XARAKTeR VA BADIIY MAHORAT 

 

Atoqli adib Abdulla Qodiriy hajvietda ijtimoiy kulgining turlari haqida gapirar 

ekan,  uning  yana  bir  uslubi-xarakter    kulgusi  ham  mavjudligini  ta`kidlagan  edi. 

«Sizni    nafratlantirgan  masala  yoki  yaxshi  o`z  hayotidan,  o`z  xususiyatidan  olib 

kulgi holiga qo`yishingiz kerak. Ya`ni, siz bu kulgulikni yasagan bo`lib ko`ringan 

bo`lib  ko`rinmang,  balki  o`zi  yasalgan  bo`lsin.  O`z  holini  o`zi  arz  qilsin»-deb 

yozadi  adib.

1

  Uning  bu  so`zlari  hajvietda  obraz  yaratish  bilan  bog`liqdir.  Chunki 



hajviet  ijtimoiy hayotni aks ettirar ekan, undagi illatlar, salbiy voqea yoki faktlarni 

oldiy  qayd  etmaydi,  balki  uning  mohiyatini  ochib  berishi  shart.  Bu  esa  hajvietda 

umumlashtirish,  tipiklashtirish  orqali  obrazlar,  tiplar,  hajviy  xarakterlar  yaratish 

orqali amalga oshiriladi. 

Hajviy asarlarda yuqoridagi kabi aniq-umumlashma va umumlashma-to`qima 

obrazlar bilan birlikda badiiy ijodning mukammal unsuri bo`lgan hajviy tiplar ham 

mumkin.  Hajviy  tip  yuqoridagi    obraz  turlaridan  shu  bilan  farq  qiladiki,  unda 

ma`lum  bir  sinf,    ijtimoiy  tabaqa  yoki  guruh  kishilariga  tegishli  bo`lgan  belgilar 

bilan  bir  qatorda  bu  obrazning  o`ziga  tegishli  bo`lgan  shaxsiy  xususiyatlar  ham 

keng  ifoda  etiladi.O`quvichning  ko`z  oldida  ham  butun  bir  ijtimoiy  tabaqaga 

mansub xususiyatlarni tashuvchi, ham jonli odamga xos bo`lgan fe`l-atvorli odam 

obrazi gavdalanadi. Bundi ikki  tomon-shaxsiy va umumiy sifatlar uyg`unlashgan  

bo`ladi,  ya`ni  umumiylik-yakkalik  orqali  ochiladi.  Hajviy  xarakter  yaratish  xiyla 

murakkab  adabiy-ijodiy  muammo  bo`lib,  yozuvchidan  hayotni  chuqur    bilishni, 

katta mahoratni talab qiladi. U biror ijtimoiy tabaqa yoki guruhga mansub bo`lgan 

ko`p  kishilarning  fe`l-atvorlarini,  odat  va  turmush  kechirish  tarzlarini  o`rganib, 

to`plab,  ularning  xarakterli    tomonlarini  yig`ib,  shuningdek  bir  obrazgagina  xos 

bo`lgan jonli, individual xususiyatlarini ham topib, uni «tiriltirishi» lozim. Yozma 

adabiyotda bunday yig`ma hajviy tiplarga misollar ko`p. 

Yuqorida  keltirilgan  hajviy  tiplar  asosan  hajviy  adabiyotning  yirik  janrlari 

bo`lmish  roman  va  povestlarda  yaratilganligi  ma`lum.  O`ziga  xos  qonuniyat  va 

                                                           

1

 Қодирий.А  Ёзишғувчиларимизга Кичик асарлар. Т.Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. 



1969.-187. 


 

 

7



imkoniyatlarga  ega  bo`lgan  hajviy  publiitsstika  asarlarida  ham  hajviy  xarakterlar 

yaratish masalasi bir tomondan yozuvchining mahoratiga  bog`liq bo`lsa, ikkinchi 

tomondan publiitsstika xususiyatlariga borib taqaladi. Chunonchi, bir fel`etonning 

o`zida  to`la  ma`nodagi,  ya`ni  ham  individual,  ham  umumiy  xususiyatlarga  ega 

bo`lgan hajviy xarakter yaratish ancha mushkul ish. Shuning uchun bir fel`etonda 

hajviy  tip  emas,  yuqorida  ko`rib  o`kanimizdek  yo  konkret-umumiy  yoki 

umumlashgan  tiplar  yaratish  mumkin.  Ammo  hajviy  publitsistika  janr  jahatidan 

fel`eton  va  pamflet  bilan  cheklanib  qolmaydi.  Hajviy  publitsistikada  fel`etonlar 

yoki    pamfletlar  turkumi  ham  mavjuddirki,  u  o`z  hajmi  va  imkoniyatlari  bilan 

badiiy  adabiyotning  qissa  /povest`/  janriga  yaqindir.  Bir  fel`eton  yoki  pamfletda 

iloji  bo`lmagan  ijodiy  muammo-hajviy  xarakter  yaratish-ulardan  kengroq  bo`lgan 

bu fel`etonlarni o`z ichiga olib, ular o`zaro umumiy mavzu yoki  «qahramoni»ning 

umumiyligi 

bilan 


bir-birlariga 

bog`lanadi. 

Masalan, 

A.Qodiriyning  

«Eshonlarimiz»,  «Toshkent  boylari» nomli  fel`etonlar turkumlari  mavzu  jihatidan 

bog`langan  bo`lsa,  «Maskov  xatlari»  esa  sayohat  xotiralar  shakli  bilan  birikib 

turadi.  Hajviy  publitsistikada  juda  noyob  uchraydigan  asar-tipik  obraz  bilan 

bog`langan fel`etonlar turkumidir. 

Yigirmanchi  yillar  o`zbek  hajvietida  fel`eton  va  boshqa  hajviy  janrlar 

shakllanibgina  qolmasdan,  balki  hajviy  ijodning  juda  murakkab  muammosi  hal 

etildi.Ma`lum tip bilan bog`langan fel`etonlar  turkumlari vujudga keldi va ularda 

to`la ma`nodagi hajviy xarakterlar yaratildi. Bu vazifa zo`r iste`dodli adib Abdulla 

Qodiriy tomonidan «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» va «Toshpo`lat tajang 

nima deydir?» kabi fel`etonlar turkumlarida muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. 

Yigirmanchi  yillarda  o`zbek hajvietida  faol ijod  qilgan  adiblardan  biri  mohir 

hajvi  Abdulla  Qodiriy  edi.  Ilg`or    taraqqiyparvarlik  g`oyalari  ta`sirida  ijtimoiy-

ijodiy  kamolga  etgan  adib  jadid  matbuoti  sahifalarida  o`zining  ilk  fel`etonlari, 

she`rlari    bilan  qatnashib,  o`z  asarlarida  oldiy    xalq  ommasining  fikr-tuyg`ulari, 

orzu-umidlarini  ifodaladi  va  ijtimoiy  illatlarni  qoraladi.  1917  yil  oktyabr` 

o`zgarishi  Turkiston  xalqi  ham  haqiqiy  ozodlik  va  rushnolik  olib  kelishiga 

ishongan  soddadil  yozuvchi  faol  ijtimoiy-ijodiy  faoliyatga  kirishdi.  Ozuqa 



 

 

8



komitetida,  yangi  tuzumning  gazeta  va  jurnallari  redaktsiyalarida  ishladi,  o`tkir 

fel`etonlar  va  boshqa  hajviy  asarlar  yozdi.    Hajviy  publitsistika    sohasida  katta 

tajribaga  ega  bo`lgan  adibga  markaziy  jurnali-  «Mushtum»ni  tashkil  etishday  ish 

ishonib topshirilganligi bejiz emas edi. Uning publitsist-hajvchi sifatidagi faoliyati 

ayniqsa  «Mushtum»  jurnalida  yorqin  namoyon  bo`ldi.  «Mushtum»  sahifalarida 

A.Qodiriyning  yuzga  yaqin  fel`etonlari  va  bir  necha    fel`eton  turkumlari  bosilib 

chiqqan  edi.  Adib  hajviy  publitsistika  mazkur  janrining  ajoyib  ustasi  bo`lib 

tanilganidan  o`sha  davrda  «fel`etonlar  qiroli»,  «yig`latib  kuldiruvchi  va  kuldirib 

yig`latuvchi» deb nom olgan edi.

2

 



Abdulla  Qodiriy  o`z  hajviy  asarlarini  Ovsar,  Boyqush,  Do`lta  maxzum, 

Dumbul  o`g`li,  Dumbuldevona,  Dumbuliniso,  Julqunboy,  Jirtakchi,  Jarqin,Jiyan, 

Indamas  eshon,  Yo`lovchi,  Karnaychi,  Kalvak,  maxzumning  jiyani,  Kampir, 

Lakalang  maxzum,  mulla,  Nishonboy,  Mushtum,    Sovrinboy,  Telba,  Chichora, 

Chin do`st, Chirmanda botir, Shoshiy, Shilg`oy, Shapaloq maxzum, Yapaloq qush 

va  boshqa  taxallus  va  yashirin  imzolar  bilan  yozardi.  Bular  orasida  Julqunboy 

taxallusi juda ommalashgan bo`lib, ko`pchilik o`quvchilar uni shu bilan atashardi. 

Xuddi  tomchida  quyosh  aks  etgani  singari  A.Qodiriyning  hajviy  asarlarida  

barcha  g`oyaviy-badiiy  xususiyatlar  to`la  aksini  topgan  adi.  Zero,  o`zbek 

hajvietining ijtimoiy-ijodiy talablari, g`oyaviy-badiiy printsiplari va boshqa nazariy 

asoslarini  A.Qodiriyning  o`zi  ishlab  chiqqan  edi.  Adib  o`z  ijodiy  faoliyatida  ana 

shu qonuniyatlarga suyandi va ularni bevosita hayotga tadbiq etish uchun kurashdi. 

Masalan, adibning «Moskovdan xatlar» deb nomlangan fel`etonlar turkumida 

yozuvchi  kulgining  turli  xillaridan/adibning  o`z  ta`biri  bilan  aytganda  «piching, 

kesatish,  kinoya,  tag`ofil  va  boshqa  xil  kulgi  yo`llari»/dan  ustalik  bilan 

foydalanadi.  Bu  asar  adibning  Moskvaga  qilgan  sayohati  davomida  olgan  

taasurotlari  asosida  yozilgan  bo`lib,  u  o`z  boshidan  kechirgan  ayrim  hodisalar, 

chunonchi  Moskvadagi  O`zbekiston  vakolatxonasiga  qarashli  yotoqxonadagi 

noqulayliklar ustidan engil kulgi bilan kuladi: 

                                                           

2

 «Муштум», 1924, 25-сон. 




 

 

9



«bu  kun  ham  tuni  bilan  bel  va  boldirlarim  sirqirashib  og`rib  chiqdi.  Sim 

karovatning cho`kirtaklari poxol to`shakdan turtib chiqib, haligi  sirqirashlar bilan 

menga hujum qilganda faqir mahbubasi to`g`risida o`ylab ko`ziga uyqu kelmagan 

oshiqlardek  bilonglab  to`lg`onar  edim.  Bilong`lay-bilong`lay  bir  oz  uyquga 

borgach  o`ngimdan  ba`zi  bir  turkistonlik  akamlarning  nutqiga  o`xshash  tutirig`i 

yo`q  tushlar  yasov  tortib  o`ta  boshladi.  Bu  orada    etib  alla  qaysi  erimni  o`yib 

olg`on  edilar.  Ko`zim  moshdek  ochilib  ketib,  qorovul  chaqirg`onimni  o`zim 

sezmay qolibman ».

3

 

Hayotdagi  ijtimoiy  illatlarni  tasvirlashda  esa  hajviy  bo`yoqni  ayamaydi.  U 



Moskvaga  oldi-sotdi  uchun  kelgan  «sudralma  chopon,  yopma  salla»,  «mahsining 

qo`njig`a havsala bilan qilingan keng qavl ishton» kiygan, «belboqqa qistirilgan kir 

yovliq»li  hamyurtlarini  ko`rganda  «egani  og`zida,  yutgani  bo`g`zida»  qolishini 

aytib, bunday shaxslarga o`ta zaharxandali kulgini ro`para qiladi: 

«Boshni  chulg`ab  olgan  salla  bilan  er  supirib  yurgan  to`n  ostida  bilasizmi 

qanaqa lash-lush bor? Eshakka teskari mingan dangaldor taassub!»

4

 

yozuvchi  «Maslagu  maqsaddan  sha`mai  izhor»  sarlavhali  fel`etonida  o`tkir 



kinoya kulgusini qo`llaydi. Bu fel`etonda ham davrning muhim ijtimoiy mavzusi-

har qanday g`oya va maslakni sotib pul-mol to`plash, qo`sh-qo`sh imoratlar solish 

hollari qalamga olinadi. Fel`eton muallifning shikoyati shaklidagi piching asosiga 

qurilgan. Muallif «ba`zi birovlar Buxoro va Xo`tan degan joylardan ipak gilamlar 

keltirganlaridan va Maskov, Leningrad degan shaharlardan royal degan mablag`lar, 

oynai  jahonnomalar..  orttirg`onlarida  tokay  men  otam  marhumdan  qolg`on    eski  

po`stakda  umr   kechiray…  do`stlarim  

oq uy, ola bargaklar solib, ayshu ishrat qurg`onlarida tokay men soat sajdaga moyil 

turg`on  chorcho`pning  orasida  lohavlo  o`qib  kun  kechiray?...»,-deb  shikoyat 

qilg`ondek bo`ladi. Fel`etonda kinoyatdan shu qadar ustalik bilan foydalanilganki, 

guyo adib rostdan ham –ana shu mol Dune, boyliklar jozibasiga berilib ketgandek 

                                                           

3

 «Муштум», 1924, 12-сон. 



4

 «Муштум», 1924, 7-сон. 

 

 



 

 

10



tuyuiladi.  Ammo,  fel`eton  so`ngidagi  parchada  boylikka  mukkasiga  ketgan 

shaxslarga muallifning munosabati nozik va o`tkir piching orqali ifoda etiladi: 

«Do`stlarimdan bittasi ikki ming chervonesga tushirib, shohona imorat qilg`on 

ekan,  o`tgan  kuni  fotihaga  borib  keldim.  Nafsilambrga  qaraganda    Toshkentda 

o`zining  oliy  binolar  solishi  bilan  mashhur  bo`lgan  To`xtajonboy  va  Orifxo`ja 

eshonlarni bir cho`qishda qochiraturg`on bino bo`libdir. Xordiq chqorgandan so`ng 

«ko`cha tarafga isiriq bog`lab qo`y, mehmonxonangdan oshna- og`ayningni uzma, 

dastirxoningni  kal-ko`rdan  ayama»,-dedim.  Oshnamning  yaxshi  niyat  bilan 

qurg`on  imoratini  ba`zi  maorifsiragan  muttahamlar  «Maktab  uchun  muvofiq  bino 

bo`libdir,  ot  aylanib  qozig`ini  topar!»-deb  shivir-shivir  qilar  ekanlar.  Ko`chaga 

chiqqan edim, imoratni tomosha qiluvchilardan bo`lg`on bir tiyiqsiz shoir: 

Vaqtoki aftoda hol eding, elkangda obkoshing, 

Sut o`rniga suv sotish kasb erdi senga yakkoshing, 

Ajabo, bu ko`rdigim-taraqqo-turuq nadur, 

Ajabo, bu shohona qasru ravoq nadur? 

deb    ta`na  toshini  otmoqchi  bo`ladir.  Bu  shoirni  yaxshilab  koyidim  va 

«Tovshingni o`chir, haromi», -dedim»

5



Adibning  o`tkir  piching,  kinoya  va  qochirimlariga  boy  kulgusini  uning  «Olti 

yillik  bazm»  deb  nomlangan  fel`eton  obzorida  ham  yaqqol  ko`rish  mumkin. 

Fel`etonda  ekan,  bu  borada  faoliyat  ko`rsatgan  jurnalist  va  adiblarga  kulgi 

xillaridan  foydalaniladi.  Adiblarni  baholashda  muallif  garchi  biroz  Cho`lponni 

«bugun  qizil  gulu,  erta  noparmon  gul»,  deydi.  O`sha  davrda  mashhur  bo`lgan 

adabiyotshunos  Vadud  Mahmud  to`g`risida:  «Bir  birodarimizning  tasviricha 

«ko`klam»dir,  ko`klamning  yozi  bilan  ko`zi  qanday  kelishini  aytib  qo`ymoq-

noma`qil 

buzoqning 

go`shtini 

emakdir»,-deydi. 

Adib 


Turkiyadan 

tushunmaganidek, matbuotnikiga Eson afandi ham tushunmaydi. Bu uni bir pulga 

olmasa,  u  ham  buni  uch  pulga  olmaydi,-deb  qochirim  qilsa,  Vali  Allomov  degan 

tarjimonning  «o`zi  haqiqatda  ellik  og`iz  o`zbekcha  so`z  bilsa-da,  ajoyib  bir 

tarjimon sanalishi»dan kuladi.

6

 



                                                           

5

 «Муштум», 1925, 2-сон. 



6

 «Муштум», 1924, 4-сон. 




 

 

11



Abdulla Qodiriyning hajviy publitsistikaga oid qator asarlari fel`eton-xronika 

janriga oiddir. Bu xildagi  felbetonlarda kulgining o`ziga xos maqomi-jiddiy kulgi 

asosiy  o`rin  egallaydi.  Ma`lumki,  fel`etonchi  fikr  yuritadi.  Bunda  muallifning 

asosiy  maksadi  o`quvchilarni  kuldirish  emas,  balki  o`zi  hikoya  qilayotgan  fakt, 

voqea va muammolar haqida bir yuritish, asosli, publitsistik xulosalar chiqarishdan 

iborat  bo`ladi.  Bu  vazifa  esa  fel`etonchidan  badiiy  to`qima  va  kulgidan  juda 

me`yorida foydalanishi talab etadi. Bu o`rinda fel`etonchi uchun publitsistik tahlil 

asosiy  vosita  bo`ladi.  «Men  ishlaydigan  usul  shundan  iboratki,-deb  yozgan  edi 

taniqli  rus  fel`etonchisi  M.Kol`tsov  bu  usul  haqida,-faktlarga  qanday  bo`lmasin 

to`qima-hoh  badiiy  bo`lsin-aralashtirilmaydi,  publitsistik  faktlarni  esa  shunday 

berish kerakki, ko`zga «mana-man»deb  tashlanib tursin». 

Fel`eton  Toshkentli  mashhur  Abulqosim  eshonning  ta`rifi  Bilan  boshlanadi. 

Ko`p  muridlar  orttirib,  hisobsiz  mol-dunyo  to`plagan  bu  eshon  o`z  manfaati 

yo`lida hech narsadan qaytmaydi.  

U boylik orttirish  uchun hatto Rossiya podshosi Nikolay I bilan ham maxfiy 

ittifoq tuzadi. Yozuvchi buni faktlar orqali birma-bir  ochib beradi. Eshonning bu 

sotqinligi  evaziga  Nikolay  I  tomonidan  mukofotlanishi,  Toshkent  general-

gubernatori  Fon  Kaufman  o`lganda  «uning  ta`ziyasiga  chiqqan  bizning 

Abulqosimxon  eshonimiz  butun  Toshkent  musulmonlarini  hayratda  qo`yib, 

Kaufman  ruhiga  «Taborak»…ni  tilovot  qilib  bag`ishlanganligi»  singari  tarixiy, 

haqiqatda  bo`libo`tgan  voqealarni  keltiradi.  Adib  eshonning  turmush  tarzidagi 

ayrim illatlarni ham keltirib o`tadi: 

«Marhum  eshonning  ba`zi  bir  xislatlari:  ul  zot  Askar  avqotlarini  yosh, 

ma`sum  o`g`lonlarning  suhbatida  kechirar  edilar.  Haq  taolo  didorining  aksini  shu 

o`g`lonlarning  yuzida  mushohada  qilar  va  bir  o`g`lonning  qo`lidan  ichilgan  bir  

piyola  choyni  kavsar  suvidan  behroq  hisoblar  edilar.  O`zlaridan  so`ng  o`n  parlab 

yosh xotun va cho`rilar sochlarini yoyib qoldilar»

7



Eshonning o`g`li Saidboqixon ham xalqni talashda otasidan qolishmay, u ham 

«oq podshoning himoyasiga sig`inib, beshog`och qozisi bo`lib olib, «bir tomondan 

                                                                                                                                                                                           

 

7



 «Муштум», 1924, 25-сон. 


 

 

12



qozilik,  ikkinchi  tomondan  eshonlik kasbi  Bilan  otalaridan qolgan  bog`, sholikor, 

hovli,  ajuvoz,  tegirmon  va  boshqa  amloklar  yonig`a  yana  o`n  qayta  boylik  izofa 

qildi…»  Uning  o`g`li  Mahdixon  eshonning  ham  «mansab  va  Dune  sevishda 

bobolaridan 

qolisha 

turg`on 


o`rni 

yo`qdir». 

«Qornini 

yorg`onda 

alif 

chiqmayturg`on»  eshon  «bir  tomondan  boylarning  ko`magi,  ikkinchi  tomondan 



pristav va ellikboshilarga konvert orqali ulashilgan «badal»lar yordami bilan tupa-

tuzuk «qozii islom» bo`lib olib zo`r berb boylik orttiradi.  

Yozuvchi  eshonlar  sulolasining  tarjimai  holini  yana  davom  ettiradi:  «Said 

Maxdixon pochchamiz 1911 yillar orasida shariat kursisiga o`ltiron bo`lsa, to 1917 

yillargacha  Mochalip-pochaliplarning  ko`liga  suv  quyib  «otam-onam»  bilan 

qiltillab kela oldi. Ammo charxi kajraftor davrasini teskaridan olib, shartta inqilob 

degan  kasofat  yuz  ko`rsatgan  edi,  shiliq  etib  bizning  Mahdixonimiz  ham  shariat 

kursisidan qulab tushdi»

8

.  


Adib  ushbu  fel`etonida  eshonlar  tabaqasining  kirdikorlarini  fosh  qilar  ekan, 

umuminsoniy  nuqtai  nazarda  turganligini  ko`ramiz.  Illo,  haqiyqiy  islomiy-

umuminsoniy  ta`limotda  ham  dindorlarning  halol-pokliklari,  birovning  moliga 

ko`z  olaytirmasliklari,  pul-mol  ketidan  quvmasliklari  talab  etilgan,  bu  tabarruk 

qoidalarni buzganlar la`natlangan. 

Abdulla  Qodiriyning  o`zbek  hajviy  publiitsstikasi  xazinasi  va  rivojiga 

qo`shgan buyuk  hissalaridan biri shundaki  u  mazkur  ijtimoiy-ijodiy  sohaning  eng 

mukammal janri-ma`lum tip bilan bog`langan fel`etonlar turkumini va ularda to`la 

ma`nodagi hajviy tiplarni yaratdi. Bu yuqorida bir necha bor tilga olib o`tganmiz-

«Kalvak  maxzumning  xotira  daftaridan»  va  «Toshpo`lat  tajang  nima  deydir?» 

asarlaridir. Har ikki asar ham o`zbek hajviy publitsistikasi va hajviy adabiyotdagi 

mislsiz yangilik bo`ldi.» 

«Kalvak  maxzumning xotira daftaridan» fel`etonlar turkumi  yigirmaga  yaqin 

fel`etondan  iborat  bo`lib,  «Kalvak  mazxumning  xotira  daftaridan»,  «Kalvak 

maxzumdan»,  «Kalkak  maxzumning  idoramizga  ochiq  xati»,  «Odamzodning  aqli 

                                                           

8

 «Муштум», 1924, 26-сон. 



 

 



 

 

13



etmaydir»,  «Qishloqqa  yuzingni  o`gir,  bachima`ni?»,  «Dardisar»,  «Bachtur 

zamona  duchor  shudem»,  «Hoy,  xudoy  urg`onlar!..»  kabi  va  boshqa  sarlavhalar 

bilan «Mushtum» jurnalining 

 1923-26  yillardagi  yigirmadan  ortiq-sonida  bosilgan.  Turkum  undagi  asosiy 

personaj-Kalvak maxzum (to`la nomi-Domla mabujur mulaqab ba Kalvak maxzum 

ibn  Mulla  Salimsoq  oxun  mudarrisi  marhum  Shishiy  Naqshbandiy)ning  tarjimai 

holi,  uning  sarguzashtlari  hamda  maxzumning  o`shu  davrning  turli  ijtimoiy 

masalalariga doir «Maslahat-xat»laridan topgan. 

Boshida  ikki  choraklik  sala,  qo`lida  yuz  bittalik  tasbih,  ko`chama-ko`cha, 

guzarma-guzar  kezib,  «oxirzamon  ishlari»ni  kuzatib,  hayolan  ayyuhannos  solib 

yurgan shaxs-Kalvak maxzumdir. U har qalamda duch kelgan voqeaga aralashadi, 

o`zicha  «sharh»laydi:  «mishiq-tupig`i  oqg`on  bolalarning  yarim  beldan  loy  kechi 

bit urishtirish bilan mashg`ul»liklarini ko`rib  «ziyoda  zavqi  keladi»,   hammahalla 

yigitni  militsiya  kiyimida  ko`rib,  uni  «cho`qing`on»ga  chiqaradi,    maktabga 

ketayotgan o`n ikki yoshlar chamasidagi qizni «buzuq» deb o`ylaydi va hokazo… 

Vujudi  nodonlik  va  jaholat  Bilan  qoplangan  bu  kaltabin  va  kaltafahm  shaxs 

hayotdagi  har  bir  yangilikni  ko`rib,  aqli  etmaydi.  Shu  sababli  dahshatga  tushadi, 

«zamona  oxir  bo`ldi»,  deb  ayyuhannos  soladi.  Yozuvchi  bu  obrazni  rivojlantirib 

boradi, uning Yangi-yangi qirralarini ochadi, masalan, maxzum Yangi ochilgan bir 

kutubxonaga kirib qoladi, ammo bu erda ilmiy, tarixiy kitoblar saqlanishini eshitib, 

jazabasi tutib ketadi: 

«Shul vaqt bahad qahru g`azabim kelib ketdi, har bir tukim bir xanjari obdor 

bo`ldi, bir na`rai  ra`divor tortib, musulmonarni  yo`ldan ozdirmoqda bo`lg`on shul 

jadid  kitoblarni ag`darish-to`ntarish qilub ko`chaga chiqorub tashlagum keldi»

9



Ma`lumki,  har  qanday  obraz  o`z  tarixiy  va  mantiqiy  rivojlanish  yo`liga  ega 



bo`lgandagina  o`quvchini  ishontirish  mumkin.  Shu  boisdan  yozuvchi    fel`etonlar 

turkumining o`rtalarida Kalvakning tarjimai holini bayon qilishga kirishadi. Unda 

maxzumni  etishtirgan    ijtimoiy  muhit,  tekinxo`r,  ma`naviy  tuban,  johil  yuir 

oilaning hayoti, buzuq tarbiyasi o`quvchining ko`z  oldida namoyon bo`ladi. 

                                                           

9

 «Муштум», 1923. 18-сон. 




 

 

14



Kalvak  Maxzum  o`zining  tug`ilishini  «volidaning  rohimlarida  qaror  toib, 

to`qqiz  oy,  to`qqiz  kun  va  to`qqiz  soat  o`tib,  ro`zi  dushanbada  yarim  kecha  vaqti 

oyning  o`n  to`rtinchi  kuni,  mohitobonning  Ayni  to`lishgan  zamonida  yorug` 

dunyoga  barq  urib  qadam  ranjida  qildim»,  -deb  maqtanib,  tum-taraqaylik  bilan 

tasvirlaydi.  O`z  muhitining  mahsuli  bo`lgan  Kalvak  yoshligidan  jismoniy  bo`lib, 

ma`naviy  majruh  bo`lib  o`sadi.  U  shunday  hikoya  qiladi:  «Bad`azan  farqining 

tarbiyatiga  ko`shish  aylab  etti  kechamni  eson-omon  o`tkazib,  sakkizinchi  kuni 

beshikka  solibdurlar.  Ammo  o`n  birinchi  kechada  biroz  chalig`lab  o`tibdirkim, 

alhol  bu  ma`nining  asorati  kaminada  boqiydir.  Ya`ni  takallum  qilg`onimda  «qix-

qix» qilub va yana «mosh» deyish o`rniga  «bosh» deb mimni oyta olmaydurman. 

Bamisli hazrati Muso allayhissalomning «sin»  o`rniga «shin» aytganlaridek… 

Abdulla  Qodiriyning  «Kalvak  maxzumning  xotira  taftaridan»  fel`etonlar 

turkumi o`sha davr hajvietidagina emas, balki umuman o`zbek hajvchiligida katta 

ijodiy  yutuq  edi.  Adib  o`zining  bu  asarida  johil,  mutaassib  dindorlarning  tipik 

obrazini  yaratdi  hamda  bu  obraz  orqali  mazkur  tabaqaga  xos  bo`lgan  barcha 

xususiyatlar, jaholat, ta`magirchilik va boshqa illatlarni masxara qildi.  

Shuni ta`kidlash ham joizki, Kalvak maxzum obrazini faqat salbiy obraz deb 

bo`lmaydi. Mukammal yaratilgan har qanday hajviy tiplar (Don-Kixot, Shveyk va 

b.)  singari  bu  xarakterda  ham  ikki  tomonlamalik,  hayotiy  qarama-qarshilik 

mavjuddir,  Kalvak  maxzum  ham  goh  o`ta  soddalik,  goh  mug`ombirlik  bila  hayot 

haqiqatlarini gapirib va ba`zi bir illatlarni ochib qo`yadi. Masaln, u o`z so`zlaridan 

birida  «bu  kofir,  musulmonlarining  boshiga  nimalar  solmadi»,  deb  «oh»  tortadi. 

Bu  –oddiy  bir  qariyaning  rus  mustamlakachilariga  bo`lgan  munosobati  edi.  

Fel`etonning  «Qavodiul  umaro»  qismida  esa  Yangi,  sovet  tuzumi  idoralarida  avj 

olgan  to`rachilik-  byurokratlik  illati  xajv  etiladi.  Turkumga  kiruvchi  boshqa 

fel`etonlarda    ham  uchrab  turuvchi  bunday  hollar  Kalvak  obrazining  ishonchli  va 

hayotiy bo`lishida xizmat qilgan. 

Hayotni chuqur bilgan mohir hajviy Abdulla Qodiriy ikkinchi bir tipik obraz-

Toshpo`lat tajang obrazini ham yaratdi. Bu umumiy hajviy tip bilan bog`lanuvchi 

va  «Toshpo`lat  tajang  nima  deydir?»  («Chapanilar  maydonidan»)  deb  nomlangan 




 

 

15



hamda  o`ndan  ortiq  iborat  bo`lgan    fel`etonlar  turkumi  «Mushtum»ning  1924-26 

yillardagi bir necha sonlarida shuhrat topgan hajviy asar edi. Adib mazkur asarida 

o`sha  davrdagi  yana  bir  ijtimoiy  tabaqa  –jaholat  va  qoloqlik    muhiti  yaratgan 

chapanilar, bezorilar toifasining hayotini qalamga oladi va bu guruhga xos bo`lgan 

ichki qarama-qarshiliklarni  hayotiy tasvirlash orqali ular ustidan xalq nazari bilan 

kuladi. 


Xuddi  Kalvak  maxzum  singari  Toshpo`lat  tajang  obrazida  ham  serqirralik 

mavjuddir.  Toshpo`lat  tajang  oddiy  xalq  vakili,  uning    bir  bo`lagi  sifatida  fikr 

yuritar  ekan,  goh-goh  xaqqoniy  gaplarni  ham  gapiradi,    hayotda  uchraydigan 

amalparastlik,  nohaklik  va  boshqa  illatlarni  ochib  tashlaydi.  Abdulla    Qodiriy  

Toshpo`lat  tajangni  chanapi  sifatida  to`ppadan  to`g`ri  qoralamaydi,  aksincha  uni 

alohida bir mehr, iliq yumor bilan tasvirlaydi, hayotdagi nuqsonlarni fosh etishdan 

uning obrazidan astalik bilan foydalanadi. Shu boisdan ham mazkur obraz Abdulla 

Qodiriy  yaratgan  umuminsoniy,  hayotiy  obrazlardan  biri  bo`lib  qoldi.  Mazkur 

asarning  o`quvchilar  tomonidan  o`z  davrida  ham,  hozirda him  sevib o`qilishining 

siri ham shunda. 

Yuqoridagi  ikki  o`lmas  hajviy  tip  -  Kalvak  maxzum  va    Toshpo`lat  tajang 

obrazlarini yaratishda Abdulla Qodiriy ularning tilini publitsistik asarlarida hajviy 

tilning  boy  imkoniyatlaridan,  turli  uslublardan  ustalik  bilan  foydalanganligini 

ko`rgan  Edik.  Yuqoridagi    fel`etonlar  turkumlarida  esa  hajviy  tilning  parodiya 

/masxara/    usulidan  san`atkorona  foydalanadi.  Bu  uslubni  qo`llagan  ijodkor 

mazkur ijtimoiy illatga ega bo`lgan tabaqa yoki guruhni ularning «o`z tillari» bilan 

masxaralashi,  boshqacha  qilib  aytganda  «o`z  childirmasini  chalgan  holda 

o`ynatishi» lozim. Bu esa yozuvchidan katta mahorat talab qiladi.  Chunki u o`sha  

tabaqaning  tilini  yaxshi  bilibgina  qolmasdan,  balki  undan  o`z    tabaqasini  fosh 

qiluvchi tomonlarini tanlab olishi va moxirlik bilan ishlata olishi kerak. Kalvak va 

Toshpo`lat  tajang  xuddi  anna  shunday  tilda  gaplashadi,  ular  o`z  tillari  bilan 

o`zlarini masxara qilishadi. Yozuvchining ustaligi shundaki, u mazkur tabaqalarga 

xos bo`lgan umumiy til xususiyatlarini bir obrazga shundayicha taqib qo`ymasdan, 

balki  til sohasida ham umumiylik va birlikning o`zaro dialektik aloqada bo`lishini 




 

 

16



ta`minlaydi, ya`ni umumiy til xususiyatlaridan faqat individual obraz uchun zarur 

tomonlarini oladi.  Mazkur individual  obrazda esa butun  tabaqaning barcha asosiy 

xususiyatlarini    dushanba»,  «quvvai  muhofaza»  kabi  eski,  forscha-arabcha 

so`zlarni  bo`lar-bo`lmasga  ishlatadi,  Yangi  chiqqan  so`zlarni  esa    «buloxtir» 

(buxgalter), «anjirnoy» (injener). «sakratar» (sekretar) tarzida buzib talaffuz qiladi. 

Shu  bilan  birlikda  bu  xususiyat  uning  tabaqasiga  ham  xosdir.  Biz    bunday  til 

munosibligini,  ya`ni  shaxs  bilan  tabaqa  tilining  birlashib  ketganligini  Toshpo`lat 

tajang obrazida ham ko`ramiz. Chapani Toshpo`lat shunday gapiradi: 

«Bu  nima  o`zi?  Xudoy  haqi  tushunsam…  buvnisasimi?  (“Militsiyami?”-

demoqchi.)  Murtimni  ko`tarib  turay,  o`tib  ketsin!.  Eski  Juvasidan  yag`rin  tashlab 

o`tar edim; izboshkasiga teskari o`ltirib, telpakchasini chekkasiga qo`ymacha qilib 

bir  hezalak  o`tib  qoldiku.  O`z  ko`nglida  olifta  shekillik…  Voy  dedim,    voy  sani 

o`sha  olifta  qilib  tuqqanni  dedim.  Ishingdan    qolma-e,  o`sha  olib  bergan 

shaharingni popkachangga solib beray!» 

Ko`rinib  turibdiki,  bu  xildagi  gapirish  ham  Toshpo`latga,  ham  umuman 

olganda barcha chapaniga xosdir. Shuning uchun ham shu yolg`iz bir obraz orqali 

butun  bir  toifaning  xarakteri  ochib  berilmoqda.  Yozuvchi  mazkur  obrazlarni 

tasvirlashda  birdan-bir  vosita-personajlarni  o`z  tilida  gapirtirish  yo`lidan 

foydalanganligi uchun goh-goh turli «hayot ikr-chikrlari»ga xos so`zlar, ba`zan esa 

xaqoratomuz  o`xshatishlar  ham  qo`llaniladi,  bunga  o`zbek  demokrat  hajvchilari 

asarladidan  ham  ko`plab  misollar  topish  mumkin.  Adib  bu  borada  o`zbek 

demokratik hajvi an`analaridan unumli foydalanganligini  ko`rish mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda  Abdulla  Qodiriyning  yigirmanchi  yillarning  boshida 

yaratgan  hajviy    asarlari  o`zbek  hajvietining  takomiliga  katta  hissa  qo`shdi,  uni 

yangi shakliy janrlar, ijtimoiy kulgi turlaridan foydalanish va hajviy obrazlar, tiplar 

yaratish  bilan  boyitdi.  Abdulla  Qodiriy  o`zbek  hajvso`zida  chinakam  yangi 

omilkor  sifatida  ish  ko`rdi,  turli  ijodiy  kashfiyotlari  bilan  uni  boyitdi.  G`oyaviy 

zo`rovonlik  va  keyinchalik  amalga  oshirilgan  siyosiy  jallodlik  yuz  bermaganida 

adib  qalamidan  yana  ko`plab  ajoyib  hajviy  asarlar,  ichak  uzdi  kulgilar,  obrazlar, 

tiplar kutish mumkin edi. Ammo adib  baribir o`zbek matbuoti, hajvso`zi tarixida 




 

 

17



tengsiz  siymo,    «fel`etonlar  qiroli»  bo`lib  adabiy  qoldi.  O`zbek  hajvietidagi    adib 

an`analari  hamon  barhayot  yashab,  hajvchilari  uchun  doimiy  ijodiy  maktab, 

bemisl, namuna bo`lib xizmat qilib kelmoqda. 



 

 

18




Download 135,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish